The Kill“ (tarjimasi „qotillik“) (singlda va klipda „The Kill (Bury Me)“ deb nomlangan) — AQShda tuzilgan „Thirty Seconds to Mars“ guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2006-yilning 24-yanvarida guruhning „A Beautiful Lie“ nomli studiyaviy albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Tarona „Billboard Hot 100“ xit-paradida 65-pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona ayni nashrning „Zamonaviy rok treklar“ xit-paradida 3-pogʻonagacha koʻtarilgan hamda chartdan 52 hafta davomida chiqmagan.

„The Kill“
„Thirty Seconds to Mars“ qoʻshigʻi
„A Beautiful Lie“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 24-yanvar, 2006-yil(2006-01-24)
Janr
Davomiyligi 3:52
Leybl
Matn muallif(lar)i Jared Leto
Prodyuser(lar)
„Thirty Seconds to Mars“ singllari xronologiyasi
„Attack“
(2005)
The Kill
(2006)
„From Yesterday“
(2006)
Klipi
„The Kill“ YouTubeda

„The Kill“ qoʻshigʻining bir necha versiyasi mavjud. „Rebirth“, yaʼni „Qayta tugʻilish“ nomi bilan ataluvchi versiyasida guruhga orkestr joʻr boʻlgan. Shuningdek, mazkur versiyasida guruh solisti Jared Leto hayqirib kuylamagan. Bundan tashqari, taronaning braziliyalik xonanda Pitty bilan ijro etilgan akustik versiyasi ham bor.

Qoʻshiq uchun olingan klipga yozuvchi Stephen King qalamiga mansub „The Shining“ romani asosida rejissyor Stanley Kubrick 1980-yilda suratga olgan ayni nomli film asos boʻlgan. Mehmonxonada olingan sahnalar Kanadaning Ontario shahridagi „The Carlu“ majmuasida suratga olingan. „The Kill“ qoʻshigʻi eʼlon qilingan matbuot relizida Leto klipni Bartholomew Cubbins ismli shaxs suratga olganini eʼtirof etgan. Bu hazil boʻlgan, chunki Cubins Dr. Seuss qalamiga mansub „The 500 Hats of Bartholomew Cubbins“ kitobi qahramonidir. Lekin shunga qaramasdan, ayrim musiqa kanallari klipni namoyish etayotganda unga Cubbins rejissyorlik qilgan, deb yozgan. Leto guruh kliplarini oʻzi suratga olganda Bartholomew Cubbins taxallusidan foydalanishni odat qilgan. 2009-yil „Kerrang!“ jurnali qoʻshiq klipini eng yaxshi 100 rok-klip roʻyxatiga kiritgan[2].

Manbalar tahrir

  1. „No. 40: 30 Seconds to Mars 'The Kill' – Top 21st Century Hard Rock Songs“. Loudwire. Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr.
  2. Bandweblogs. „Kerrang! announces Greatest Rock 100 videos“ (2009-yil 25-iyun). 2012-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 30-iyun.

Havolalar tahrir