Taroqsimon olgeya (lotincha: Olgaea pectinata) — ikki urugʻpallalilar sinfi, murakkabguldoshlar oilasi, olgeya turkumiga mansub ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Ugom tog‘ tizmasida tarqalgan[1].

Taroqsimon olgeya
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak o‘simliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Olgaea
Oila: Murakkabguldoshlar
Binar nomi
Olgaea pectinata

Tavsifi

tahrir

Balandligi 30-70 sm gacha yetadigan koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. O‘q ildiz sistemasiga ega. Poyasi bitta, shoxlanmagan, yuzasi mayin tukli yog‘on tik o‘sadi. Barglari poyada navbatma-navbat joylashgan, charmsimon, ustki tomoni och yashil tuksiz, pastki tomoni qalin tukli, shakli cho‘ziq nashtarsimon. Yopirma va poyaning pastki qismidagi barglari bandli. Boshqa barglari bandsiz. Gullari soxta tilsimon, bir jinsli, murakkab savatcha hosil qilib poya uchida yig‘ilgan. Savatchaning ostki qismi yashil o‘rama gulkosachabarglar bilan o‘ralgan, uzunligi 6-7 sm eni 4-5 sm. Gultojibarglari to‘q qizil, uzunligi 35-50 sm. Kapalaklar va asalarilar yordamida changlanadi. Avgust oyida gullab, mevasi sentabrda pishadi. Urug‘i uzunchoq qalami shaklda. Urug‘i yordamida koʻpayadi.

Olgaea turkumiga mansub o‘simliklar genomi diploid sonli 2n=26 dona xromosomadan iborat.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti

tahrir

Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Ugom tog‘ tizmasi hududidan bir marotaba yig‘ib olingan. Togʻlarning oʻrta qismidagi toshli va shagʻalli tuproqlarda, daralarda, butalar orasida o‘sadi. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Ugom Chatqol davlat milliy tabiat bog'i hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Olgaea pectinata“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.