Taxtdagi maʼbuda
Taxtdagi maʼbuda (albancha: Hyjnesha në fron, serbcha: Богиња на трону / Boginja na tronu) — ona maʼbudaning terakotadan yasalgan haykali, Vinka neolit sanʼatining yaxshi saqlanib qolgan namunasi. Prishtina va Kosovo ramzlaridan biri[1].
Tavsif
tahrirBalandligi 18,5 sm bo‘lgan figura terakotadan yasalgan bo‘lib, taxtda qo‘llarini beliga bog‘lab o‘tirgan ayolning antropomorfik tasviridir. Koʻzga yaqqol tashlanadigan yuz bichimiga ega beshburchak boshi yarim doira diadema bilan bezatilgan. Bezaklardan biri V shaklidagi yoqa yoki yumaloq medalyonli marjondir.
Tarixi
tahrir1956-yilda Radoslav Galovich boshchiligidagi Serbiya Milliy muzeyining bir guruh mutaxassislari tomonidan Prishtina chekkasidagi Kalabriya toʻqimachilik fabrikasi yaqinidagi " Predionitsa [sr] " (albancha: Tjerrtorja) qazish ishlari olib borilayotgan joyda topilgan[2].
U Kosovo va Metoxiya muzeyida saqlanib, uning ramzlaridan biriga aylangan. 1999-yilda Yugoslaviya bombardimon qilingan paytda u Belgradda, Serbiya Milliy muzeyi va Serbiya Fanlar va sanʼat akademiyasi tomonidan tashkil etilgan, „Kosovo va Metoxiya arxeologik xazinalari“ koʻrgazmasida boʻlgan. 2002-yil 30-mayda u Kosovo maqomi boʻyicha muzokaralar paytida qulay muhit yaratish maqsadida Kosovo muzeyiga qaytarilgan[3].
Hozirda — Kosovo muzeyining doimiy koʻrgazmasida saqlanadi.
Maʼnosi
tahrirBritaniyalik arxeolog Kolin Renfryuning soʻzlariga koʻra, nozik tarzda yasalgan bosh, qirrali burun va katta, bodomsimon koʻzlar Vinka madaniyatining „Prishtina uslubi“ ga xosdir. Mariya Gimbutas „Taxtdagi maʼbuda“ni o‘ziga xos topilma va Prishtinadan topilgan haykalchalar orasida alohida xudolarni ajratib ko‘rsatish mumkin degan farazning tasdig‘i deb hisoblagan. Baʼzi tadqiqotchilar ayol qiyofasida qushga oʻxshashlikni koʻradi va haykalchani Qush maʼbudasi sifatida tasvirlaydi[2].
Alban publitsistlari haykalni albanlarning Illiriyadan va Bolqonning eng qadimiy xalqi ekanligidan dalolat sifatida koʻrishadi. „Taxtdagi maʼbuda“ tasviri Prishtina gerbida va qisman tan olingan Kosovo Respublikasining shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalarida joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Kosovo - Cultural life“ (en). Encyclopedia Britannica.
- ↑ 2,0 2,1 Гимбутас 2006.
- ↑ „Srpska arheologija / Serbian Archaeology“ (sr). www.arheologija.narod.ru.
Adabiyotlar
tahrir- Гимбутас Мария. Цивилизация Великой Богини: Мир Древней Европы, Гендерная коллекция. Зарубежная классика. М.: РОССПЭН, 2006. ISBN 5-8243-0600-1.