Tekbol — bu egilgan stol ustida oʻynaladigan, sepak takrau va stol tennisi elementlarini birlashtirgan toʻp bilan oʻynaladigan sport turi. Oʻyinchilar toʻpga qoʻllardan tashqari tananing istalgan qismi bilan zarba berishlari mumkin. Tekbolni ikki o‘yinchi o‘rtasida yakkalik o‘yinida yoki to‘rtta o‘yinchi o‘rtasida juftlik o‘yinida o‘ynash mumkin. Oʻyin xalqaro miqyosda Xalqaro Tekbol Federatsiyasi (FITEQ) tomonidan taqdim etilgan. 2021 yilgi Osiyo plyaj oʻyinlari hamda 2023 yilgi Yevropa oʻyinlari dasturlariga qoʻshilgandan soʻng, Tekbol sporti endi Olimpiya oʻyinlariga kirishni maqsad qilgan.

Tekbol 2018-yil avgust oyida FITEQ oliy boshqaruv organi Osiyo Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan rasman tan olinganida, dunyodagi eng tez tan olingan sport turiga aylangan. 2019-yil iyun oyida esa Tekbol Afrika Milliy Olimpiya Qoʻmitalari Assotsiatsiyasi tomonidan rasman tan olingan.

2020-yil noyabr oyida FITEQ Xalqaro sport federatsiyalari global assotsiatsiyasining (GAISF) toʻliq aʼzoligiga ega boʻlgan.

Tarix tahrir

Tekbol 2012-yilda Vengriyada uchta futbol ishqibozi tomonidan ixtiro qilingan. Bular sobiq professional futbolchi Gábor Borsányi, Vengriyalik tadbirkor Dyordji Gattyan va kompyuterlar ustasi Viktor Huszarlar hisoblanadi. Gʻoya stol tennisi stolida futbol oʻynagan Gábor Borsányiga tegishli boʻlib, dastlab stolning gorizontal dizayni toʻpni koʻpincha oʻyinchilar oyogʻiga sakrab tushmasligiga sabab boʻlgan, shuning uchun bu unchalik qulay emas edi. Keyinchalik Borsány agar stol egilgan boʻlsa, toʻpning oyoqqa tepishi uchun kamar yuzasi yordam berishi mumkin degan fikirga keladi. Viktor Huszar bilan bir necha yillik izlanishlardan soʻng, birinchi tekbol stoli 2014-yilda yaratiladi.

Ushbu sport turi birinchi marta 2016-yil 18-oktabrda Vengriyaning Budapesht shahrida Braziliyalik sobiq futbolchi, tekbol elchilaridan biri Ronaldinyo tomonidan rasman taqdim etiladi.

Qoidalar tahrir

Qoidalar FITEQ qoidalari toʻplamida keltirilgan[1].

Umumiy qoidalar tahrir

  • Tekbolni futbolda ishlatiladigan toʻplar bilan oʻynash mumkin, besh oʻlcham rasmiy toʻp tavsiya etiladi.
  • Tekbolni ikki oʻyinchi (yakka oʻyin) yoki toʻrt oʻyinchi (juft oʻyin) oʻynashi mumkin.
  • Tekbol oʻyini uchta eng yaxshi setdan iborat.
  • Har bir setda bir oʻyinchi yoki jamoa 12 ochkoga jamgʻarguncha oʻynaladi.
  • Har bir oʻyinchi yoki jamoada muvaffaqiyatli amalni bajarish uchun ikkita urinish mavjud.
  • Oʻyinchilar yoki jamoalar har toʻrt ochkodan keyin urinishni oʻzgartiradilar.
  • Bir xil tana aʼzosi bilan toʻpga ketma-ket ikki marta tegish taqiqlanadi
  • Toʻpni bir xil tana aʼzosi bilan ketma-ket ikki marta qaytarish taqiqlanadi.
  • Har bir oʻyinchi yoki jamoaga qoʻllardan tashqari toʻpni tananing istalgan qismiga maksimal 3 marta teginish bilan qaytarishga ruxsat beriladi.
  • Juftlik bahslarida jamoa ko‘pi bilan 3 ta teginishga ega, ammo jamoadoshlar to‘pni kamida bir marta bir-biriga uzatishlari kerak.
  • Oʻyin paytida stolga ham, raqibga ham tegib boʻlmaydi.
  • Edgeball boʻlsa, oʻrinish takrorlanadi.
 
Tekbol maydoni tepadan

Kortda oʻynash tahrir

Tekbol maydonining rasmiy musobaqa oʻlchamlari eni kamida 12 m, uzunligi kamida 16 m boʻlishi kerak boʻlsa, yopiq inshoatlarda bino balandligi 7 m boʻlishi kerakligi belgilangan. Stol toʻrtburchaklar shaklida boʻlishi va minimal balandligi 500 mm dan oshmasligi kerak va maksimal balandligi esa 1500 mm boʻlishi lozim. Tekbol stoli maydonning aniq oʻrtasida joylashgan boʻlishi, toʻr qisqaroq tomonlarning perimetrlariga parallel boʻlishi kerak.

Tekbol stol oʻlchamlari tahrir

Egri stolning uzunligi 3m, eni 1.7 m ga teng boʻlishi hamda eng yuqori nuqtasining balandligi 0.76 m boʻlishi kerak. Toʻrning balandligi esa 14 sm boʻlib toʻr sirtni ikki qismga ajratib oʻrnatiladi. Kenglikning ikkita tashqi qirrasi 56.5 sm teng yerdan yuqorida joylashishi lozim[2].

Toʻp tahrir

Toʻp sharsimon shakilda boʻlib, asosan futbol toʻplari mos tushadi. toʻp charimdan yoki boshqa mos materialdan yasalgan boʻlishi kerak va butil klapanli lateks pufagi boʻlishi kerak. Oddiy oʻlchamdagi 5 oʻlchamli futbol toʻpi mos keladi, shuningdek u oddiy futbolga qaraganda pastroq bosimga ega boʻlishi lozim (0,3 va 0,5 atmosfera orasida).

Intellektual mulk tahrir

Anʼanaviy sport turlaridan farqli oʻlaroq, Tekbol stolining dizayni patentlangan[3][4], shuning uchun faqat Tekball International yoki Teqball Holding SARL litsenziyasiga ega boʻlgan boshqa kompaniyalar qonuniy ravishda Tekbol stolini ishlab chiqarishi mumkin. „Teqball“ nomining oʻzi savdo belgisi boʻlib[5], savdo belgisi egasiga Tekbol tadbirlarini kim reklama qilishi yoki nomdan boshqa tarzda omma oldida foydalanishi ustidan nazoratni beradi. Tekbol ixtirochilari ushbu qonuniy cheklovlarni sportni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun muhim deb bilishadi[6].

Musobaqalar tahrir

Tekbol boʻyicha jahon chempionati tahrir

Tekbol boʻyicha jahon chempionati har yili FITEQ tomonidan muntazam ravishda oʻtkaziladigan musobaqadir.

Tekbol boʻyicha jahon chempionatida erkaklar va ayollar birgalikda ishtirok etadigan yakkalik va juftlik musobaqalari mavjud. 2017-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida 20 dan ortiq ishtirokchi davlatlar ishtirokida birinchi tekbol boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtgan. Musobaqaning 2018-yilgi versiyasi 12-dan 13-oktyabrgacha Fransiyaning Reyms shahrida jami 90 nafar oʻyinchi ishtirokida boʻlib oʻtgan.

2019 yil 6-8-dekabr kunlari Budapeshtda tekbol boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtgan. Unda jami 58 mamlakatdan 160 nafarga yaqin sportchi yakkalik, juftlik va aralash juftlik bahslarida ishtirok etgan[7].

FITEQ COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq davom etayotgan noaniqlik va cheklovlar tufayli 2020-yilgi Tekbol boʻyicha jahon chempionatini keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Afrika plyaj oʻyinlari tahrir

Tekbol 2019-yil 14-23-iyul kunlari Kabo-Verdening Sal shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Afrika plyaj oʻyinlariga kiritilgan unda Kamerun jamoasi finalda Nigeriya jamoasini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Osiyo plyaj oʻyinlari va Yopiq va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari (AIMAG) tahrir

Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan rasman tan olingan sport turi sifatida tekibol Sanya-2020 dasturiga kiritilgan, ammo Osiyo Olimpiya Kengashi Sanya olimpiya oʻyinlari 2020-yilda oʻtkazmaydi. Pandimya tufayli musobaqalar Bangkok va Chonburi shahridagi Yopiq inshootlardagi va jang sanʼatlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlari 2021-yil 2-10-aprel kunlari, shuningdek, 2021-yil 21-30-may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtiriladi. Qarorlar OCA Ijroiya kengashi tomonidan COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq davom etayotgan muammolarni hisobga olgan holda qabul qilingan. Shuning uchun dastlabki Tekbol musobaqasi bir muddatga kechiktiriladi.

Osiyo Olimpiya Kengashi va Tailand Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda AIMAG 2021 tashkiliy qoʻmitasi tekbol koʻrgazmali sport turi boʻladigan tadbir endi 2022 yilning 10 martidan 20 martigacha oʻtkazilishiga kelishib olinadi. Osiyo Olimpiya Kengashi Xitoy Olimpiya qoʻmitasi va Sanya Osiyo plyaj oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi bilan 6-Osiyo plyaj oʻyinlarining yangi sanasini kelishish uchun maslahatlashuvlarini davom ettirishini taʼkidlaydi va unda tekbol medalli sport turi sifatida debyut qiladi.

Yevropa oʻyinlari tahrir

Evropa Olimpiya Qoʻmitalari (EOC) FITEQ bilan kelishuvni eʼlon qildi, unda tekbol birinchi marta 2023-yilgi Yevropa oʻyinlari dasturiga kiritiladi[8].

Jahon reytingi tahrir

FITEQ rasmiy FITEQ tadbirlarida erishilgan Jahon reyting ochkolari asosida yakkalik, juftlik va aralash juftlik uchun Jahon reytingiga ega. FITEQ oʻzining Jahon reytingida muntazam yangilanishlarni eʼlon qiladi, ular orqali oʻyinchilarni turnirlarga joylashtirishni aniqlaydi[9]. Oxirgi yangilanish 2022-yil 22-fevralda eʼlon qilingan.

Tartib Yakkalik Ball
1.   Ádám Blázsovics 41977
2.   Györgydeák Apor 38693
3.   Julien Grondin 26696
4.   Anna Izsák 20719
5.   Csaba Bányik 15798
6.   Adrian Duszak 15660
7.   Paulina Łeżak 11912
8.   Bogdan Marojević 10380
9.   Hugo Rabeux 10358
10.   Balázs Katz 10192
Tartib Juftlik Ball
1.   Csaba Bányik 42575
2.   Ádám Blázsovics 42049
3.   Nikola Mitro 40072
4.   Szabolcs Ilyés 38634
5.   Bogdan Marojević 38632
6.   Dennis Correia 38530
7.   Apor Györgydeák 37772
8.   Luka Pilic 37477
9.   Hugo Rabeux 28877
10.   Julien Grondin 28877
Tartib Aralash juftlik Ball
1.   Csaba Bányik 32018
1.   Zsanett Janicsek 32018
3.   Vania Moraes da Cruz 17008
3.   Leonardo Lindoso de Almeida 17008
5.   Nikola Mitro 15372
5.   Maja Umićević 15372
7.   Apor Györgydeák 13944
8.   Vania Moraes da Cruz 12792
8.   Leonardo Lindoso de Almeida 8268
10.   Tünde Miklós 8268

Mukofotlar tahrir

Red Dot Dizayn mukofoti

  • 2015 — Teq Smart[10]
  • 2020 — Teq Lite[11]

ISPO mukofoti 2015, 2016[12]

IF Design Award 2018 — Teq Smart[13]

Vengriya dizayn mukofoti 2019 — Teq Smart[14]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir