Mingbuloq tumani–(1994-yilgacha Zadaryo tumani) – Namangan viloyatidagi tuman. Markazi Jomashoʻy shaharchasi. Ushbu tuman 1952-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Fargʻonaning qoʻriq va boʻz yerlarida. Shimolidan viloyatning Chust va Toʻraqorgʻon, Shimoli-sharqdan Namangan, shimoli-gʻarbdan Pop tumanlari, janubi-sharqdan Andijon viloyatining Ulugʻnor, janubiy va janubi-gʻarbdan Fargʻona viloyati tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,74 ming km². Aholisi 121,7 ming kishi (2023). Tumanda 1 shaharcha (Jomashoʻy), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Boʻston, Gulbogʻ, Goʻrtepa, Dovduq, Oltinkoʻl, Mehnatobod, Momoxon) bor. Tuman markazi Jomashuy shaharchasi.