Tauer koʻprigi
Mamlakat: Buyuk Britaniya
Maqomi: Koʻprik
Arxitektor: Horace Jones
Uzunligi: 240 m
Dizayn: Gotika uslubi
Moliyalashtirildi: Bridge House Estates xayriya tashkiloti
Qurilish boshlangan sana: 1886
Qurilish tugallangan sana: 1894
Umumiy qiymati: 1 184 000 funt sterling

Tauer koʻprigi Londonda 1886-1894-yillar oraligʻida qurilgan osma koʻprik. Arxitektor Horace Jones tomonidan ishlab chiqilgan. Unga Genri Mark Brunel, Jon Vulf Barri koʻprik loyihasida yordam berishgan. U Temza daryosini ustida qurilgan. Koʻprik XIX asrning noyob durdonasi. Londonning Sharqiy qismiga transportda oʻtishni yaxshiroq taʼminlash uchun qurilgan. Koʻprik rasman 1894-yilda 30-iyunda Uels shahzodasi Edvard va Uels malikasi Aleksandra tomonidan ochilgan. Tauer koʻprigi Londonning taniqli diqqatga sazovor joylaridan biri. Baʼzan uni Tauerdan taxminan 0.80 km yuqoriroqda joylashgan London koʻprigi bilan adashtirib yuborishadi.

Qurilishi

Tavsifi

tahrir

Koʻprik uzunligi 240 m va 65 metr uzunlikda yuqorisida joylashgan ikkita gorizontal yurish yoʻlaklaridan iborat. Koʻprik ostidan yaʼni suvdan bemalol kemalar qatnovi ham amalga oshiriladi. Koʻprik ustiga transport vositalari ham, piyodalar ham erkin kirishlari mumkin, koʻprikning egizak minoralari, yuqori qismida joylashgan yurish yoʻlaklari va Viktoriya dvigatelli xonasi bilan birgalikda Tauer koʻprigining bir butun kompozitsiyasini tashkil etadi. XIX asrning oxirida Londonning sharqiy qismida savdoning rivojlanishi kuchaydi, London koʻprigining quyi oqimidan oʻtadigan yangi daryo esa savdoning rivojiga toʻsqinlik qilardi. Bu esa yangi koʻprikka boʻlgan talabni keltirib chiqardi. Temza ustiga anʼanaviy qoʻzgʻalmas koʻprikni qurish mumkin emas edi, chunki u Londonda port inshootlarga suzib yuruvchi kemalar qatnovini toʻxtatib qoʻyardi.

Tarixi

tahrir
 
1892-yildagi qurilish

1877-yilda koʻprik uchun maxsus Albert Jozef Altman raisligidagi yechim topish uchun qoʻmita tuzilgan. Ellikdan ortiq dizaynlar, jumladan, qurilish muhandisi Jozef Bazalgette tomonidan taqdim etilgan dizaynlar, loyihalar ham rad etilgan. Loyiha 1884-yilgacha, osma koʻprik qurishga qaror qilinmaguncha tasdiqlanmagan. Osma koʻprikka Jon Vulf Barri- muhandis, Horace Jones esa meʼmor etib tayinlandi (u ham koʻprik qurish uchun tayinlangan qoʻmita aʼzolaridan biri edi). Qurilishga ruxsat beruvchi parlament hujjati 1885-yilda qabul qilingan. Unda koʻrsatilganidek, kemalar harakati uchun ochilish oraligʻi 61 metr va balandligi 41 metr boʻlishi shart edi. Dizayn gotika uslubida boʻlish maqsadga muvofiq edi. Qurilish 1282-yilda London koʻprigini taʼmirlash uchun tashkil etilgan Bridge House Estates xayriya tashkiloti tomonidan moliyalashtirildi va keyinchalik bu xayriya tashkiloti nafaqat Tauer koʻprigiga balki, Blekfriars koʻprigi, Souzvark koʻprigi va Millenium koʻprigini qamrab oldi. Qurilish 1886-yil 21-iyunda Uels shahzodasi tomonidan poydevor qoʻyish bilan boshlangan va sakkiz yil davom etgan. Yirik pudratchilar orasida Jon Jekson poydevorlar, Armstrong, Mitchell and Kompany gidravlik, Krutwell qurilish uchun mas’ul rezident muhandis edi. 71,123 t beton qurilish uchun daryo tubidan koʻtarilishni boshladi. 11,177 t beton esa minoralar va yoʻlaklar uchun ishlatildi. Jons 1887-yilda vafot etgach sherigi Jorj D. Stivenson loyihani oʻz zimmasiga oldi. Stivenson Jonsning gʻishtdan iborat proyektini yanada nafisroq Viktoriya gotika uslubi bilan almashtirdi. Bu orqali koʻprik oʻziga xos diqqatga sazovor joyga aylantirdi va koʻprikni yaqin atrofdagi London minorasi bilan uygʻunlashtirish uchun moʻljallangan reja amalga oshdi. Qurilishning umumiy qiymati 1 184 000 funt sterlingni tashkil etdi. Ochilish marosimi 1894-yilda boʻlib oʻtdi. Bu marosimda Lord Chemberlen, Lord Karrington va Ichki ishlar vaziri H.H.Askvit ishtirok etdi. Parlament hujjatida koʻprikni kesib oʻtishda xavf ostida boʻlgan kemalarga yordam berish uchun maxsus stansiya bʻlishi kerakligi koʻrsatilgan, bu talab 1960-yillargacha saqlanib qolgan.

Faoliyati

tahrir

Koʻprik daryoning shimoliy qirgʻogʻidagi temir darvozani janubda Horselidavn yoʻli bilan bogʻladi — hozir ular mos ravishda Tauer koʻprigi darvozasi va Tauer koʻprigi yoʻli deb nomlanadi. Koʻprik ochilgunga qadar Tauer metro daryoni kesib oʻtishning eng qisqa yoʻli edi. 1870-yilda ochilgan Tauer Subvay dunyodagi eng birinchi yer osti („trubka“) temir yoʻllaridan biri edi, biroq u bor-yoʻgʻi uch oydan keyin yopildi. Oradan biroz vaqt oʻtib, pullik piyodalar uchun tunnel sifatida qayta ochildi. Tauer koʻprigi ochilgandan soʻng, piyodalarning katta qismi koʻprikdan foydalanishga oʻtdi, chunki oʻtish uchun tunnel kabi pul toʻlanmasdi. Koʻprik ishga tushishi bilan daromadining katta qismini yoʻqotgan tunnel 1898-yilda yopildi.

Ikkinchi jahon urushi davrida

tahrir
 
Tauer koʻprigi — 1950

Ikkinchi Jahon urushi paytida Tauer koʻprigi London portidagai asosiy transport aloqasi sifatida qaralgan va shuning uchun dushman harakati uchun nishon boʻlgan. 1940-yilda fashistlar tomonidan shaharga bomba yogʻdirilishi natijasida koʻprikka toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berildi, gidravlik mexanizmniga katta zarar yetkazdi. 1942-yilda mavjud boʻlgan dvigatellari dushman harakati natijasida shikastlangani uchun unga uchinchi dvigatel oʻrnatildi. 1982-yilda Tauer koʻprigi koʻrgazmasi ochildi, u koʻprikning egizak minoralarida, shuningdek, uzoq vaqt yopiq turgan, deyarli foydalanilmagan yuqori darajadagi yurish yoʻlaklarida va Viktoriya dvigatel xonalarida joylashgan.

Yaqin tarixda

tahrir

Koʻprik 2000-yilda bir oy davomida rekonstruksiya va boshqa taʼmirlash ishlari olib borish uchun yopilgan. Unga koʻpriklarni koʻtarish va tushirishni masofadan boshqarish uchun kompyuter tizimi oʻrnatildi. Biroq bu tizim ishonchsiz boʻlib chiqdi. Natijada koʻprik 2005-yilda sensorlar almashtirilgunga qadar bir necha marta ochiq yoki yopiq holatda qolib ketdi.

2008-yil aprel oyida rasmiylar taʼmirlash ishlari toʻrt yil davom etishini va bu millionlab sterlingga tushishini eʼlon qildi. Ish mavjud boʻyoqni metalldan olib tashlash va koʻk, oq rangga qayta boʻyashni oʻz ichiga oldi. Bundan oldin koʻprikning rang sxemasi qirolicha Yelizaveta II ning kumush yubileyi uchun qizil, oq va koʻk rangga boʻyalgan. U 1977-yilga toʻgʻri kelgan edi.

 
Tungi yorituv chiroqlari

2012-yil 8-iyulda London Olimpiadasining bir qismiga aylantirildi. 30 mumtoz musiqachilardan iborat britaniyalik kompozitor Samuel Bordolining jonli musiqa konserti Olimpiya halqalari ostida Temza tepasida 42 metr masofada konsert namoyish etildi. Olimpiadadan soʻng halqalar Tauer koʻprigidan olib tashlandi va oʻrniga 2012-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun Paralimpiya oʻyinlari emblemasi oʻrnatildi. 2016-yilda Tauer koʻprigi 1-oktabrdan 30-dekabrgacha qoʻshimcha konstruksiyalarni amalga oshirish uchun yopildi. Bu vaqt ichida koʻprik hali ham suv transporti turlarining barchasi uchun ochiq edi. Dam olish kunlaridan tashqari hamma piyodalar uchun ham ishlar edi.

Nazorat

tahrir

Dastlab, koʻprik ostidan oʻtadigan daryo harakati bir qator qoidalar va signallarga rioya qilishlari kerak edi. Kunduzgi nazorat qizil semafor signallari bilan taʼminlangan, ular ikkala koʻprik ustunining ikkala uchida joylashgan kichik boshqaruv kabinalariga oʻrnatilgan. Kechasi ikkala ustunda har ikki yoʻnalishda ham rangli chiroqlar ishlatilgan. Koʻprik yopiqligini koʻrsatadigan ikkita qizil chiroq va ochiqligini koʻrsatadigan ikkita yashil chiroqdan foydalanilgan. Tauer koʻprigi hali ham Temzaning eng yaxshi oʻtish joyi boʻlib, har kuni 40 000 dan ortiq odam (avtomobilchilar, velosipedchilar va piyodalar) foydalanadi. Koʻprik Londonning ichki halqa yoʻlida joylashgan. Strukturaning yaxlitligini saqlab qolish uchun London Siti korporatsiyasi 32 km/s tezlikni cheklash va koʻprikdan foydalanayotgan transport vositalarida 18 tonna ogʻirlik chegarasi belgiladi. Kamera tizimi koʻprikdan oʻtayotgan transport tezligini oʻlchaydi va raqam belgilarini aniqlash tizimidan foydalanib, tezlikni oshiruvchi haydovchilarga belgilangan jarima toʻlovlarini yuboradi. Ikkinchi tizim avtomobilning boshqa parametrlarini nazorat qiladi. Datchiklar ogʻirlikni, shassening yer sathidan balandligini oʻlchash uchun ishlatiladi, ortiqcha vaznli transport vositalarining haydovchilari ham jarima xabarnomalarini oladilar. Benjamin Krisler-Nyu-York Tayms kino tanqidchisi 1938-yilda "Britaniyaliklar Amerikada mavjud boʻlmagan uchta noyob va qimmatli institutlarga ega: "Magna Karta, Tauer koʻprigi va Alfred Xichkok " deb yozgan edi. Tarixchi arxitektor Den Kruikshank 2002-yilda BBC televizion hujjatli filmida Britaniyaning eng yaxshi binolari uchun toʻrtta tanlovdan biri sifatida Tauer koʻprigini tanladi. Tauer koʻprigi koʻpincha London koʻprigi bilan adashtirilgan. Bu haqda mashhur afsona ham bor. Unda 1968-yilda keyinchalik Arizona shtatidagi Havasu koʻliga yuborilgan eski London koʻprigining xaridori Robert MakKullox haqiqatda Tauer koʻprigini sotib olganiga ishongan. Xitoyning Suzhou shahrida Tauer koʻprigining qisman nusxasi qurildi. U toʻrtta alohida minoraga egaligi bilan farq qiladi. Suzhou nusxasi 2019-yilda taʼmirlanib, unga Londonning asl dizaynidan farq qiluvchi yangi koʻrinish berdi.

Gallereya

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir