Andoza:Литературное произведение Категория:Литературные произведения по алфавиту "Temir kanslerlar jangi" – sovet yozuvchisi Valentin Pikulning 1977 yilda nashr etilgan tarixiy romani.

Asar syujeti

tahrir

Roman Rossiya imperiyasining markaziy Yevropa davlatlari (Avstriya imperiyasi, Ikkinchi Fransiya imperiyasi, Prussiya Qirolligi, Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi, Germaniya imperiyasi, Britaniya imperiyasi, Italiya qirolligi va boshqa davlatlar) bilan diplomatik munosabatlari tarixiga bagʻishlangan. U oʻz ichiga 1850-1870 yillardagi Yevropadagi keskin siyosiy inqirozlari, urushlar, inqiloblar va diplomatik muzokaralar davrini qamrab oladi..

Romanning markazida ikkita „temir kansler“ ning „jangi“ joylashgan: Bular , Rossiya imperiyasining tashqi ishlar vaziri Aleksandr Gorchakov (1798-1883) va Prussiya hukumati Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi hamda Germaniya imperiyasining reyx kansleri boʻlgan Otto fon Bismark (1815 −1898) oʻrtasidagi kechayotgan diplomatik duelda, ularning har biri oʻz mamlakatining kuchini maksimal darajada mustahkamlashga va uning Yevropa va dunyoda siyosiy taʼsirini kuchaytirishga intiladi. Gorchakovning asosiy vazifasi Qrim urushidan keyin Rossiyaga qoʻyilgan Parij shartnomasida (1856) Qora dengizda rus dengiz flotini saqlashni taqiqlash toʻgʻrisidagi shartni denonsatsiya qilishdan iborat boʻlgan. Bismarkning asosiy maqsadi parchalangan nemis yerlarini Prussiya boshchiligida yagona davlatga birlashtirish edi. Ikkala kantsler ham uzoq davom etgan diplomatik muzokaralar, strategik ittifoqlar, oʻzaro yon berishlar, harbiy va siyosiy toʻqnashuvlar evaziga oʻz maqsadlariga erishadilar.

Romanning tuzilishi

tahrir
 
Rossiya imperiyasining tashqi ishlar vaziri A. M. Gorchakov

Oxirgi litsey oʻquvchisi (Prolog oʻrniga)

tahrir

Nitsada keksa nafaqadagi Rossiya kansleri, „soʻnggi litsey oʻquvchisi“ Aleksandr Gorchakov umrining soʻnggi yillarini oʻtkazmoqda edi (afsonaviy Imperator Tsarskoe Selo litseyining barcha birinchi bitiruvchilari, shu jumladan uning doʻsti A. S. Pushkin allaqachon vafot etgan). . 1883 yil 27 fevralda Baden-Badenda „litsey oʻquvchilari“ ning oxirgisi boʻlgan 84 yoshli knyaz Gorchakov vafot etdi.

Uning xalqaro munosabatlar tizimini rivojlantirishga qoʻshgan hissasiga katta baho berilgan: uning siyosiy kontseptsiyalarining asosini tinchlik uchun kurash tashkil etgan, u jiddiy yurisdiktsiyalarga ega kuchli xalqaro institutni yaratish gʻoyasining muallifi hisoblanadi. Ushbu gʻoya Gaaga tinchlik konferentsiyalarining asosi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil etilishiga muqaddimasi boʻldi.

Birinchi qism. Yevropa konserti

tahrir
 
Reyx kansleri Otto fon Bismark

19-asr oʻrtalari. Germaniya davlati faqat nomigagina mavjud edi, yaʼni u hozirgi Germaniya kabi yagona davlat emasedi.

Uning hududida 38 ta mustaqil kichik nemis davlatchalari (knyazliklari) mavjud boʻlib – "Nemislar koʻp edi, lekin ularda Germaniya yoʻq edi! ". Ularning koʻpchiligi Berlinga (Prussiya) emas, balki Frankfurt-na-Mayndagi Federal Seym (butun Germaniya Bundestagi) raislik qilgan Vena (Avstriya) ga eʼtibor berishga majbur boʻldi.

Germaniyaning barcha knyazliklarining elchilariga oʻz taʼsirini oʻtkazgan Avstriyaning Federal i elchisi Anton Prokeshning qudrati oʻzining diplomatik faoliyatini Prokeshdan maxfiy hujjatlarni oʻgʻirlashnii va ularni Berlinga yuborishdann boshlagan Prussiyaning yangi elchisi Bismark tayinlangandan soʻng zaiflasha boshladi.

Rossiya elchisi knyaz Gorchakov Frankfurt-Maynga keladi, u bir vaqtning oʻzida Rossiyaning Vyurtemberg Qirolligidagi elchisi boʻlib, Bismark bilan uchrashadi. Gorchakov va Bismark oʻrtasida doʻstona munosabatlar tez rivojlandi chunki, ularning qarashlari koʻplab diplomatik masalalarda bir-biriga mos kelardi.

1854 yilda Qrim urushi avjida Gorchakov Venaga elchi etib tayinlandi va u Avstriyani Rossiya bilan ittifoqni buzishdan saqlab qolishga urinib koʻrgan boʻlsada bu samara bermadi.

Urush oxirida Rossiya va Fransiya Angliya ishtirokisiz separat tinchlik muzokaralarini boshlaydilar (Gorchakov – Morni), chunki Napoleon III Rossiyaning toʻliq magʻlubiyatini emas faqat 1812 yil uchun qasos olishni xohlardi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Karl Nesselrodening aybi bilan muzokaralar orqaga ketdi, chunki u bu haqda Avstriyaga xabar berdi va Gorchakovga muzokaralar oʻtkazishni taqiqladi .

Shundan keyin Nesselrode yangi rus-avstriya tinchlik muzokaralarini kuyovi Lev Seebaxga ishonib topshirdi. Gorchakov bularning barchasini Rossiya manfaatlariga xiyonat deb hisoblaydi.

Gʻazablangan Napoleon III ruslar bilan muzokaralarni toʻxtatadi va diplomatik kurashda gʻalaba qozongan Avstriya kansleri Buol Gorchakovga „endi biz tinchlik shartlarini aytib beramiz“ deydi. Seebax bilan tushlikdan keyin Gorchakov zaharlanish alomatlarini sezadi.

Vazir Nesselrodening avstriyaparast pozitsiyasining engib boʻlmasligini tushunib, Gorchakov toʻgʻridan-toʻgʻri imperator Aleksandr II ga murojaat qiladi, bu bilan u Buolning ultimatumini rad etishni va Avstriyaning Bessarabiyada hududiy imtiyozlar talablarini neytrallashi uchun rus-fransuz tinchlik muzokaralariga qaytishni tavsiya qiladi.

Sankt-Peterburgda koʻplab yuqori martabali rus amaldorlari Nesselrodeni Rossiyaning siyosiy yakkalanishida ayblashadi. Nesselrode nafaqaga chiqishga yaqin edi chunki Aleksandr II Gorchakovni Venadan Sankt-Peterburgga chqirtiradi. .

Fransiyada Qrim urushi natijalarini sarhisob qiluvchi Parij kongressi ochiladi. Rossiya diplomatlari Aleksey Orlov va Filipp Brunov, Fransiya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Valevskiyning koʻmagiga tayangan holda, uzoq davom etgan muzokaralar davomida Rossiya manfaatlarini iloji boricha Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Klaredon va Avstriya kansleri Buolning qattiq talablaridan himoya qilishga harakat qiladi. Kongress Qrim urushini tugatgan Parij shartnomasi (1856) imzolanishi bilan yakunlanadi.

Aleksandr II Gorchakovni Parij tinchligi maqolalari bilan tanishtiradi. Gorchakov – „Orlov qoʻlidan kelganini qildi va undan ham koʻproq.“, deb takidlaydi. Imperator kelishuvning eng chidab boʻlmas va sharmandali nuqtasini deb Qora dengizni neytrallashtirilishi deb hisoblaydi (Rossiya u yerda dengiz kuchlariga ega boʻlish imkoniyatini yoʻqotdi) va Gorchakovga tashqi ishlar vaziri lavozimini taklif qiladi. Gorchakov keksalikni aytib, lavozimni rad etadi, ammo Aleksandr II ning qatʼiy talablaridan soʻng, u Nesselrodeni vazirlik lavozimini egallashga rozi boʻladi. U imperatorga oʻzining asosiy vazifasini aytadi: "Men imperatoriya kansleri boʻlishni istardim, shundagina arsenallardan bitta toʻpni otmasdan va xazinadan bir tiyinga tegmasdan, qon va oʻqlarsiz bizning flotimiz yana Sevastopol yoʻllarida suzishini taʼmillay olishimga ishonchim komil boʻlar edi "

Gersog Morni Fransiyaning Rossiyadagi yangi elchisi etib tayinlandi, u Gorchakov va Aleksandr II tomonidan yaxshi kutib olinadi. Moskvada Rossiya imperatorining toj kiyish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Gorchakov Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Jominiga Bismark kerakligini aytdi. Rossiya Dunaydagi Ilon orolida mustahkamlanadi, bu esa Angliya va Avstriyaning Rossiyadagi elchilari – Grenvil va Estergazining Rossiyaning Parij tinchligini qayta koʻrib chiqishga urinishi haqida qoʻshma bayonotiga olib keladi. Fransiya elchisi Morni Gorchakovni qoʻllab-quvvatlab, u xaritada Ilon orolini topa olmagani va fransuzlar unda kim yashashi qiziq emasligini aytdi. Rus-fransuz aloqalarini mustahkamlab, Morni malika Sofya Trubetskoyga uylanadi.

Gorchakov rus elchilarini almashtirishni, siyosiy yollanma vakillarni olib tashlashni boshlaydi va Dunay knyazliklarida xalq plebissitini talab qilib, Avstriyaning mavqeiga putur yetkazadi. Rossiyalik vazir bu bilan dunyoni bundan buyon Rossiya oʻz siyosatini faqat oʻz manfaatlari yoʻlida qurishi haqida ogohlantirmoqda edi. Gorchakovning mashhur " Rossiya diqqatni jamlamoqda " depeshasi paydo boʻladi.

Frankfurt orqali poyezdda sayohat qilgan Gorchakov Bismark bilan uchrashib, unga Fransiya va Prussiya yangi Yevropa koalitsiyasida Avstriya oʻrnini egallashi kerakligini aytdi.

Gorchakov Aleksandr II va Napoleon III oʻrtasidagi shaxsiy uchrashuvni tashkil etishga harakat qiladi. Inglizlar zudlik bilan Napoleon III va Qirolicha Viktoriya oʻrtasida Osborndagi Uayt orolida yopiq uchrashuv uyushtirdilar va fransuzlarga ularning ruslar bilan hamkorliginii va Yevropa xaritasini oʻzgartirishga urinishlarini maʼqullamasliklarini tushuntirdilar. Vyurtemberg qiroli Aleksandr II bilan uchrashuvda uni avstriyaliklar bilan yarashtirishga urinib koʻrdi. Shtutgartda Napoleon III va Aleksandr II va Valevskiy va Gorchakov uchrashib, muzokaralarni boshlaydilar. Napoleon III ruslarning Avstriyadan noroziligidan foydalanib, Aleksandr II ni Avstriyani Italiyadan olib chiqishga rozi boʻlishga taklif qiladi, shunda Fransiya oʻz chegaralarini Reyn va Alp togʻlari boʻylab qaytarib oladi. Rossiya imperatori, qirolicha Viktoriyadan farqli oʻlaroq, bu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi, ammo Rossiya harbiy harakatlarda qatnashmasligini aniq aytdi. Gorchakov rus-fransuz doʻstlik shartnomasi loyihasini olib keldi, ammo Napoleon III Aleksandr II ni juda norozi qiluvchi, Polsha masalasini koʻtardi. Rus monarxi buni haqoratli deb topdi. Gorchakov qiyinchilik bilan polyak boʻlgan Valevskiyni moʻrt rus-fransuz ittifoqini saqlab qolishga koʻndiradi: Agar Fransiya sharqiy ishlarda Rossiyani qoʻllab-quvvatlasa, Rossiya Avstriya bilan urushda Fransiyani qoʻllab-quvvatlaydi, Fransiya Turkiya tomonidan ezilgan slavyanlarni himoyasiga olsa, Rossiya mazlum italyanlarni tomonida boʻlishi kelishiladi. Shu tariqa Rossiya va Fransiya oʻrtasidagi shartnomaning asosi saqlanib qoldi, ammo Napoleon III ning Polsha haqidagi iborasi tufayli u imzolanmadi.

Veymarda Aleksandr II Frans Iosif bilan uchrashishga rozi boʻldi, ammo uchrashuv Avstriyaga boʻlgan sovuq munosabatini oʻzgartirmadi. Gorchakovning marhamatiga sazovor boʻlishni istab, Frans Iosif I uni Muqaddas Stiefan ordeni bilan taqdirlaydi, ammo bu ham hech narsaga olib kelmaydi: Gorchakov Aleksandr II ni bu harakatni qaytarmaslikka va kansler Buolni mukofotlamaslikka koʻndiradi va hammomda oʻz ordenini goʻyoki „unutadi“. .

Ikkinchi qism. Kumirning vujudga kelishi

tahrir

Uchinchi qism. Jernova tarixi

tahrir

Oxirgi kansler (Epilog oʻrniga)

tahrir

Bismark imperator Vilgelm II ning taʼsiri bilan Reyx-kansler lavozimidan isteʼfoga chiqishga majbur boʻladi. Nafaqaga chiqqan Bismark hayotining soʻnggi yillarini Germaniya jamoatchiligi va rasmiylarini Rossiya bilan strategik ittifoqni saqlab qolish zarurligiga ishontirishga muvaffaqiyatsiz urunadi. Ushbu urinishlarning befoydaligi va Germaniyani harbiy magʻlubiyatga uchratishning haqiqiy ehtimolini oldindan sezish uni spirtli ichimliklar va morfinni tez-tez ishlatishga olib keladi.

Roman Bismarkning nemislarga bergan siyosiy vasiyatini koʻrib chiqish bilan yakunlanadi: Rossiya bilan urushish va ikki jabhada urushdan qochish. Germaniyani Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlariga olib kirgan Vilgelm II va Gitler turli yillarda uni tinglamadilar va bu bilan oʻz taqdirlariga hukum oʻquvchi katta xatoga yoʻl qoydilar.