The Settlers
The Settlers (nemischa: Die Siedler ) — bu Volker Wertich tomonidan yaratilgan shahar qurish va real vaqtda strategiya asoslangan videooʻyinlari seriyasidir. Asl oʻyin Commodore Amiga-da 1993-yilda chiqarilgan.Keyingi oʻyinlar esa asosan MS-DOS va Microsoft Windows — da chiqarilgan bular: The Settlers II (1996), The Settlers III (1998), The Settlers IV (2001), The Settlers:Heritage of Kings (2004), "The Settlers:Rise of an Empire" (2007) va "The Settlers 7: Paths to a Kingdom" (2010). Bundan tashqari, bir nechta spin-offlar mavjud. Blue Byte seriyadagi har bir oʻyinni ishlab chiqargan, shuningdek u, dastlabki uchta seryanini nashr etdi. The Settlers IV dan boshlab esa Ubisoft barcha seryalarnilarni nashr etib boshladi.
Asosiy seriyadagi sakkizinchi oʻyin "The Settlers: Kingdoms of Anteria " 2014-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan edi, biroq oʻyinning yopiq beta -versiyasi Ubisoft tomonidan salbiy fikr-mulohazalar tufayli toʻsatdan yopilganidan soʻng, oʻyin relizlar jadvalidan olib tashlandi. Oxir-oqibat, u qayta dasturlab 2016-yilda „Champions of Anteria“ sifatida chiqarilgan. The Settlers deb nomlangan franchayzingni qayta ishga tushirilishi 2019-yilga rejalashtirilgan edi, ammo keyinga qoldirildi va barcha oldindan buyurtmalar qaytarildi. 2022-yil yanvar oyida Ubisoft oʻyin mart oyida chiqarilishini eʼlon qildi. Lekin yana oʻyin keyinga qoldirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, har bir o'yin alohida hikoya bo'lib, seriyadagi boshqa o'yinlarga aloqasi yo'q (garchi ''Rise of an Empire'' o'yini ''Heritage of Kings'' -ning bilvosita davomi boʻlsa ham). Oʻyin nuqtai-nazaridan, har bir oʻyin oʻziga xos innovatsiyalarga ega boʻlsa-da, umuman olganda, ularning barchasi iqtisodiy tizimining simulyatsiyasi asosida qurilgan boʻlib, unda oʻyinchi ishlab chiqarishning turli zanjirlarini saqlab turishi kerak. Raqiblarini magʻlub etish va oldindan belgilangan maqsadlarga erishish uchun ularning harbiy kuchi va iqtisodiyotining mustahkamligiga zarar yetgazishi kerak. Baʼzi oʻyinlar shahar qurilishi va murakkab zanjirli iqtisodiy jarayonlarni oʻz ichiga oladi, boshqalari esa real vaqt strategiyasiga va turli xil harbiy kuchlarni qurishga qaratilgan. Umumiy oʻyin mexanikasiga resurslarni sotib olish, iqtisodiy mikro boshqaruv, yuqori turmush darajasini saqlab qolish, savdo va harbiy sanoat kiradi.
Tanqidiy jihatdan, oʻyinlarga munosabat turlicha boʻlgan:The Settlers II uchun maqtovlardan tortib, The Settlers DS uchun qoralashgacha. Seriya juda yaxshi sotildi, 2014-yil sentabr holatiga koʻra global sotuvlar 10 million donadan oshdi. Oʻyin ayniqsa Evropada yaxshi sotilgan. Oʻyinlar turli oʻyin mukofotlarida ham yaxshi natijalarga erishdi.Har yili beriladigan nemis dasturchilar innovatsion mukofotida „Eng yaxshi oʻyin“ naminatsiyasi boʻyicha ikkita mukofot bor.
Oʻyin haqida umumiy maʼlumot
tahrirThe Settlers asosiy elementlari shahar qurish va real vaqt strategiyasidir. Settlers ham, The Settlers II ham real vaqt strategiyasi elementlariga ega shahar quruvchi oʻyinlar boʻlib, oʻyin va oʻyin mexanikasiga oʻxshash.Dastlabki ikkita oʻyindan farqli oʻlaroq, The Settlers III va The Settlers IV oʻzlarining oldingilariga qaraganda jangga koʻproq eʼtibor qaratib, shahar qurish boʻyicha real vaqtda strategiya elementlarini birinchi oʻringa qoʻyishadi.The Settlers:Heritagae of Kings seryasi noyobdir, chunki u deyarli faqat real vaqt strategiyasi va jangga qaratilgan..Heritage of Kings muxlislardan salbiy munosabat bildirganidan soʻng, navbatdagi oʻyin, The Settlers: Rise of an Imperiya real vaqt strategiyasi orqali shahar qurishning asosiy yoʻnalishiga qaytdii.Bu keyingi oʻyinlarda yanada koʻproq koʻzga tashlanadi. The Settlers 7: Paths to a Kingdom oʻyini seriyadagi eng mashhur nomga aylandi
Dastlabki beshta oʻyinda har bir xaritada asosiy maqsad, umuman olganda, raqobatdosh hududlarni zabt etish uchun etarli darajada harbiy qismlarni ishlab chiqaradigan, kuchli iqtisodga ega boʻlgan aholi punktini qurishdir.Ushbu maqsadga erishish uchun oʻyinchi kuchli darajada iqtisodiy boshqaruv bilan shugʻullanishi, binolar qurishi va resurslarni ishlab chiqarishi kerak." Rise of an Empire va Paths to a Kingdom"oʻyinlarida harbiy zabt etishning ahamiyati pasayadi, koʻplab xaritalar oʻyinchilardan oʻz shaharlarining iqtisodiy kuchiga bogʻliq boʻlgan oldindan belgilangan vazifalarni bajarishni talab qiladi.
Sotilishi
tahrirThe Settlers seriyasidagi oʻyinlar odatda yaxshi sotilgan, ayniqsa Germaniyada.
1996-yil iyun oyiga kelib, original oʻyin butun dunyo boʻylab Amiga va MS-DOS boʻylab 215 000 dan ortiq sotdi, bu Blue Byte kutganidan ham oshib ketdi. 1998-yil may oyiga kelib esa 400 000 donadan ortiq sotilgan.
Settlers II yanada yaxshi sotildi va 1998-yil may oyiga kelib u butun dunyo boʻylab 600 000 dan ortiq dona sotdi. 1999-yil aprel oyiga kelib, The Settlers III ning global sotuvi 600 000 donadan oshdi, shundan 400 000 ga yaqini Germaniyada sotilgan. 2000-yil iyuniga kelib, u butun dunyo boʻylab 700 000 dan ortiq dona sotdi.
Settlers IV 2001-yilning eng koʻp sotilgan nemis oʻyini boʻlib, 2002-yil avgustiga kelib u mamlakat ichida 300 000 donadan ortiq sotilgan.
2006-yil iyul oyiga kelib Heritage of Kings butun dunyo boʻylab 500 000 dan ortiq, Germaniyada 350 000 dona sotilgan.
Rise of an Empire 2007-yilda Germaniya tomonidan ishlab chiqilgan eng koʻp sotilgan oʻyin boʻldi.
2001-yil mart oyiga kelib, seriya jami 3 million donadan sal kam sotilgan. 2002-yil iyuniga kelib bu raqam 3,5 milliondan oshdi; 2004-yil martiga kelib u 5 millionga yetdi; 2008-yil avgustiga kelib u 6 milliondan oshdi; 2009-yil sentabriga kelib esa 8 millionga yetdi; va 2014-yil sentabrigacha u 10 milliondan oshib ketdi.
Mukofotlar
tahrirYil | Marosim | Oʻyin | Mukofot | Natija | Manbaa |
---|---|---|---|---|---|
1994 | Amiga Joker | The Settlers | Best Game | Yutuq | [1] |
Best Strategic Game | Yutuq | ||||
1996 | Computer Games Strategy Plus | The Settlers II | Real-Time Strategy Game of the Year | Nominatsiya | [2] |
2000 | Eltern | The Settlers III | "Giga-Maus" | Yutuq | [3] |
2004 | Games Convention | The Settlers: Heritage of Kings | Best PC Game | Yutuq | [4] |
Best PC Graphics | Nominatsiya | ||||
2005 | Deutscher Entwicklerpreis | The Settlers: Heritage of Kings | Best Strategy Game | Yutuq | [5] |
Best Cutscenes | Yutuq | ||||
The Settlers: Heritage of Kings — Expansion Disc | Best PC Add-on | Nominatsiya | |||
2007 | Deutscher Entwicklerpreis | The Settlers: Rise of an Empire | Best German Game | Yutuq | [6] |
Best Level Design | Yutuq | ||||
Best Interface | Yutuq | ||||
Best Cutscenes | Yutuq | ||||
Best Graphics | Yutuq | ||||
Best Score | Yutuq | ||||
2007 | Deutscher Kindersoftwarepreis | The Settlers: Rise of an Empire | TOMMI | Yutuq | [7] |
2010 | BÄM! Awards | The Settlers 7: Paths to a Kingdom | Best AI | Yutuq | [8] |
Red Dot Design Awards | The Settlers 7: Paths to a Kingdom | "Best of the Best" | Yutuq | [9] | |
Deutscher Entwicklerpreis | The Settlers 7: Paths to a Kingdom | Best German Game | Yutuq | [10] | |
Best Strategy Game | Yutuq |
Manbalar
tahrir- ↑ „Das Amiga-Speil Des Jahres 1994“. Amiga Joker (nemischa). February 1995. 51-bet. Qaraldi: 17-aprel 2020-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Computer Games Strategy Plus announces 1996 Awards“. Computer Games Strategy Plus (25-mart 1997-yil). 14-iyun 1997-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2017-yil. (Wayback Machine saytida 1997-06-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ Phillipp, Andreas „Giga-Maus für Siedler III: Auszeichnung für Blue Bytes Aufbau-Strategie“ (de). Gameswelt (20-oktabr 2000-yil). 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2020-yil.
- ↑ Philipp, Andreas „Siedler: Das Erbe der Könige - Best of GC: Ubisoft lässt die Korken knallen“ (de). Gameswelt (26-avgust 2004-yil). 4-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-sentabr 2017-yil.
- ↑ Kleffmann, Marcel „Deutscher Entwicklerpreis 2005: alle Gewinner“ (de). 4players (2-dekabr 2005-yil). 17-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2020-yil.
- ↑ „Deutscher Entwicklerpreis Preisträger Chronologie: 2007“ (de). Deutscherentwicklerpreis.de. 7-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2020-yil.
- ↑ „Ausgezeichnete PC-Spiele für Kinder“ (de). Spiegel Online (15-oktabr 2007-yil). 7-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2020-yil.
- ↑ Saur, Tom „BÄM! Der Computec Games Award 2010 - Die Gewinner und Fotos der Preisträger“ (de). PC Games (23-avgust 2010-yil). 13-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2022-yil.
- ↑ „Neuigkeiten: Die Siedler 7 gewinnt den red dot award: best of the best!“ (de). Siedler.de (25-avgust 2010-yil). 6-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2020-yil.
- ↑ „Deutscher Entwicklerpreis Preisträger Chronologie: 2010“ (de). Deutscher Entwicklerpreis. 6-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2020-yil. (Wayback Machine saytida 2019-01-06 sanasida arxivlangan)
Qoʻshimcha adabiyot
tahrir- The Settlers Alliance (in English) (site dead; Archived November 18, 2021, at the Wayback Machine)
- The Settlers History Collection (in English) (Archived February 10, 2022, at the Wayback
Machine