Tesey kemasi

obyektning tarkibiy qismlari almashtirilib borilgan taqdirda uning asliyati saqlanib qolish yoki qolmasligi haqidagi faraz

Tesey kemasi (yoki Tesey paradoksi) bu biror obyektning tarkibiy qismlari almashtirilgan taqdirda uning asliyati saqlanib qolish yoki qolmasligi haqidagi farazdir. Rivoyatga koʻra, Afinaning afsonaviy yunon qiroli Tesey maxluq minotavrni oʻldirgandan soʻng, Afina aholisini qirol Minosdan qutqaradi va kemada Delosga qochib ketadi. Qadimgi afinaliklar ushbu afsonanni Delosga koʻchish paytida iloh Apollonni sharaflagan holda oʻzlari bilan olib borishgan.

Kritdan qochib ketayotgan Tesey va Ariadna tasvirlangan Pompeydagi freska. Plutarxning soʻzlariga koʻra, afinaliklar Tesey qochib ketgan kemani parchalanib ketgan qismlarini birma-bir almashtirib, saqlab qolishgan.

Qadimgi faylasuflarda bir savol tugʻiladi: Bir necha asrlik texnik xizmatlardan soʻng, Tesey kemasining har bir qismi birma-bir almashtirilgan boʻlsa, u hali ham oʻsha kema boʻlib qoladimi?

Zamonaviy falsafada ushbu mantiqiy faraz vaqt oʻtishi bilan shaxsiyatni falsafiy oʻrganish uchun qoʻllanila boshlanadi hamda zamonaviy ong falsafasida shaxsiy o'ziga xoslikning barqarorligi bilan bogʻliq turli xil taklif qilingan yechimlardan biri boʻlib xizmat qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Wasserman 2009.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir