UlugʻnorAndijon viloyatidagi tuman. 1973-yil 26-dekabrda tashkil etilgan. Shimoldan Baliqchi, janubi-sharqdan Boʻz, gʻarb va shimoli-gʻarbdan Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq tumanlari, janubdan Fargʻona viloyati bilan chegaradosh. Tuman markazi — Oqoltin qishlogʻi.