The Final Countdown

Europe guruhi qoʻshigʻi (1986)

The Final Countdown“ (tarjimasi „Yakuniy sanash“) — „Europe“ shved rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1986-yil chiqarilgan. Qoʻshiqni guruh solisti Joey Tempest yozgan. Tempest qoʻshiq matnini David Bowie ijro etgan „Space Oddity“ qoʻshigʻidan ilhomlanib yozgan. Tarona guruhning ayni nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Dastlab guruh aʼzolari taronani faqat konsertlarda ijro etishni rejalashtirigan. Ammo „Eric Records“ shirkati taklifi bilan qoʻshiq „The Final Countdown“ albomining birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan.

„The Final Countdown“
Europe qoʻshigʻi
„The Final Countdown“ albomidan
B tomon „On Broken Wings“
Chiqarilgan sanasi

14-fevral 1986-yil

  • 1986-yil oktyabr (Buyuk Britaniya)
Janr
Davomiyligi
Leybl Epic
Matn muallif(lar)i Joey Tempest
Prodyuser(lar) Kevin Elson
Europe singllari xronologiyasi
„Rock the Night“
(1985)
The Final Countdown
(1986)
„Love Chaser“
(1986)
Klipi
„The Final Countdown“ YouTubeda

Qoʻshiq uchun rejissyor Nick Morris klip suratga olgan. 2009-yilning oktyabrida YouTubega yuklangan klip 1 milliard martadan oshiq koʻrilgan. Klip guruh Solna munitsipalitetida bergan ikki konsert davomida olingan lavhalardan hamda Stokgolmda yozib olingan qoʻshimcha kadrlardan iborat.

„The Final Countdown“ eʼlon qilishi bilan xitga aylangan. Qoʻshiq 25 mamlakat, jumladan, Buyuk Britaniya xit-paradida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. AQShning „Billboard Hot 100“ xit-paradida esa sakkizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Avstraliyada ikkinchi, Kanadada beshinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq buguni kunda ham sport musobaqalarida keng qoʻllanadi. Taronaning global muvaffaqiyatiga qaramay, ayrim tanqidchilar uni salbiy baholagan. „Blender“ jurnali „The Final Countdown“ taronasini eng yomon qoʻshiqlar roʻyxatiga kiritgan.

Qoʻshiq Tempest 1980-yillar boshida oʻylab topgan ohang asosida yozilgan. 1985-yil bas-gitarachi John Levén Tempestga ohang asosida toʻlaqonli qoʻshiq bastalashni taklif qilgan. Buning ortidan Tempest qoʻshiqning demo versiyasini yozib, guruhdoshlariga eshittirgan. Gitarachi John Norum qoʻshiqni dastlab yoqtirmagan, ammo keyinchalik fikri oʻzgargan. Qoʻshiqning oʻziga xos ohangi Yamaha TX-816 hamda Roland JX-8P sintezatorlarida ijro etilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Burgess, Mick. „Review: Europe and Black Star Riders at the O2 Academy Newcastle“ (2015-yil 9-mart). Qaraldi: 2015-yil 26-aprel.
  2. Sleazegrinder. „The 20 Greatest Hair Metal Anthems of All Time“. Louder (2015-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 3-mart.
  3. Monger, James Christopher „Various Artists – 100 Hits: Total Rock“. AllMusic. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
  4. Winistorfer, Andrew „VH1's 100 Greatest Hard Rock Songs list only slightly less annoying than their hip-hop list“. Prefix Magazine (2009-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 1-fevral.

Havolalar

tahrir