Telemeditsina — bu tibbiy maʼlumot almashish uchun kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish..[1]

Afzalliklar

tahrir
  • Yengillik. Telemeditsina chekka hududlarda boʻlgan bemorlarga masofaviy tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradi.
  • Sogʻliqni saqlash xarajatlarini kamaytirish. Mobil texnologiyalardan foydalangan holda bemorlarni masofadan nazorat qilish ambulatoriyaga borishga boʻlgan ehtiyojni kamaytirishi va retseptlarni masofadan tekshirish va yozilgan dorilarni nazorat qilish imkonini beradi. Shunday qilib, tibbiy yordamning umumiy narxi sezilarli darajada kamayadi.[2]
  • Tajriba almashinuvi. Mobil texnologiyalar tibbiyot mutaxassislariga bir-biridan uzoqda boʻlgan holda tajriba almashish, kuzatish va mutaxassislar bilan muloqot qilish imkonini beradi.[3]
  • Stigmani kamaytirish. Bundan tashqari, baʼzi bemorlar shifokor xonasida oʻzlarini noqulay his qilishadi. Masalan, telepsixiatriya agrofobiya, harbiy posttravmatik psixik buzilish va bolalikdagi ruhiy kasalliklar uchun klassik terapiyadan koʻra samaraliroqdir.[4]

Kamchiliklari

tahrir
  • Telemeditsina fizik tekshiruvni oʻrnini toʻliq bosa olmaydi.
  • Normativ aktlar, yoʻriqnomalar va qonunchilikni yangilash zarurati paydo boʻladi.[5]
  • Telemeditsina shaxsiy hayotga, xavfsizlikka, tibbiy litsenziyalashtirishga va xarajatlarni qoplashga tahdid soladi.
  • Telemeditsina shifokordan koʻproq vaqt talab qiladi. Agar oddiy konsultatsiya 15 daqiqa davom etsa, masofaviy konsultatsiya yarim soatgacha davom etadi.[6] Bundan tashqari, tibbiy xizmatlar koʻrsatishda xatolik xavfi ortadi.[7]
  • Shuningdek, ulanish sifatiga taʼsir qiluvchi uzatishdagi xatoliklar yoki xavfsizlik yoki maʼlumotlarni saqlashning buzilishi kabi texnik muammolar ham boʻlishi mumkin.

Manbalar

tahrir