Termomagnit hodisalar – temperatura gradiyenti mavjud boʻlgan oʻtkazgich va yarimoʻtkazgichlarni magnit maydoniga kiritilganda hosil boʻladigan hodisalar. Bunda magnit maydoni elektron (kovak)lar harakatini oʻzgartirishi natijasida oʻtkazgich uchlarida elektr potensiallar va qoʻshimcha tralar farqi vujudga keladi. Magnit maydoni kuchlanganligi, temperatura gradiyenti, issiklik oqimining zichligi va bu hodisa oʻlchanadigan yoʻnalishga parallel vektorlarning oʻzaro vaziyatiga qarab, Termomagnit hodisalar har xil boʻladi. temperatura gradiyentiga perpendikulyar yoʻnalishda oʻlchanayotgan Termomagnit hodisalar koʻndalang, parallel yoʻnalishda oʻlchanayotgani esa boʻylama Termomagnit hodisalar deb ataladi.