Tetcher effekti
Tetcher effekti yoki Tetcher illyuziyasi – bu inson yuzidagi oʻzgarishlar teskari qilinganda oʻzgarishlarni aniqlash qiyin boʻlgan holatdir. Vaholanki, yuzning odatiy holatida bu oʻzgarishlar darhol seziladi. Mazkur effekt Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher sharafiga qoʻyilgan. Effekt Buyuk Britaniya Bosh vaziri Margaret Tetcher sharafiga nomlangan boʻlib bunin bosi, uning suratida illyuziya birinchi marta namoyish etilgan edi. Effekt 1980-yilda York universiteti professori Piter Tompson tomonidan aniqlangan.
Batafsil
tahrirEffekt teskari oʻzgartirilgan ikkita bir xil fotosurat bilan koʻrsatiladi. Ikkinchi surʻatda yuz va ogʻizni vertikal boʻyicha aylantiriladi. Ikkinchi rasm koʻzlar va ogʻizlarni yana bir marta vertikal ravishda aylantirish orqali oʻzgartiriladi – ularni tomoshabinga nisbatan normal holatiga qaytaradi. Kiritilgan oʻzgarishlar butun tasvir normal holatga qaytmaguncha darhol sezilmaydi. Oʻzgartirilgan rasm normal holatga qaytarilganda vahimani chaqiradi.
Tetcher effekti, birinchi navbatda, yuzlarning normal vertikal pozitsiyalariga moslashtirilgan yuzlarni idrok etishda ishtirok etadigan baʼzi psixologik kognitiv modullar bilan bogʻliq deb hisoblaniladi. Yuzlar bir-biriga oʻxshashiga qaramasdan unikaldek tuyuladi. Inson miyasida ham konfiguratsiyaga (individual yuz xususiyatlari oʻrtasidagi tarkibiy munosabatlar), ham koʻz, burun va ogʻiz kabi individual yuz xususiyatlarining tafsilotlariga bogʻliq boʻlgan yuzlarni farqlash uchun maʼlum jarayonlar sodir boʻlishi borasida gipoteza ilgari surilgan.
Rezus-makakalar shuningdek shimpanzelar ham Tetcher effektini boshdan kechirishi mumkinligi haqida dalillar mavjud. Mazkur fakt yuzlarni qayta ishlash bilan bogʻliq baʼzi miya mexanizmlari 30 million yil oldin umumiy ajdodda paydo boʻlgan boʻlishi ehtimolini oshiradi.
Yuzni idrok qilish bilan bogʻliq Tetcher effektining asosiy prinsiplari biologik harakatlarga ham qoʻllanadi. Alohida nuqtalarning lokal inversiyasi murakkab, baʼzi holatlarda esa barcha figura invertir boʻlganda tanib olish deyarli imkonsiz.
Keyingi tadqiqotlar
tahrirTetcher illyuziyasi yuzni tanib olish psixologiyasini ochishda foydali boʻlib chiqdi. Odatda, Tetcher illyuziyasidan foydalangan holda eksperimentlar mos kelmaydigan elementlarni normal yoki teskari holatda koʻrish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻlchashni oʻz ichiga oladi. Bunday chora-tadbirlar yuzlarning butun tasvirlarini qayta ishlash xarakterini aniqlash uchun ishlatilgan.
Turli burchaklarda aylantirilgan tasvirlarni koʻrsatish orqali tadqiqotchilar illyuziya asta-sekin yoki toʻsatdan paydo boʻlganini oʻrganishdi. Tetcher illyuziyasini kuzatish barcha sinaluvchilar guruhlarida aniqlangan. Bolalar kattalar bilan bir qatorda illyuziyani kuzatadilar, shu jumladan autizmli bolalar va hatto prosopagnoziya bilan ogʻrigan odamlar ham.
Eslatmalar
tahrirHavolalar
tahrir- Demonstratsiya illyuziy Tetcher // Kaliforniyskiy universitet v Riversayde.(ingl.)
- Open University: Демонстрация иллюзий Тэтчер YouTubeda(ingl.)
- Statya ob illyuzii Tetcher // Bi-bi-si.(ingl.)