Tatiana Gabriele Maslany[1] (talaffuzi:Tatyana Gabriela Maslany; ma-SLAN-ee; 1985-yil 22-sentyabrda tugʻilgan)[2] kanadalik aktrisa. Maslany "Orphan Black" (2013–2017) ilmiy-fantastik triller teleserialida bir nechta qahramonlarni rolini oʻynagani uchun mashhurlikka erishdi. Bu unga Primetime Emmy mukofoti (2016), ikkita „Critics’ Choice Awards“ (2013 va 2014) va beshta Kanada yuzi mukofotini qoʻlga kiritishiga zamin yaratdi. Maslany Kanada serialidagi dramatik yoʻnalishdagi roli uchun asosiy Emmi mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi kanadalik boʻldi[3].

Tatiana Maslany

Maslany in 2016
Tavalludi
Tatiana Gabriele Maslany

22-sentyabr 1985-yil (1985-09-22) (38 yosh)
Fuqaroligi Kanada va AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1995–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Brendan Hines (turm. 2022)

Maslany, shuningdek, Heartland (2008–2010), The Nativity (2010), Being Erica (2009–2011), Perry Meyson (2020) va She-Hulk: Adtorney at Law (2022) kabi teleseriallarda bosh rolni ijro etgan. U oʻynagan yana boshqa taniqli filmlari: "Oʻlganlar kundaligi " (2007), „ Sharq vaʼdalari“ (2007), "Qasam" (2012), "Tasvirlar kuni" (2012), Kas va Dilan (2013), "Oltin kiyimdagi ayol" (2015), " Kuchliroq " (2017), va Destroyer (2018). Maslany „Boshqa yarmi“ (2016) romantik dramasida rol oʻynagani uchun u „Eng yaxshi aktrisa“ uchun Kanada yulduzi mukofotini qoʻlga kiritdi.

Yoshligi tahrir

Maslany Saskachevanning Regina shahrida tugilgan. Otasi Daniel Maslany yogʻochga ishlov beruvchi duradgor edi. Onasi Renate (krats) fransuz-ingliz tarjimoni boʻlgan. Uning ikkita ukasi boʻlib, aktyor Deniel Maslaniy va animator Michael Maslany. Uning avlod-ajdodlari avstriyalik, nemis, polshalik, ruminiyalik va ukrain boʻlishgan. Boshlangʻich maktabda Maslany fransuz tilini oʻrgangan. Ingliz tilini oʻrganishdan oldin onasi unga nemis tilidan dars bergan. Bundan tashqari, Maslanyning bobosi va buvisi bolaligida uning atrofida nemis tilida gaplashishgan. U oz boʻlsa ham ispan tilida gapiradi[4]. Toʻrt yoshidan boshlab raqsga tusha boshladi. toʻqqiz yoshida jamoat teatrida sahnaga chiqishni boshladi.

Maslany doktor Martin LeBoldus oʻrta maktabida oʻqidi, u yerda u maktabda tashkil etilgan improvizatsiyada oʻz chiqishlari bilan koʻrindi. 2003-yilda u yerdan ketti. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida u pullik aktyorlik ishlari bilan shugʻullandi. Bu esa ota-onasining roziligi bilan butun Kanada boʻylab sayohat qilish imkonini yaratdi. Maslanyi bir necha oy ishlaydi va keyin Reginadagi maktabga qaytadi. U shunday dedi: „Bu oson oʻtish emas edi. Men oʻzimni biroz oʻzgacha his qildim.

Faoliyati tahrir

Maslany 2002-yilgi Kanada teleserialining 2030-yildagi yulduzlaridan biri edi. U 2004-yilda “Ginger Snaps 2: Unleashed" filmida Arvoh roli bilan yana koʻrindi..10 yil davomida komediya improvizatsiyasini yoʻnalishida ketdi; improvizatsiya teatrida, jumladan, Kanada improvizatsiya oʻyinlarida ishtirok etgan; va shundan beri General Fools Improvisational Teatrining aʼzosi boʻldi. Maslany improvizatsiya boʻyicha sertifikatga ega murabbiy hisoblanadi[5].

 
Maslany 2014-yilda Orphan Black aktyorlar bilan

Manbalar tahrir

  1. McLevy. „Tatiana Maslany and Tom Cullen stole cars and spelled their own names wrong“. The A.V. Club (2016-yil 28-mart). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
  2. „Tatiana Maslany“. TV Guide. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  3. „Canadian Tatiana Maslany wins Emmy for best lead actress in a drama“. CTV News (2016-yil 18-sentyabr). 2016-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-sentyabr.
  4. „Tatiana Maslany Chat with fan about Orphan Black and Evelyne Brochu“. 2015-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyun.
  5. Goodwin. „Tatiana Maslany: 9 Things You Might Not Know About The 'Orphan Black' Star“. Fashion & Style (2014-yil 16-dekabr). 2014-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.

Yana qarang tahrir