Tekislikning muntazam boʻlinishi

" Tekislikning muntazam boʻlinishi " — gollandiyalik rassom Esher tomonidan 1936-yilda boshlangan ksilografiya asarlari seriyasidir. Ushbu ishlarning asosini tesselyatsiya printsipi tashkil etadi, bunda boʻshliq tekislikni toʻliq qoplaydigan, bir-birini kesib oʻtmasdan yoki bir-birining ustiga toʻgʻri kelmasdan qismlarga boʻlinadi[1].

Rassomning 1936-yilda Ispaniya Grenadasi yaqinidagi XIV asrga oid Mavr qasridagi Algambraga sayohati bu asarlarni yartish uchun ilhomlantirgan. Esher, 1922-yilda Grenadaga birinchi kelganida qilmagan ishlarini qiladi, bir necha kun davomida bezakni koʻrib chiqadi, dekorativ plitkalarni oʻrganadi va eskizlar yaratadi.

1958-yilda Esher oʻzining „Tekislikning muntazam boʻlinishi“ (niderlandcha: 'Regelmatige vlakverdeling')[2] kitobini nashr etgan. Kitobda litografiyada qoʻllaniladigan usul haqida umumiy tushuncha berilgan va bir nechta namunalar taqdim etilgan, ammo kitobning nashr etilishiga qaramay, rassom 1960-yillarning oxirigacha asarlari ustida ishlashni davom ettirgan va Chizma № 137 bilan yakunlagan.

Qizigʻi shundaki, ushbu seriyaning asarlari badiiy maʼnoda qiymatli boʻlmaganiga qaramay, ular Esherning eng taniqli asarlari qatoriga kiradi. Ularning baʼzilari turli xil bezak buyumlarini ishlab chiqarishda, xususan, roʻmollar uchun naqsh sifatida ishlatilgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Locher, J.L. (2000). The Magic of M. C. Escher. Harry N. Abrams, Inc. ISBN 0-8109-6720-0(ingl.)
  2. Schattsneider, Doris (2004) M.C. Escher: Visions of Symmetry Harry N. Abrams, Inc. ISBN 0-8109-4308-5.(ingl.)