Tatyana Bogomyagkova
Tatyana Sergeyevna Bogomyagkova (4-iyul 1972-yil, Perm) – 1990-yillarda Rossiya terma jamoasi tarkibida musobaqalarda qatnashgan yarim oʻrta vaznli rossiyalik dzyudochi. Atlantadagi yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, klublar oʻrtasidagi Yevropa kubogi chempioni, Jahon kubogi bosqichi gʻolibi, milliy va xalqaro ahamiyatdagi turnirlar gʻolibi[1]. Musobaqalarda Bogomyagkova SSKA va Perm viloyatini sharafini himoya qilgan. Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi.
Tatyana Bogomyagkova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Tavallud sanasi |
4-iyul 1972-yil Perm, SSSR |
Boʻyi | 165 sm |
Vazni | - 61 kg |
Professional faoliyat | |
Havaskor faoliyat |
Hayoti
tahrirTatyana Bogomyagkova 1972-yil 4-iyulda Perm shahrida tugʻilgan. Bolaligidanoq sportni yaxshi koʻrgan, yengil atletika va badminton bilan shugʻullanib koʻrgan[2].
1983-yilda Bogomyagkova Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Marat Shamilevich Bibartsev boshchiligidagi guruhda dzyudo bilan faol shugʻullana boshlagan[2].
Taʼlimi
tahrirMaktabni tugatgach, 27-bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Sifat nazorati inspektori va murabbiy-oʻqituvchi mutaxasssiligiga ega[2].
Faoliyati
tahrirBogomyagkova birinchi marta 1986-yilda SSSR oʻsmirlar chempionatida gʻolib chiqqandan keyin bir necha bor dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunittifoqning turli turnirlarida gʻolib chiqa boshlagan.
1987-yilda sport ustasi talabini bajargan[2].
1989-yilda xalqaro toifadagi Rossiya sport ustasi talabini bajargan[2].
Yoshlar terma jamoasida boʻlgan Bogomyagkova keyinchalik murabbiy Vladimir Grigoryevich Chashchin boshchiligidagi ayollar terma jamoasiga oʻtgan[2].
1993-yilda Bogomyagkova SSKA klubiga qabul qilingan[2].
1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Rossiya dzyudo terma jamoasi aʼzosi sifatida birinchi bahsda oldingi Olimpiada chempioni Catherine Fleury-Vachonni magʻlubiyatga uchratgan, ammo qoʻlini jarohatlab olib, ikkinchi bahsda yaponiyalik Yuko Emotoga yutqazgan, raqibi esa finalda Olimpiada gʻolibiga aylangan[1]. Uchinchi oʻrin uchun oʻtkazilgan takroriy bahsda isroillik Yael Aradga magʻlub boʻlgan[2].
1997-yil yanvar oyida Moskva turnirida tizzasidan ogʻir jarohat olgan, shundan soʻng Bogomyagkova tizzasini operatsiya qilgan.
Oxirgi marta 1998-yilgi jahon chempionatining Moskva bosqichida chorak finalga chiqqan. Ushbu musobaqalar tugaganidan koʻp oʻtmay, orttirib olgan jarohatlari tufayli professional sportdagi faoliyatini tugatishga qaror qilgan.
Keyinchalik Bogomyagkova murabbiylik bilan shugʻullangan va „Sparta“ sport doʻkonlari tarmogʻida menejer boʻlib ishlagan[2].
Mukofotlari
tahrir- 1993 – Vatanga xizmatlari uchun ordeni (harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida SSKA tarkibida erishgan gʻalabasi uchun)
Shaxsiy hayoti
tahrirIshchi oilasida tugʻilgan. Ikki opasi va bir ukasi bor[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Tatyana Bogomyagkova Olympic Results“. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-iyun.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 „Богомягкова Татьяна“. sport.permkrai.ru. Министерство физической культуры и спорта Пермского края.
- ↑ „Татьяна Сергеевна Богомягкова“. 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyun.