Tessa Virtue
Tessa Virtue (talaffuzi: Tessa Vertyu; 1989-yil 17-mayda tugʻilgan) — kanadalik sobiq figurali uchuvchi. Muz raqsi boʻyicha sherigi Scott Moir bilan birga 2010 va 2018-yilgi qishki Olimpiada chempioni, 2014-yilgi Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindori, uch karra jahon chempioni (2010, 2012, 2017), uch karra Toʻrt qitʼa chempioni (2008, 2012, 2020), 2016-17-yilgi Gran-pri final chempioni, sakkiz karra Kanada milliy chempioni (2008-2010, 2012-2014, 2017-2018), 2006-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va 2006-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prining oltin medali sovrindori. Virtue va Moir 2018-yilgi Olimpiada oʻyinlarining umumjamoa hisobidagi oltin medali va 2014-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindorlaridir. Uchinchi Olimpiya oltin medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, ular Kanadada barcha davrlarning eng koʻp mukofotlangan muz raqsi jamoasi va barcha davrlarning eng koʻp mukofotlangan Olimpiya figurali uchuvchilari boʻlishdi. Barcha davrlarning eng buyuk muz raqs jamoalaridan biri sifatida keng eʼtirof etilgan[1][2][3][4]. Ular tarixda Super Slamga erishgan yagona muz raqqoslaridir. Virtue va Moir hozirda original raqs boʻyicha jahon rekordchilaridir.
Tessa Virtue | |
---|---|
2018-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Tessa Jane McCormick Virtue |
Davlat | Kanada |
Tavalludi |
17-may 1989-yil Ontario, Kanada |
Yashash joyi |
|
Boʻyi | 1.65 m (5 ft 5 in) |
Sherigi | Scott Moir |
Oldingi murabbiylari |
|
Oldingi xoreograflari |
|
Oldingi jamoalari | Monreal xalqaro muz ustida raqs maktabi |
Mashgʻulot oʻtkazgan joylari | |
Uchishni boshlagan | 1994 |
Yakunlagan | 17.09.2019 |
Jahon reytingida | |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) |
206.07 2018-yilgi qishki |
Qisqa raqs |
83.67 2018-yilgi qishki |
Erkin raqs |
122.40 2018-yilgi qishki |
Virtue va Moir tomonidan erishilgan jahon rekordlari
tahrirVirtu va Moir oʻz faoliyati davomida 20 ta jahon rekordini qoʻlga kiritishgan. Ularning barchasiga eski +3/-3 GOE baholash tizimida, bitta original raqsda, sakkizta qisqa raqsda, toʻrtta erkin raqsda va yettita umumiy ballda erishildi.
- OD – Original raqs
- SD – Qisqa raqs
- FD – Erkin raqs
# | Sana | Ochko | Seg. | Musobaqa |
---|---|---|---|---|
1 | 2010-yil 25-mart | 70.27 | OD | 2010-yilgi jahon chempionati |
2 | 2011-yil 17-fevral | 69.40 | SD | 2011-yil Toʻrt qitʼa chempionati |
3 | 2011-yil 29-aprel | 74.29 | SD | 2011-yilgi jahon chempionati |
4 | 2011-yil 30-aprel | 107.50 | FD | |
5 | 2011-yil 30-aprel | 181,79 | Jami | |
6 | 2011-yil 11-dekabr | 112.33 | FD | 2011-12 Gran-pri finali |
7 | 2013-yil 6-dekabr | 77,59 | SD | 2013-14 Gran-pri finali |
8 | 2013-yil 7-dekabr | 190.00 | Jami | |
9 | 2014-yil 17-fevral | 114.66 | FD | 2014-yil Qishki Olimpiya oʻyinlari |
10 | 2016-yil 26-noyabr | 79.47 | SD | 2016-yil NHK kubogi |
11 | 2016-yil 27-noyabr | 195.84 | Jami | |
12 | 2016-yil 9-dekabr | 80.50 | SD | 2016-17-yil Gran-pri finali |
13 | 2016-yil 10-dekabr | 197.22 | Jami | |
14 | 2017-yil 31-mart | 82.43 | SD | 2017-yilgi jahon chempionati |
15 | 2017-yil 1-aprel | 198.62 | Jami | |
16 | 2017-yil 27-oktyabr | 82.68 | SD | 2017-yilgi Skate Canada International |
17 | 2017-yil 28-oktyabr | 199.86 | Jami | |
18 | 2018-yil 19-fevral | 83.67 | SD | 2018-yil Qishki Olimpiya oʻyinlari |
19 | 2018-yil 20-fevral | 122.40 | FD | |
20 | 2018-yil 20-fevral | 206.07 | Jami |
Manbalar
tahrir- ↑ Rutherford. „New-look Virtue, Moir redefine ice dance greatness“. U.S. Figure Skating (2018-yil 25-aprel). 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-may.
- ↑ „Virtue and Moir rival Torvill and Dean as ice dancing's greatest“. Eurosport (2018-yil 20-fevral). Qaraldi: 2018-yil 23-may.
- ↑ „There will never be another Virtue and Moir“. CBC Sports (2018-yil 21-fevral). Qaraldi: 2018-yil 23-may.
- ↑ Samuels, Robert. „After wardrobe malfunction, Canadian and French rivals face off for ice dancing gold“. Washington Post (2018-yil 19-fevral).
- ↑ „Progression Of Highest Scores“. www.isuresults.com. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
- ↑ „Progression Of Highest Scores“. www.isuresults.com. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
- ↑ „Progression Of Highest Scores“. www.isuresults.com. Qaraldi: 2018-yil 24-mart.