The Scarlet Letter

Nathaniel Hawthorne qalamiga mansub roman

The Scarlet Letter“ (tarjimasi „Alvon harf“[2]) — amerikalik yozuvchi Nathaniel Hawthorne qalamiga mansub roman. Ilk bor 1850-yil nashr etilgan[3]. Romandagi voqealar 1642–1649-yillar oraligʻida Massachusets koʻrfazi mustamlakasida sodir boʻladi. Unda nikohsiz farzand koʻrib, qilmishidan pushaymon boʻladigan Hester Prynne haqida hikoya qilinadi. Jazo oʻlaroq Prynne koʻkragida alvon „A“ harfini (inglizcha „adultery“, yaʼni „zino“ soʻzining birinchi harfi) taqib yurishga majbur boʻladi. Tarixiy va diniy mavzular bilan yoʻgʻrilgan roman nominizm, gunoh va ayb mavzularini qamrab oladi.

The Scarlet Letter

ilk nashrning sarlavhasi (1950)
Muallif(lar) Nathaniel Hawthorne
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Janr(lar)i romantik, tarixiy roman
Nashr etilgan sanasi 16-mart 1850-yil[1]
Nashriyot Ticknor, Reed & Fields

„The Scarlet Letter“ AQSHda keng omma oʻqishi uchun koʻp adadda bosilgan ilk kitoblarning biridir. Eʼlon qilinishi bilan ommalashgan roman Amerika adabiyotidagi klassik asarlardan biriga aylangan va eng sara AQSH romanlari roʻyxatlaridan oʻrin olgan[4]. „The Scarlet Letter“ asosida bir necha film suratga olingan, pyesalar sahnalashtirilgan. Tanqidchilar romanni shoh asar oʻlaroq baholab keladi[5]. Yozuvchi D. H. Lawrence romanni „Amerika tafakkurining mukammal ishi“ deya taʼriflagan[6].

Manbalar

tahrir
  1. On Saturday, March 16, Will Be Published, In One Volume, 16 mo, bound in cloth and paper, The Scarlet Letter, A Romance, By Nathaniel Hawthorne. Boston Evening Transcript (9-mart 1850-yil), s. 3.
  2. Muratova, E.; Umarova, M.; Maxmumoda, N. „Тили ўрганилаётган мамлакатлар адабиёти фан дастури“. Guliston davlat universiteti. Toshkent: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (2017). Qaraldi: 26-oktabr 2024-yil.
  3. „The 100 best novels: No 16 – The Scarlet Letter by Nathaniel Hawthorne (1850)“. The Guardian (6-yanvar 2014-yil).
  4. Delbanco, Nicholas. „Review: ‘The Dream of the Great American Novel’ by Lawrence Buell“ (21-fevral 2014-yil).
  5. Seabrook, Andrea. „Sinner, Victim, Object, Winner“. National Public Radio (NPR) (2-mart 2008-yil).
  6. Miller, Edwin Haviland. Salem is My Dwelling Place: A Life of Nathaniel Hawthorne. Iowa City: University of Iowa Press, 1991. ISBN 0-87745-332-2.