"Temiryoʻlinfratuzilma" AJ – „Temiryoʻlinfratuzilma“ aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-329-sonli „Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Qarori[2]ga muvofiq, „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ boshqaruvi raisining 2023-yil 10-noyabrdagi 900-N-sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan.[3]

"Temiryo'linfratuzilma" AJ[1]
Egasi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ
Qachon asos solingan 2023
Hududiy xizmati Oʻzbekiston Respublikasi
Boshqaruv raisi Norqabilov Sirojiddin Anvarovich
Ishchilar soni 36378
Vebsayti Railwayinfra.uz
Til(lar)i Oʻzbek tili, Rus tili, Ingliz tili

Jamiyat faoliyati

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“gi Qonuni[4]ga muvofiq, Jamiyatning huquqiy holati Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti hisoblanadi. Jamiyat xalqaro va aralash yoʻnalishlarda yoʻlovchilar va yuklar tashishni tashkil etishda chet el temir yoʻl maʼmuriyatlari bilan munosabatlarda „Temiryoʻlinfratuzilma“ deb nomlangan yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi.

Jamiyat temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilash va saqlash boʻyicha quyidagi xoʻjaliklar mavjud:
Aloqa xoʻjaligi;
Yoʻl xoʻjaligi;
Elektr taʼminot xoʻjaligi;
Lokomotiv xoʻjaligi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir