Otto Eduard Leopold Karl-Vilgelm-Ferdinand fon Bismark (nemischa: Otto Eduard Leopold fon Bismarck; 1815-yil 1-aprel — 1898-yil 30-iyul) — „temir kansler“ deb atalgan knyaz, siyosatchi, davlat arbobi, German Imperiyasining birinchi kansleri.

Otto fon Bismark
Fayl:Bundesarchiv Bild 146-1990-023-06A, Otto fon Bismarck.jpg
Autograph-OttoBismarck.png
German Imperiyasining birinchi reyxskansleri
Hukmronligining boshlanishi: 21-mart 1871
Hukmronligining tugashi: 20-mart 1890
Oʻtmishdosh: Lavozim mavjud boʻlmagan
Voris:Leo fon Kaprivi
Tugʻilgan sanasi: 1-aprel 1815-yil
Tugʻilgan joyi:Shyonxauzen, Saksoniya, Prussiya
Vafot sanasi:30-iyul 1898-yil(1898-07-30)
(83 yoshda)
Vafot joyi:Fridrixsru, Shlezvig-Golshteyn, Germaniya
Turmush oʻrtogʻi:Ioganna fon Puttkamer

Prussiya qirolligida Bismark konservatorlar orasida yunkerlar namoyondasi sifatida obroʻ qozongan, diplomat sifatida faoliyat yuritgan (1851-1862-yillar). 1862-yilda Prussiya hukumatining bosh vaziri etib tayinlangan. Konstitutsion inqiroz vaqtida monarxiyani himoya qilib liberallarga qarshi chiqgan. Tashqi ishlar vaziri sifatida Olmon-Daniya urushidan soʻng Prussiyani Germaniyadagi yetakchi kuchga aylantirdi.

U Reyxskansler va Prussiya bosh vaziri sifatida 1890-yilgi isteʼfosiga qadar Reyxning siyosatiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bismark tashqi siyosatda kuchlar balansi prinsipiga amal qilgan.

Ichki siyosatda uning boshqaruv davrini ikki fazaga boʻlsa boʻladi. Boshida u oʻta liberallar bilan ittifoq tuzgan. Bu davrda koʻplab ichki reformatsiyalar roʻy berdi, masalan, Bismark tomonidan katolik cherkovining taʼsirini pasaytirish maqsadida Fuqarolik nikohining kiritilishi. 1870-yillarning oxirlaridan boshlab Bismark liberallardan uzoqlashdi. Bu faza davomida u proteksionizm va iqtisodiyotga hukumatning aralashuvi siyosatidan foydalanadi. 1880-yillarda antisotsialistik qonun kuchga kirdi. Oʻsha vaqtdagi kayzer Vilgelm II bilan kelishmovchiliklar Bismarkning isteʼfo berishiga sabab boʻldi.

BISMARK (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1-reyxskansleri (1871—90). B. Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunkerburjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya („Kulturkampf“)ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar oʻtkazdi. B. Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri.

Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli intervensiya tashkilotchilaridan biri boʻlgan.

Biografiyasi tahrir

Kelib chiqishi tahrir

Otto fon Bismark 1815-yil 1-aprelda Branderburg viloyati(hozirda — Saksoniya-Angalt yeri)dagi kichik dvoryan oilasida tugʻilgan. Bismarklar oilasining barcha avlodlari tinchlik va urush paytlarida hukmdorlarga hizmat qilishgan, lekin oʻzlarini oʻta zarur bir ish bilan koʻrsatishmagan. Qisqa qilib aytganda, Bismarklar yunkerlar boʻlishgan. Bismarklar ulkan yerlari yoki boyliklari bilan maqtana olishmagan, lekin oqsuyak sanalishgan.

Yoshlik yillari tahrir

1822-yildan 1827-yilgacha Otto jismoniy kuchning oʻsishiga asosiy eʼtibor beradigan Plaman maktabida oʻqigan. Ammo ota-onasiga yozilgan xatlardan maʼlumki, yosh Otto bundan xursand boʻlmagan. 12 yoshida Otto Plaman maktabini oʻzgartirgan, lekin Berlinni tark etmay, oʻz oʻqishini Fridrixshtrassedagi Fridrix Buyuk nomidagi gimnaziyada davom ettirgan, 15 yoshida esa „Kulrang monastir“ gimnaziyasiga oʻtgan. Otto oʻrta darajali, ajralib turmaydigan oʻquvchi sifatida koʻrsatgan. Lekin u chet adabiyotiga qiziqib, fransuz va nemis tillarini yaxshi oʻrgangan. Yosh Otto hammasidanam ham soʻnggi yillar siyosati va turli davlatlarning raqobatlari tarixiga qiziqqan. U onasidan farqli ravishda dindan uzoqda boʻlgan.

Gimnaziyani bitirgandan soʻng onasi Ottoni Gannoverdagi Gettingenda joylashgan Georg Avgust universitetiga kirgizdi. Bismark huquqni oʻrganib diplomatik ishga kirishi rejalashtirilgan edi. Lekin Bismark oʻqish bilan jiddiy shugʻullanishni xohlamagandi va Gettingenda orttirgan koʻplab doʻstlari bilan vaqtini xursandchilikda oʻtkazishni afzal koʻrgan. Otto oʻqish davomida 27-marta duellarda qatnashgan. Umuman, Otto fon Bismark oʻsha vaqtlardagi nemis yoshlaridan farqi boʻlmagan.

Bismark faol hayoti choʻntagiga ogʻirlik qilganligi sababli universitet rasmiylari tomonidan qamoqqa olinishi mumkin edi, shu sababli, u Gettingendagi oʻqishini ohiriga yetkazmadi va shaharni ark etdi. Butun bir yil davomida u Berlindagi Yangi Poytaxt Universitetida falsafaning siyosiy iqtisodiyot yoʻnalishida doktorlik ishini yoqladi. Shu bilan uning universitetdagi taʼlimi tugadi. Tabiiy ravishda Bismark birdaniga onasi katta umidlar tutgan diplomatiyada ish boshlashni xohladi. Lekin oʻsha paytlardagi Prussiya tashqi ishlar vaziri Bismarkka rad javobini berib, „Yevropa diplomatiyasi doirasidagi ish oʻrniga Germaniya ichidagi biror maʼmuriy boʻlinmada ish topish“ni maslahat berdi.

Faoliyati tahrir

 
Bismark, 1833-yil

Natijada Bismark yaqinda Prussiyaga qoʻshib olingan Axenga ishlashga ketadi. Bu kurort shaharda hali ham Fransiyaning taʼsiri sezilardi va Bismark bu chegaraviy hududni Prussiya bosh rol oʻynaydigan bojxona ittifoqiga qoʻshish muammolari bilan shugʻullandi.

Axenda dushmanlar orttirgani sababli, Bismark harbiy xizmatga ooʻtishga majbur boʻldi. 1838-yilning bahorida u egerlarning gvardiya batalyoniga yozildi. Ammo onasining kasalligi sababli uni harbiy xizmatiga chek qoʻyishga majbur qildi. Onasining oʻlimi uning sangʻishlarini toʻxtatib, Pomeraniyadagi mulklarni boshqarishga majbur qildi. Mulklarni boshqarishdagi bilimlari sababli u qoʻshnilarining xurmatini qozondi[1].

Siyosiy faoliyatining boshlanishi tahrir

Bismark 1848 yil inqilobida siyosatchiga aylandi. 1848 yilgi inqilob davrida Bismark keyinchalik uning faoliyatiga xos boʻlgan xususiyatlarni toʻliq ochib berdi: oʻziga ishonch, demokratik harakatlardan nafratlanish, hokimiyatning kuchini toʻgʻri baholash qobiliyati. Oʻsha paytda uning uchun asosiy vosita kuch edi: unda u "har qanday siyosiy va diplomatik muvaffaqiyatning kaliti kuchda" ekanligi taʼkidladi[2]. Biroz vaqt oʻtgach, u: "Germaniyaning birlashtirish masalasini parlament va majlislarda hal qilish mumkin emas, faqat diplomatiya va jang maydonida hal qilinadi" degan mashhur iborasini aytdi[3].

         1851 yil may oyida Bismark dastlab maslahatchi, keyin esa Prussiyaning Frankfurt-na-Mayndagi ittifoqchi seymdagi elchisi etib tayinlandi. U bu lavozimga munosib nomzod boʻlib chiqdi va 1959 yilgacha bu lavozimda qoldi. Frankfurtda boʻlgan sakkiz yil davomida (1851-1859) Prussiyaning Ittifoqchilar vakili sifatida diplomatiyaning ayyorona va nozik sifatlarini egalladi.

Rossiyada elchilik tahrir

1857 yil oktyabr oyida Friderix Vilgelm IV insultga uchradi va falaj boʻlib qoldi shu sababli ukasi Vilgelmni regent sifatida tayinladi. Vilgelm dastlab moʻtadil hukmdor sifatida koʻrilgan, uning liberal Britaniya bilan doʻstligi, xususan, qirolicha Viktoriyaning toʻngʻich qiziga uylanishi ramziy maʼnoga ega edi. Vilgelm oʻzining yangi vazirlari va maslahatchilarini konservatorlardan tayinlay boshladi. Tez orada regent Bismarkni Prussiyaning Rossiya imperiyasidagi elchisi qilib tayinladi.[4] Umuman olganda bu koʻtarilish edi, chunki Rossiya Prussiyaning eng qudratli ikki qoʻshnisidan biri edi. Ammo Bismark Germaniyadagi voqealardan chetda qoldi va 1859 yilgi Italiya urushi paytida Fransiya Avstriyani Lombardiyadan haydab chiqarganini faqat jimgina tomosha qila oldi xolos.

Bismark Sankt-Peterburgda toʻrt yil qoldi, shu vaqt ichida u notoʻgʻri davolanish tufayli oyogʻidan jiddiy shikastlanish oldi. Bismark u yerda Frankfurtda Rossiya vakili boʻlgan rus knyazi Gorchakov bilan uchrashdi.

 
Bismark 1863 -yilda Roon (markazda) va Moltke (oʻngda) bilan 1860-yillarda Prussiyaning uchta yetakchisi

Regent, shuningdek, Helmuth von Moltkeni Prussiya armiyasining yangi bosh shtab boshligʻi etib tayinladi va Albrecht von Roon armiyani qayta tashkil etish ishi bilan urush vaziri etib tayinladi. Keyingi oʻn ikki yil ichida Bismark, Moltke va Run Prussiyani oʻzgartirishda asosiy rolni oʻynashdi.[5]

Prussiya Prezident-vaziri tahrir

Shahzoda Vilgelm 1861 yilda akasi Friderix Vilgelm IV vafotidan keyin Prussiya qiroli boʻldi. Yangi monarx tez-tez liberal boʻlib borayotgan Prussiya Dieti (Landtag) bilan ziddiyatga tushib qoldi. 1862 yilda Diet armiyani qayta tashkil etishni moliyalashtirishga ruxsat berishdan bosh tortgan inqiroz paydo boʻldi. Qirol vazirlari qonun chiqaruvchilarni byudjetni qabul qilishga ishontira olmadilar, qirol esa yon berishni istamadi. Vilgelm oʻz oʻgʻli valiahd shahzoda Friderix Vilgelm V foydasiga taxtdan voz kechmoqchi boʻldi, bunga inqirozni yengishga qodir yagona siyosatchi Bismark qarshi chiqdi. Biroq, Vilgelm tashqi ishlar ustidan cheksiz nazoratni talab qiladigan shaxsni tayinlashda ikkilanib turdi. 1862 yil sentyabr oyida Landtag taklif etilgan byudjetni yana rad etdi, shundan soʻng Vilgelm Roonning maslahati bilan Bismarkni Prussiyaga chaqirishga majbur boʻldi (U bu paytda Prussiyaning Fransiyadagi elchisi edi). 1862 yil 23 sentyabrda Vilgelm Bismarkni prezident va tashqi ishlar vaziri etib tayinladi[6].

Daniya urushi tahrir

Germaniya imperiyasini yaratish yoʻlidagi birinchi qadam 1864 yilda Prussiya va Avstriyaning Daniya bilan Daniya tarkibiga kirgan, lekin avtonomiyaga ega boʻlgan qadimgi Germaniya gersogligi Shlezvig va Golshteyn uchun urushi boʻldi. Ular Boltiqboʻyi va Shimoliy dengiz oʻrtasida strategik jihatdan qulay mavqega ega edilar.[7]

Daniyaga hujum qilish vaqti juda yaxshi tanlandi. Harbiy gʻalabalarning yutuqlaridan bahramand boʻlish uchun Prussiyani yolgʻiz qoldirishni istamagan Avstriya unga qoʻshilishga majbur boʻldi.

 
Shlezvig va Golshteyn hududlari

Daniyada 1863 yilda konstitutsiya joriy etildi, unga koʻra Shlezvig Daniya Qirolligiga qoʻshildi. Avstriya va Prussiya konstitutsiyani bekor qilishni talab qilib, Golshteyn va Lauenburgni bosib oldilar. 1 fevralda Daniya Avstriya-Prussiya ultimatumini rad etgandan soʻng, harbiy harakatlar boshlandi. Avstriya-Prussiya qoʻshinlari (60 mingga yaqin) Prussiya feldmarshali F.Vrangel qoʻmondonligi ostida Dannevirke yaqinidagi mustahkamlangan pozitsiyada general-leytenant Kevin de Metz qoʻmondonligidagi Daniya qoʻshinlarining asosiy kuchlariga hujum qildi. Nemislar  bosimi ostida daniyaliklar 5-7 fevral kunlari Dybbol hududiga chekinishdi, u yerda general Gerlax boshchiligida 18 aprelgacha, keyin esa 29 aprelgacha Frederikiya qal’asi yaqinida dushmanga qarshilik koʻrsatdilar. Daniya taklifi bilan 12 maydan 26 iyungacha sulh tuzildi. Sulh tuzilgandan soʻng, Prussiya qoʻshinlari ushbu hududlarni bosib oldilar. Als (29-iyun) va 14-iyulga kelib ular Yutlandiya yarim orolini egallab olishdi. 16 iyulda ikkinchi sulh tuzildi, u 30 oktyabrda Vena tinchlik shartnomasi bilan yakunlandi, unga koʻra Daniya Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgni yoʻqotdi. Avstriya va Prussiya oʻrtasida oʻljalarni taqsimlash boʻyicha uzoq davom etgan muzokaralar boshlandi va 1865 yilgi Gashteyn konventsiyasi bilan yakunlandi. Avstriya Golshteynni, Prussiya esa Shlezvigni boshqarish huquqini oldi; kichik Lauenburg gersogligi Prussiyaga qoʻshildi

Avstriya urushi tahrir

Daniya bilan urushdan keyin Bismarkning shaxsiy obroʻsi Yevropada ham, oʻz mamlakatida ham koʻtarildi. Ayniqsa, podshoh undan mamnun edi. Bismarkga yozgan maktubida u shunday yozgan: „Sizni hukumat boshiga qoʻyganimdan keyin oʻtgan toʻrt yil ichida Prussiya oʻz tarixiga munosib pozitsiyani egalladi va unga baxtli va shonli kelajakni vaʼda qildingiz“[8]

Prussiya harbiy qudrati Daniya bilan urushda oʻzining kuchayib borayotgan kuchini namoyish etdi, shundan soʻng Bismark diplomatiyasi gʻalaba natijalarini yangi harbiy mojaro uchun bahonaga aylantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini — bu safar Germaniya ishlarida oʻzining vaqtinchalik ittifoqchisi va doimiy raqibi — Avstriya bilan keskinlashtirisha harakat qilina boshlandi. Bunga Daniyadan tortib olingan ikki nemis provinsiyasi — Shlezvig va Golshteynning qoʻshma boshqaruvi bahona boʻldi. Ushbu qoʻshma nazorat Prussiya va Avstriya oʻrtasidagi doimiy ziddiyat manbasiga aylandi va harbiy toʻqnashuvlar ehtimolini yuzaga keltira boshladi. Va koʻp oʻtmay bu qarama qarshilik keng koʻlamli urushga aylanib ketdi[9]

1866 yil 17 iyunda Avstriya Prussiyaga, 20-iyunda Italiya Avstriyaga, 21-iyunda Prussiya Avstriyaga urush eʼlon qildi. Avstriya tomonida Germaniya Konfederatsiyasining 12 ta shtatlari, jumladan, Bavariya, Vyurtemberg, Baden, Saksoniya, Gannover kabi nisbatan yirik davlatlar jang qildi. Prussiya oʻz bayrogʻi ostida Shimoliy Germaniyaning 17 ta kichik davlatini birlashtirdi.[10]

1864 yildagidek, Bismark urushning haqiqiy meʼmori edi. Biroq, yangi urush uning uchun Daniya bilan toʻqnashuvdan koʻra xavfliroq edi, chunki uning natijasini hech qanday tarzda oldindan aytib boʻlmasdi. Bismark nimaga kirishayotganini tushunardi va hamma narsa uchun javobgarlikni olishga tayyor edi. Hayot-mamot masalasi nafaqat uning olib borayotgan siyosati, balki shaxsan uning  keyingi taqdiri uchun ham hal qilinardi. Natijada 1866 yil 8 aprelda Italiya bilan ittifoq shartnomasi imzolanishi bilan Prussiyaning urushga diplomatik tayyorgarligi yakunlandi.

 
Prussiya va Avstriya urushi

Prussiya qoʻshinlarini Golshteynga koʻchirish va Germaniya shtatlariga 10 iyun kuni Germaniya Konfederatsiyasini isloh qilish loyihasini joʻnatib, Avstriyani undan chiqarib tashlashni nazarda tutgan Bismark qurolli toʻqnashuvni yuzaga keltirdi. 14 — iyunda Avstriyaning taklifi bilan koʻpchilik kichik nemis davlatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Germaniya Konfederatsiyasi Seymi Prussiyaga qarshi ittifoqchi armiyani safarbar qilishga qaror qildi. Avstriya tomonidan rasmiy urush eʼlon qilinishi 17 iyunda, prussiyaliklar 16 iyunda Gannover, Gessen va Saksoniyaga bostirib kirishganidan keyin boʻlib oʻtdi. Bir qator Germaniya davlatlari (Bavariya, Saksoniya va boshqalar) Avstriya tomonini oldilar, lekin unga amaliy yordam bera olmadilar. Avstriya Italiya frontiga katta kuch ajratishga majbur boʻlganligi sababli (urush boshlanishiga qariyb 80 ming kishi) prussiyaliklar Bogemiya urushida oz sonli ustunlikka ega boʻlishdi (Avstriyaning Shimoliy armiyasi 261 ming, Prussiya armiyasi esa 278 ming kishi). Prussiya armiyasiga rasman qirol Vilgelm I boshchilik qilgan boʻlsa-da, amalda esa bu operatsiyalarga general X.Moltke rahbarlik qilgan. Avstriyaning Shimoliy armiyasiga general L.Benedek qo‘mondonlik qildi.

1866 yil 3-iyulda Sadov — Koniggrits hududida hal qiluvchi jang boʻlib oʻtdi, unda 221 ming prussiyalik va 215 ming avstriyalik askar ishtirok etdi. Prusslar avstriyaliklarni tartibsiz chekinishga majbur qildilar. Oʻldirilgan, yaralangan va asirga olingan avstriyaliklarning yoʻqotishlari 44 ming kishini tashkil etdi — bu prussiyaliklarga qaraganda deyarli 5 baravar koʻp edi.  26 iyulda Nikolsburgda dastlabki tinchlik, 23 avgustda Pragada tinchlik shartnomasi imzolandi[11].

Avstriya-Prussiya urushining eng muhim natijasi Avstriyani Germaniya ishlaridan butunlay chiqarib tashlash, Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasini tuzish, Shlezvig-Golshteynni qoʻshib olish va Prussiyaning Shimoliy Germaniya davlatlariga hal qiluvchi taʼsirini taʼminlash boʻldi. Prussiyaga uchta shtat — Gannover, Gessen-Kastel, Nassau, shuningdek, erkin Frankfurt shahrida Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi nomi ostida  Markaziy Yevropada yangi davlat vujudga keldi.





Manbalar tahrir

  1. Martin Kitchen. The Cambridge Illustrated History of Germany:-Cambridge University Press 1996 ISBN 0-521-45341-0
  2. Yerusalimskiy A.S. „Bismark. Diplomatiya i militarizm“. — M.: Izdatelstvo, 1968. — St. 24
  3. Bismark. „Misli i vospominaniya“, v 3t. — M.: OGIZ, 1940. 1 tom St. 58
  4. Steinberg, 2011, p. 147
  5. Edward Crankshaw, Bismarck (1981) pp 97-105.
  6. Steinberg, 2011, pp. 6.
  7. Chikalov R.A. „Novaya istoriya stran Yevropi i Severnoy Ameriki (1815 — 1918)“: uchebnik, — Minsk:, 2009. — St. 249
  8. Bismark. „Misli i vospominaniya“, v 3t. — M.: OGIZ, 1940. 2 tom St. 18-19
  9. Chikalov R.A. „Novaya istoriya stran Yevropi i Severnoy Ameriki (1815 — 1918)“: uchebnik, — Minsk:, 2009. — St. 249-250
  10. Chubinskiy-Nadejdin V.V. „Bismark. Politicheskaya biografiya“ — M.: Misl, 1988 — St.206
  11. Shneerson L.M. „Avstro-prusskaya voyna 1866 g. i diplomatiya velikix evropeyskix derjav“. — Minsk: , 1962. — St 253

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil