Termik kuyish — odam tanasiga yuqori haroratli moddalar (bugʻ, kondensat, qaynoq suv, gaz)larning tushishi, shuningdek, odam tanasining issiq, izolyatsiyalanmagan yuzalarga teginishi natijasida sodir bo'ladi.

Termik kuyishlarda tananing kiyimdan xoli qismini spirt yoki marganes-kaliy eritmasi bilan artish kerak. Pufakchalarni shishlarni yorib tashlash mumkin emas. Darhol tibbiyot punktiga murojaat etish lozim. Kiyim yonayotgan boʻlsa, yonayotgan shaxs tartibsiz yugurmasligi uchun zudlik bilan uni oʻchirish chorasini koʻrish kerak. Chunki bu alangani kuchaytiradi. Yonayotgan shaxsni tezlik bilan yonayotgan tarafini yuqoriga qilib polga yotqizish va ustidan junli qalin material bilan yopib havodan toʻsish, bundan keyin esa, ehtiyotkorlik bilan kuygan joylardagi kiyim qismlarini qirqib olish va yechish kerak. Bunda pufakchalarni yorilishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. Kuyish joylarini spirt bilan artish va tibbiyot punktiga murojaat etish yoki tez yordam chaqirish lozim.