Tarixiy lift va uning ortida Qoratosh tumani, 2008-yil

Tarixiy lift – Turkiya Jumhuriyatining Izmir shahrida joylashgan tarixiy obida hisoblanadi.

Bu bino Turgut Rais mahallasida joylashgan boʻlib, biri ikkinchisidan 58 m baland boʻlgan Mithatpasha va Shahid Nihatbey koʻchalari orasida ishlaydigan ikki liftni oʻz ichiga oladi. 1907-yilda yahudiy tadbirkor " Nesim Levi (Bayraklioğlu) " tomonidan qurdirilgan va qurilishining maqsadi: orasi 155 qadam boʻlgan ikki tuman oʻrtasida tez va oson transportni taʼminlash uchun qurilgan (masofasi uzoq boʻlmasa-da, biri tepalikda joylashgani uchun yetib chiqish odamni ancha charchatib qoʻyadi). Bugungi kunda Izmir shahar hokimiyati tomonidan koʻngilochar, madaniyat va dam olish joyi sifatida foydalaniladi. Bu maskan shaharning muhim bir turistik bekatidir. [1]

Izmirning Qoratosh hududi qadimda bir necha yillar davomida tosh koni sifatida ishlatilganligi sababli, sohil chizigʻi (bugungi Mithatpasha koʻchasi) va yuqoridagi Halil Rifat Pasha tumani bir-biridan jarliklar bilan ajralib qolgan edi. Ikki tuman oʻrtasida Turklar " Karatosh zinapoyasi " deb nom bergan zinapoyalar qurilgan va yuqoridagi tumanga oʻrnashgan yahudiylar bu zinapoyani " Devidas zinapoyasi „ deb atashgan. [2] Zinapoyaning yuqori qismida Devidaslar oilasining uyi boʻlib, pastda esa Nesim Levi (Bayraklioğlu) ismli savdogarning uyi joylashgan edi va bu eng katta uy hisoblanardi. Aytilishicha, ota Devidas bir kuni zinapoyadan yiqilib, oyogʻi singanidan soʻng, uning doʻsti Nesim Levi Yevropa shaharlarida koʻrganiga oʻxshash lift qurish gʻoyasini ishlab chiqqan. [2] Lift minorasi Marseldan keltirilgan gʻishtdan qurilgan. Uning qurilishi 1907-yilda yakunlangan. Tarixiy liftdan tushgan daromad 1942-yilda lift sotilgunga qadar Qoratosh yahudiy kasalxonasining xarajatlarini qoplash uchun ishlatilar edi.

Liftga kirish eshigida ibroniycha matn bilan birgalikda fransuz tilida „Ascenseur Construit Par Mon. Nissim Levy 1907'“ deb yozilgan bitik ham joy olgan. [3] Lift minorasi tosh poydevorga gʻishtdan qurilgan boʻlib, liftning tosh konstruksiyasidan keyin balkonga qadar davom etgan, ikki darajada maydalanib davom etuvchi gʻisht qoplamasi Marseldan olib kelingan. [4] Liftdan yuqori koʻtarilganingizda temir konsol[5] bilan mustahkamlangan va choʻyan panjaralari turli naqshlar bilan bezatilgan yogʻoch balkon mavjud.

Lift koʻp yillar davomida Jozef Palambo nazoratida boʻlgan. [6] 1942-yilda boshqa bir qoʻlga oʻtgan lift, boshqaruvchilarning ishdan ketishi yoki oʻlishi kabi sabablarga koʻra bir muddat yopilgandan keyin aynan avvalgi maqsadda foydalanish sharti bilan 1983-yilda Izmir shahar hokimiyatiga sovgʻa qilindi. 1985-yilda Burhan Oʻzfaturaning hokimlik davrida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. [1] 1985-yildagi restavratsiyadan oldin minoradagi liftlardan biri bugʻ bilan, ikkinchisi esa elektr energiyasi bilan ishlagan. 1985-yilda ikkala lift ham elektr bilan ishlaydigan qilib qayta ishlangan. Yuksel Chakmur davrida Tarixiy lift Dario Moreno koʻchasigacha amalga oshirilgan restavratsiya doirasida yana bir marta qayta taʼmirdan oʻtkazildi va 1993-yil 20-iyunda foydalanishga topshirildi.

Binoga egalik qilganlar

  • Nesim Levi Bayrakliogʻlu (bino asoschisi)
  • Sherif Remzi Reyent (1942-yilda sotib olingan)
  • Ayla Ökmen
  • Izmir shahar hokimiyati (1983-yildan beri).

Bugungi kunda lift faol ishlamoqda va yuqori qavatida kafe va kichik tomosha balkoni turistlar va mahalliy aholiga xizmat qilmoqda. Liftga rasmiy nomi " Dario Moreno " boʻlgan, lekin xalq orasida " Lift boshi berk koʻchasi " nomi bilan tanilgan koʻcha orqali yetib olish mumkin. Minora ikki boʻlakli tosh qismdan keyin gʻishtdan koʻtarilgan. Binoning Shehit Nihatbey koʻchasiga yetib boradigan joyida temir konsolning ustida mustahkamlangan yogʻoch balkon boʻlib, bu yerdan Izmir shahrini kaftda turganday tomosha qilish mumkin.

Rasmlar

tahrir

Yana qarang

tahrir
  • Santa Justa lifti
  • Dario Moreno

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Asansör-Karataş, Seramik Türkiye Dergisi, Sayı 14, Mart- Nisan 2006. 2 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 ocak 2012.
  2. 2,0 2,1 Ebru Küçük, “Tarihi asansör"le geçmişe yolculuk, Livingtourism.com sitesi, Erişim tarihi:28.01.2012
  3. „İzmir'in Asansör'ü“. 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 şubat 2016.
  4. „Dünyada sayılı Türkiye'de tek!“. 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 şubat 2016.
  5. „BİNALARDA KONSOL“. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.
  6. „Asansör ağlamasın“. 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 şubat 2016.

Havolalar

tahrir