Terrence Anthony Boyd (talaffuzi: Terrens Entoni Boyd) — 1991-yil 16-fevralda Germaniyaning Bremen shahrida tugʻilgan. „Kaiserslautern“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Terrence Boyd
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Terrence Anthony Boyd
Tavallud sanasi 16-fevral 1991-yil (1991-02-16) (33 yosh)
Tavallud joyi Bremen, Germaniya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1. FC Kaiserslautern
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1. FC Burg
TSV Lesum-Burgdamm
SC Weyhe
LTS Bremerhaven
FC Bremerhaven
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Hertha BSC II 44 (15)
2011—2012 Borussia Dortmund II 32 (20)
2012—2014 SK Rapid Wien|Rapid Wien 59 (28)
2014—2017 RB Leipzig 7 (2)
2016 RB Leipzig II 9 (5)
2017—2019 SV Darmstadt 98|Darmstadt 98 42 (5)
2019 Toronto FC 11 (0)
2019—2022 Hallescher FC 85 (39)
2022- 1. FC Kaiserslautern 20 (12)
Milliy terma jamoa
2011 AQSh U 20 2 (1)
2012 AQh U 23 2 (2)
2012—2016 AQSh 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-sentabr 2022-yil uchun)

Biografiyasi tahrir

Terrence Boydning otasi amerikalik askar boʻlgan va uning onasi nemis millatiga mansub hisoblangan. Uning tugʻilishidan koʻp oʻtmay, oila AQShning New York shtatidagi Kvins shahriga koʻchib oʻtdi. Ota-onasi ajrashgandan soʻng, Terrence Boyd onasi bilan Germaniyaga qaytib keldi va u yerda ikkinchi marta turmushga chiqdi. Futbolchining fikriga koʻra, Terrence Boyd erishgan barcha narsalarida otasini hissasi bor deb hisonblaydi[1].

Shuningdek, Terrence Boyd oʻz faoliyatini „Hertha“ Berlinning ikkinchi jamoasida boshlagan. Shartnoma muddati tugagach, u Dortmundning „Borussiya“ jamoasining ikkinchi tarkib jamoasiga oʻtdi. Hamda, 2012-yil 11-iyulda Terrence Boyd „Rapid Austria“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[2]. 21-iyul kuni „Wacker“ga qarshi oʻyinda Terrence Boyd Avstriya Bundesligasida debyut qildi. Xuddi shu oʻyinda u ikkita gol urdi, bu oʻzining professional faoliyatidagi va klub uchun birinchi boʻldi[3][4]. Terrence Boyd uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2012—2013-yilgi mavsumda Yevropa Ligasining toʻqqizta uchrashuvida Terrence Boyd „Rosenborg“, „PAOK“ va „Vojvodina“ darvozalariga uchta gol urgan[5][6]. 2013—2014-yilgi Yevropa ligasi guruh bosqichining soʻnggi turida Terrence Boyd Kievning „Dinamo“ klubiga gol urdi, ammo yakunda „Rapid“ 3:1 hisobida magʻlub boʻldi va turnirdan chetlatildi[7].

Torontoni tark etgach, Terrence Boyd Germaniyaga qaytib, Liga uchinchi klubi „Hallescher“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[8][9]. U „Gallescher“ uchun debyutini 2019-yil 3-avgust kuni „Chemnitzer“ qarshi oʻyinda oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi[10]. 19-avgust kuni „Bavariya II“ga qarshi oʻyinda u Hallescher uchun birinchi golini urdi[11].

Xalqaro karyerasi tahrir

Terrence Boyd milliy yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2012-yil 29-fevralda Italiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Terrence Boyd AQSH terma jamoasida Jozi Altidor oʻrniga maydonga tushdi[12]. 16-avgust kuni Meksikaga qarshi oʻyinda Terrence Boyd Maykl Orozkoga golli uzatmani amalga oshirdi va u oʻyindagi yagona golga mualliflik qildi[13].




Statistikasi tahrir

Jamoa   Mavsum Liga Kubok Kontinental Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hertha BSC II 2008-2009 8 2 8 2
2009-2010 4 0 4 0
2010-2011 32 13 32 13
Jami 44 15 44 15
Borussia Dortmund 2011-2012 0 0 0 0 0 0 0 0
Borussia Dortmund II 2011-2012 32 20 32 20
Rapid Wien 2012-2013 30 13 3 1 9 3 42 17
2013-2014 29 15 1 0 8 5 38 20
Jami 59 28 4 1 17 8 80 37
RB Leipzig 2014-2015 7 2 1 1 8 3
2015-2016 0 0 0 0 0 0
2016-2017 0 0 0 0 0 0
Jami 7 2 1 1 8 3
RB Leipzig II 2016-2017 9 5 9 5
Darmstadt 98 2016-2017 7 1 0 0 7 1
2017-2018 24 4 0 0 24 4
2018-2019 11 0 2 0 13 0
Jami 42 5 2 0 44 5
Toronto FC 2019 11 0 0 0 2 0 13 0
Hallescher FC 2019-2020 33 14 1 0 34 14
2020-2021 35 18 0 0 13 18
2021-2022 17 7 0 0 17 7
Jami 85 39 1 0 86 39
1. FC Kaiserslautern 2021-2022 13 9 1 0 14 9
2022-2023 7 3 1 0 8 3
Jami 20 12 2 0 22 12
Umumiy karyerasida 296 117 9 2 19 8 324 127

Manbalar tahrir

  1. Jeff Carlisle. „Terrence Boyd's painful decision“ (inglizcha). ESPN FC (6-sentabr 2012-yil). 2013-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2012-yil.
  2. Greg Seltzer. „American Exports: Rapid Vienna ink Boyd to 3-year deal“ (inglizcha). MLSsoccer.com (11-iyun 2012-yil). 2013-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2012-yil.
  3. „Рапид Вена VS. Вакер 4:0“ (inglizcha). soccerway.com (21-iyul 2012-yil). 14-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
  4. „Рапид Вена VS. Войводина 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (9-avgust 2012-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
  5. „Русенборг VS. Рапид Вена 3:2“ (inglizcha). soccerway.com (22-noyabr 2012-yil). 12-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
  6. „Рапид Вена VS. Вакер 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (30-avgust 2012-yil). 30-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
  7. „Динамо — Рапид“. 5-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2014-yil.
  8. „Zurück in der Heimat“ (olmoncha). Hallescher FC (2019-yil 29-iyul). 21-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.
  9. „Boyd returns to Germany after Toronto FC release“ (inglizcha). ESPN (29-iyul 2019-yil). 21-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.
  10. „Maximale Ausbeute“ (olmoncha). Hallescher FC (2019-yil 3-avgust). Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.
  11. „Fahrlässige Niederlage“ (olmoncha). Hallescher FC (2019-yil 19-avgust). 23-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.
  12. „U.S. MNT Garners First Victory Against Four-Time World Cup Champion Italy on Wednesday“ (inglizcha). U.S. Soccer (29-fevral 2012-yil). 2012-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2012-yil.
  13. „Мексика VS. США 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (16-avgust 2012-yil). 16-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.