Tbilisi Davlat Universiteti - Ivan Javaxishvili nomidagi Tbilisi universiteti Gurjistondagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biridir. 1918-yilda tarixchi olim va akademik I.A.Javaxishvili boshchiligidagi gruzin olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1930-yillarda Tbilisi Davlat Universiteti negizida qishloq xoʻjaligi, politexnika, pedagogika, tibbiyot institutlari, shuningdek bir qancha ilmiy tayyorgarlik muassasalari tashkil topgan. 1990-yili mustaqil ilmiy oʻquv muassasasi sifatida qayta tashkil etilgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, psixologiya, geologiya, falsafa, geografiya, tarix, filologiya, iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 millionga yaqin asarlar bor. 35 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.
Toʻliq nomi |
«Ivan Javaxishvili nomidagi Tbilisi Davlat Universiteti»
|
Xalqaro nomi |
Ivane Javakhishvili Tbilisi State University
|
Tashkil topgan sanasi |
1918-yil, fevral
|
Joylashuvi |
Gruziya , Tbilisi
|
Yuridik manzili |
Tbilisi, Chavchavadze shoh koʻchasi, 1
|
Rektor |
Aleksandr Kvitashvili
|
Talabalari soni |
35 mingga yaqin
|
Mutaxasis va oʻqituvchilar soni |
5 mingga yaqin
|
Rasmiy sayti |
tsu.ge
|