Tavba
Tavba (arab. - qaytish, pushaymon boʻlish) -tasavvufda soliqning tariqat sari qadam qoʻyishidan oldin qilgan barcha gunoxlaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni
qasddan qilmaslikka azmu qaror etishi. Tavba solikning 1-maqomi sanaladi. Alloh tomonidan tavba qabul boʻlishining 2 sharti bor:
- ) yomonlikni bilmasdan qilish;
- ) T.ni kechiktirmaslik.
Kimki tavbani kechga sursa, insoniy fazilatlardan mahrum va aksincha tavba qilishga shoshilsa, oʻzini isloh qilgan boʻladi. Tavba - insonning oʻzini oʻzi tarbiyalashida muhim axloqiy vosita sanalib, yomonlikdan yuz oʻgirib, yaxshilik sari qadam qoʻyishga, ezgu ishlar qilishga undab turuvchi xislat sanaladi.