Tateshina (Nagano)
Tateshina (yaponcha: 立科町 Tateshina-machi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 2834 xonadonda 7147 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 110 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 66,87 kvadrat kilometrni tashkil etadi (25,82 mi²). Tateshina oʻzining olma bogʻlari bilan mashhur.
Tateshina 立科町 | |
---|---|
Shaharchs | |
36°16′19.2″N 138°18′57.3″E / 36.272000°N 138.315917°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 66.87 km2 (25.82 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
7 147 |
Zichligi | 110 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0267-57-2311 |
|
Geografiyasi
tahrirTateshina markaziy Nagano prefekturasining Tateshina togʻi hududida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
tahrirIqlimi
tahrirShahar issiq va nam yoz va sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dwa). Tateshinada oʻrtacha yillik harorat 10.4 °C (50.7 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,069.8 mm (42.12 in) boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.0 °C (73.4 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −2.1 °C (28.2 °F) boʻladi.
Tateshina (1991−2020) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 15,7 | 19,4 | 25,1 | 29,6 | 32,7 | 33,1 | 35,0 | 35,6 | 33,3 | 28,9 | 23,7 | 21,7 | 35,6 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 3,3 | 4,6 | 9,4 | 16,1 | 21,5 | 24,4 | 28,3 | 29,4 | 24,4 | 18,2 | 12,5 | 6,5 | 16,6 |
Oʻrtacha harorat, °C | −2,1 | −1,2 | 2,8 | 8,9 | 14,6 | 18,5 | 22,3 | 23,0 | 18,6 | 12,2 | 6,2 | 0,7 | 10,4 |
Oʻrtacha minimal, °C | −8 | −7,3 | −3,3 | 1,8 | 8,3 | 13,8 | 17,9 | 18,5 | 14,2 | 7,4 | 0,5 | −4,7 | 4,9 |
Mutlaq minimal, °C | −19 | −20,7 | −15,6 | −11,2 | −2,9 | 3,9 | 9,6 | 9,7 | 2,4 | −3,4 | −10,9 | −17,4 | −20,7 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 33,7 | 35,9 | 67,8 | 69,7 | 90,7 | 130,6 | 150,6 | 118,8 | 159,5 | 132,1 | 50,9 | 29,7 | 1 069,8 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Tarixi
tahrirHozirgi Tateshina hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Ashida-shuku Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo shossesida post stansiyasi sifatida rivojlangan. Ashida, Yokotori va Mitsuva qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. Bu uch qishloq birlashib, 1955-yil 1-aprelda Tateshina qishlog‘ini tashkil qilgan. Tateshina 1953-yil 1-oktyabrda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Tateshina aholisi soni soʻnggi oʻn yilliklarda kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 9,756 | — |
1970 | 8,301 | −14.9% |
1980 | 8,347 | +0.6% |
1990 | 8,68 | +4.0% |
2000 | 8,609 | −0.8% |
2010 | 7,709 | −10.5% |
2020 | 6,612 | −14.2% |
Taʼlim tizimi
tahrirTateshina shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi va Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab faoliyat yuritadi.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirShaharda yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.
Magistral yoʻl
tahrir- Milliy yoʻnalish 142
- Milliy yoʻnalish 254
Qardosh shahar
tahrir- — Oregon City, Oregon, AQSH[5]
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrir- Ashida-shuku, Nakasendodagi pochta stansiyasi
- Megami koʻli
Manbalar
tahrir- ↑ Tateshina Town official statistics(yaponcha)
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 19-aprel.
- ↑ Tateshina population statistics
- ↑ „Sister cities for 40 years“.
Havolalar
tahrir- Official Website (yaponcha)