Tarjei Bø (1988-yil 29-iyulda tugʻilgan) — norvegiyalik professional biatlonchi. 2010-yildan 2022-yilgacha Olimpiya oltin medallari, Jahon chempionati oltin medallari va Jahon kubogi gʻalabalari bilan taqdirlangan. Bø 2009-yil 26-mart kuni Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida biatlon boʻyicha Jahon kubogida debyut qilgan. 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida u 4×7,5 km oʻlchamdagi biatlon estafetasida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. 2010-yil 10-dekabrda u Xochfilzen shahrida boʻlib oʻtgan Jahon kubogi sprint poygasida gʻolib boʻlgan, bu bilan oʻzining birinchi jahon kubogi gʻalabasini qoʻlga kiritgan[2][3][4]. Bø biatlonchi Yoxannes Thingnes Bøning katta akasi hisoblanadi.

Tarjei Bø
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Andoza:Byroq
Tavallud sanasi 29-iyul 1988-yil (1988-07-29) (35 yosh)
Stryn, Norvegiya
Boʻyi 1.66 m
Sport
Qaysi sport (Biatlon)
Klubi Markane IL

Tarjei 2010-yildan 2011-yilgacha mavsumda eng koʻp ochko toʻplagani uchun biatlon kristalli globusda gʻolib deb topilgan. U jamoadoshi Emil Xegle Svendsendan besh ochko ustun kelgan.

Faoliyati tahrir

Dastlabki faoliyati tahrir

2006-yilda AQShning Meyn shtatidagi Presk -Ayle shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi birinchi jahon chempionatida Bø yakkalik sharti boʻyicha oltin medalni va taʼqib qilish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kirigan. Bir yil oʻtgach, Italiyaning Martell-Val Martello shahrida Bø yana taʼqib qilish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan va kumush medalni qoʻlga kiritgani uchun Norvegiya estafeta jamoasi tarkibiga chaqirilgan. 2009-yil Kanadaning Kanmor shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati Tarjei uchun umidsizlik bilan boshlangan: Bø jami beshta noaniq otish xatosi bilan yakkalik yoʻnalishda 23-oʻrinni egallagan. Biroq, Bø yugurish va sprint yoʻnalishlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2009-yilda Rossiyaning Ufa shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Bø eng muvaffaqiyatli biatlonchi deb topilgan va u ishtirok etgan toʻrtta poygada (yakkalik, sprint, taʼqib qilish va estafeta) oltin medalni qoʻlga kiritgan. Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida boʻlib oʻtgan Jahon kubogi finalida Bø 2009-yil 26-martda biatlon boʻyicha Jahon kubogida debyut qilgan va 61-oʻrinni egallagan.

2011—2012-yilgi mavsum tahrir

Bø mavsumni yomon boshlagan va Östersundda yakkalik musobaqada 25-oʻrinni egallagan[5]. U yana uchta navbatdagi musobaqaning ikkitasida shohsupaga chiqgan; undan tashqari Östersundda sprintda ikkinchi oʻrinni egallagan va Xochfilzenda taʼqib qilishda ikkinchi boʻlib marraga yetib kelgan[6][7]. Shuningdek, Xochfilzenda gʻolib boʻlgan Norvegiya estafeta jamoasining bir qismi boʻlib, soʻnggi turni bosib oʻtgan[8].

Biatlon natijalari tahrir

Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan[9].

Olimpiya oʻyinlari tahrir

6 ta medal — (3 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza)

Musobaqa Individual Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash estafeta
 2010-yil Vankuver 21 Oltin
 2014-yil Sochi 26 39 27 4
 2018-yil Pxyonchxan 13 13 4 8 Kumush
 2022-yil Pekin 8 Bronza Kumush 12 Oltin Oltin
*Aralash estafeta musobaqa sifatida 2014-yilda qoʻshilgan.
  • 6 ta medal (1 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza)
Musobaqa Sahxsiy Sprint Taʼqib qilish Estafeta
 2006-yil Presk oroli Oltin 4 Kumush 4
 2007-yil Martell-Val Martello 4 5 Kumush Kumush
 2009-yil Canmore 23 Bronza Bronza 6

Manbalar tahrir

  1. Nydal, Maria. „Slik jubler ekte gullvinnere“ (norvegcha). Bergens Tidende (26-fevral 2010-yil). 2010-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2010-yil.
  2. „IBU data center“. Qaraldi: 7-yanvar 2011-yil.
  3. „IBU data center“. Qaraldi: 7-yanvar 2011-yil.
  4. „IBU datacenter“. Qaraldi: 7-yanvar 2011-yil.
  5. International Biathlon Union. Cup Standings — Menʼs World Cup Total Score.
  6. International Biathlon Union. E.ON IBU WORLD CUP 1 BIATHLON — Oestersund (SWE) — Men 10 km Sprint.
  7. International Biathlon Union. E.ON IBU WORLD CUP 2 BIATHLON — Hochfilzen (AUT) — Men 12.5 km Pursuit.
  8. International Biathlon Union. E.ON IBU WORLD CUP 2 BIATHLON — Hochfilzen (AUT) — Men 4x7.5 km Relay.
  9. „Tarjei Bø“. IBU Datacenter. International Biathlon Union. Qaraldi: 24-iyun 2015-yil.