Taxiatosh gidrouzeli — Amudaryoning quyi qismida qurilgan gidrotexnika inshooti; qurilish 1966-yilda boshlangan, 1976-yilda qurib bitkazilgan. Tuproqli toʻgʻon va toʻsiqli darvozalardan iborat. Toʻgʻonning umumiy uz. 1650 m, eni 32 m, bal. 8 m. Darvozali kismining uz. 470 m, 25 darvozadan iborat, har bir darvozaning uz. 16 m. Suv sathi toʻgʻon tagidan oʻrtacha 5,2 m ga koʻtariladi. Gidrouzel darvozalari toʻliq ochilganda undan 10500 m³/sek suv oʻtishi moʻljallangan. Ikki oxirgi darvoza baliq oʻtkazishga moslab qurilgan. Gidrouzel toʻgʻoni Amudaryoning ikkala sohilini bogʻlaydigan koʻprik vazifasini ham bajaradi. Avtomobillar qztnaydi. Gidrouzelning chap yonboshida shlyuz qurilgan. Uning boʻyi 65 m, eni 18 m. T.g. barpo etilishi bilan daryoning oʻng qirgʻogʻidan boshlanadigan Qizketgan kanaliga 7 darvozali suv chiqargichrostlagich qurildi. Har bir darvozaning uz. 10 m. Rostlagichning maksimal suv sarfi 425 m³/sek. Toʻgʻondan 300 m quyidagi daryoning chap qirgʻogʻidan boshlanadigan Suelli kanaliga suv beradigan suv uzatish kanali qazilgan. Gidrouzel Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida qariyb 1 mln.ga yerlarni sugʻorish imkoniyatlarini beradi.