The Scout

amerikalik-irsoillik iqtisodchi Steven Plaut qalamiga mansub roman

„The Scout“ (tarjimasi „Razvedkachi“) — amerikalik iqtisodchi va professor Steven Plaut qalamiga mansub roman. 2002-yil Quddus shahrida „Gefen“ nashriyotida chop etilgan. Asar real voqealarga asoslangan boʻlib, unda muallifning saraton kasaliga chalinib shifoxonada ogʻir kasallikka chalingan Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) ismli badaviy bilan boshidan kechirganlari haqida hikoya qilinadi[1].

The Scout
Muallif(lar) Steven Plaut
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot „Gefen“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2002
Sahifalar soni 113
ISBN ISBN 965-229-289-3

„The Scout“ kitobida hodisalar qisqa-qisqa hikoyalar shaklida hikoya qilinadi. Vashington universiteti ingliz tili professori Alexander Edward romanga yozgan taqrizida kitobning eng ishonarli argumenti barcha oʻlim oldida teng ekanligidir deya taʼkidlagan[2].

Syujeti

tahrir

Steven Plaut (talaffuzi: Stiven Plaut) va badaviy izquvar Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) ogʻir kasallikka chalinadi va bir boʻlmada davolanadi. Har ikki qahramon oʻz hayotida sodir boʻlgan hodisalarni hikoya qilib beradi. Xususan, Saadi badaviylarning boy tarixi va urf-odatlari haqida soʻzlab beradi.

Asarda Islom va Yahudiylik dinlari hamda Isroilda yashovchi yahudiylar bilan badaviylar oʻrtasidagi munosabat koʻrib chiqiladi. Bundan tashqari, unda xalq ijodi misollari ham keltirilgan.

Qahramonlari

tahrir
  • Steven Plaut (talaffuzi: Stiven Plaut) – bosh qahramon, amerikalik-isroillik iqtisod professori
  • Salim Saadi (talaffuzi: Salim Saadiy) – badaviy razvedkachi

Manbalar

tahrir
  1. Plaut, Steven „Discriminating Statistics“ (inglizcha). The Israel National News (18-aprel 2007). Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
  2. Alexander, Edward (2002). „Scouting“. Judaism: A Quarterly Journal of Jewish Life and Thought (inglizcha). 51-jild, № 4. 507+-bet.

Havolalar

tahrir