Tavakkal Topvoldiyev
Tavakkal Temirovich Topvoldiyev(1934-yil 10-sentyabr, Shahrixon tumani – 2016-yil 26-dekabr, Andijon) – sovet va oʻzbek davlat hamda siyosat arbobi[1]. 1965-1985 yillar mobaynida Boʻz, Ulugʻnor, Jalaquduq tumanlarida birinchi rahbar lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Qahramoni[2].
Tavakkal Temirovich Topvoldiyev | |
---|---|
Tavalludi |
30-sentyabr 1934-yil |
Vafoti |
2016-yil 26-dekabr Andijon |
Unvoni | Oʻzbekiston Qahramoni |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirTavakkal Topvoldiyev 1934-yil 10-sentabrda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ishchi oilasida tugʻildi. 1957-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini muhandis-gidrotexnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
U oʻz mehnat faoliyatini 1957-yilda Andijon viloyati sugʻorish boshqarmasida muxandis-meliorator vazifasidan boshlagan. 1957-1965-yillarda Andijon viloyati igratsiya tarmoqlari tizimida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 1965-yilda Boʻz (xozirgi Boʻston) tumani tashkil etilgandan soʻng, Tavakkal Topvoldiyev tuman partiya koʻmitasining II- kotibi, 1971-yilning noyabr oyidan 1974-yilga qadar I-kotibi vazifasida ishlagan. 1974-yilda Komsomolobod rayoni (hozirgi Ulugʻnor tumani) tashkil etilgandan soʻng 1979-yilga qadar shu tumanda yetakchi rahbar sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1979-1985 yillarda Jalaquduq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy yuksalishiga munosib xissa qoʻshdi. Tumanning adir xududlaridagi yer maydonlari oʻzlashtirilib, „Gulbaxor“ nomli suv nasos stansiyasi 1982 yili qurildi va sugʻorish ishlari amalga oshirdi. 1985–1996-yillarda Andijon viloyatida turli mas’ul vazifalarda ishladi. Jumladan, 1990-1996-yillarda Andijon viloyati jamoa xoʻjaliklararo kengashi raisining oʻrinbosari boʻldi. 1996 yildan 2016 yilga qadar esa Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasi viloyat boʻlimi Kengashining raisi lavozimida faoliyat yuritdi.
2012–2014-yillarda uning tashabbusi bilan 7 ta tumanda jami 16 gektarlik „Nuroniylar bogʻi“, 2 ta „Otalar choyxonasi“ tashkil etilgan, 12 ta ziyoratgohda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi, 39 ming tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan.
Tavakkal Topvoldiyev qariyb oltmish yillik mehnat faoliyati davrida viloyat hududlari, tarmoq va sohalarini rivojlantirish hamda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan. Vatanimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab viloyatda mamlakat ahamiyatiga ega boʻlgan yirik istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
Koʻp yillik mehnatlari va fidokorona xizmatlari uchun „Doʻstlik“, „El-yurt hurmati“ ordenlari hamda 2015-yida „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.
Tavakkal Topvoldiyev 2016-yilning 26-dekabr kuni vafot etgan[3].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Tavakkal Topvoldiyev Qaralgan sana=16.08.2024“ (oyina.uz).
- ↑ „„O‘zbekiston ovozi" gazetasi 2015-yil 27-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida"gi Farmoni Qaralgan sana=16.08.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „O‘zbekiston Qahramoni Tavakkal Topvoldiyev vafot etdi Qaralgan sana=16.08.2024“ (kun.uz).