The Amulet of Samarkand – oʻsmirlar uchun moʻljallangan, muqobil tarix, fantastika va sehr-jodu mavzularini qamrab olgan roman. U ingliz yozuvchisi Jonathan Stroud qalamiga mansub „Bartimaeus Sequence“ romanlar trilogiyasining birinchi kitobi. Asarning birinchi nashri (yumshoq muqovali) 2003-yil sentyabr oyida Buyuk Britaniyaning „Doubleday“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Kitob Angliyaning London shahrida joylashgan sehrli distopiyadagi hokimiyat uchun kurashlar haqida bo‘lib, zamonaviy va qadimiy, dunyoviy hamda mifologik mavzular birlashmasidan iborat. Kitob Markaziy Osiyodagi qadimiy Samarqand shahrida yaratilgan sehrli artefakt nomi bilan atalgan bo‘lib, uning atrofida hikoya yuritiladi.

The Amulet of Samarkand
Asl nomi The Bartimaeus Trilogy: The Amulet of Samarkand
Muallif(lar) Jonathan Stroud
Mamlakat Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Janr(lar)i Fantastik roman
Nashr etilgan sanasi 2003-yil 30-sentyabr
ISBN 0-7868-1859-X

Mazmuni

tahrir

Sehrgarlar hukmron sinfi oddiy xalqni boshqaradigan va Britaniya imperiyasi sehr-jodu nazorati orqali dunyoda hukmronlik qiladigan Londonda, besh yoshli Nataniel Ichki ishlar vaziri, sehrgar Artur Arthur Underwoodning shogirdi bo‘lib ishni boshlaydi.

O‘n yoshida Nataniel uning iste’dodlarini mensimagan va uni tahqirlagan qudratli Simon Lovelace ham ishtirok etga sehrgarlar yig‘iniga taklif etiladi. Underwoodga nisbatan nafrati tufayli Nataniel undan qasos olishni rejalashtiradi. Qahramon Lovelace sehrli ko‘zgu orqali Samarqand amuletini qabul qilib olayotganini ko'radi. Simon esa amuletni hukumatni qo‘lga olish maqsadida ishlatishni reja qilgan edi.

O‘n ikki yoshga to‘lganidan bir necha kun o‘tgach, Nataniel jin Bartimaeusni amuletni o‘g‘irlashda ayblaydi. Lovelacedan josuslik qilish buyrug‘ini olgan Bartimaeus sehrgar Sholto Pinnning do‘koniga boradi. U amulet hukumat himoyasida bo‘lganini bilib oladi. Bartimaeus qo'lga olinadi va u London minorasidagi zindonga yuboriladi. Underwood Natanielning chaqiriq anjomlarini musodara qiladi va Bartimaeusni so‘roq qilish uchun minoraga chaqiriladi.

Minorada Pinn va Xavfsizlik vaziri Jessica Whitwell tomonidan o'tkazilgan so‘roq muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Bartimaeus qochib ketadi va Lovelaceni beixtiyor Underwood uyiga olib boradi. Lovelace Underwoodga tahdid qiladi va uning xonasida amuletni topib oladi. Nataniel amuletni o'g'rlaganini tan oladi, lekin uning xo'jayini Lovelaceni ustozining o'rniga bolani o‘ldirishga undaydi. Lovelace uyni vayron qiladi; Underwoods halok bo‘ladi, ammo Bartimaeus Natanielni qutqarib qoladi.

Mukofotlar

tahrir

The Amulet of Samarkand kitobi quyidagi mukofotlarga sazovor bo'lgan:

  • Booklist starred review (2003)[1]
  • American Library Association (ALA) Notable Book (2004)[2]
  • Oʻsmirlar tanlovidagi Top 10 kitob (2004)[3]
  • Bank Street Best Book of the Year (2004)[manba kerak]
  • Booklist Top 10 Fantasy Book for Youth (2004)[manba kerak]
  • Boston Globe–Horn Book Award Honor Book (2004)[4]
  • Locus Award for Young Adult Fiction Nominee (2004)[5]
  • Selected Audiobooks for Young Adults (2004)[6]
  • Nevada Young Readers' Award (YA) Nominee (2005)[7]
  • Deutscher Jugendliteraturpreis for Jugendbuch Nominee (2005)[8]
  • Evergreen Teen Book Award Nominee (2006)[9]
  • Georgia Peach Book Award for Teen Readers Nominee (2006)[10]
  • Indian Paintbrush Book Award (Grades 4–6) Nominee (2007)[11]

Manbalar

tahrir
  1. „The Amulet of Samarkand“. Booklist. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  2. „2004 Notable Children's Books“ (en). Association for Library Service to Children (ALSC) (1999-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  3. „Best Books for Young Adults Top Ten List“ (en). Young Adult Library Services Association (YALSA) (2007-yil 30-iyul). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  4. „Jonathan Stroud's 2004 Boston Globe-Horn Book Honor Book acceptance speech“. The Horn Book Inc. (2004-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  5. „Jonathan Stroud“. SFADB (2024-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  6. „The Amulet of Samarkand | Awards & Grants“. American Library Association (2010-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  7. „2005 Nevada Young Readers' Award“. FictionDB (2024-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  8. „The Amulet of Samarkand (Bartimaeus, #1)“. Goodreads. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  9. „2006 Winner - Eragon by Christopher Paolini“. Evergreen Teen Book Awards (2024-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.[sayt ishlamaydi]
  10. „2006 Georgia Peach Book Award for Teen Readers“. FictionDB (2024-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  11. „Indian Paintbrush Book Award (Grades 4-6)“. Wyoming Library Association (2024-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.