The World Without Us
„The World Without Us“ — 2007-yilda amerikalik jurnalist Alan Weisman tomonidan yozilgan va St. Martinʼs Tomas Dunne Books nashriyotida chop etilgan kitob. Kitobda agar yer sayyorasida odamlar toʻsatdan gʻoyib boʻlsa, tabiat va atrof-muhit bilan nima sodir boʻlishi haqida soʻz boradi[1]. Bu Weismanning 2005-yil fevralida chop etilgan „Earth Without People“ maqolasini kitob shaklida chop etilgan variantidir[2]. Kitob muallifning shaxsiy fikrlari asosida yozilgan boʻlib, unda shaharlar va uylarning qanday yomonlashishi, yerda hayot tugaganidan keyin texnogen chiqindilarning qancha vaqtda chirib bitishi va tirik qolgan hayot shakllari qanday rivojlanishi haqida maʼlumot keltirilgan. Weismanning xulosasiga koʻra, turar-joylar 500 yil ichida oʻrmonlarga aylanadi. Yerda eng uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan narsalar sifatida radioaktiv chiqindilar, bronza haykallar, plastmassalar va Rushmor togʻi sanab oʻtilgan.
Asl nomi | The World Without Us |
---|---|
Muallif(lar) | Alan Weisman |
Til | Ingliz tili |
Janr(lar)i | Real voqealarga asoslangan asar |
Nashr etilgan sanasi | 2007-yil 10-iyul |
Nashriyot | St. Martin's Thomas Dunne Books |
Sahifalar soni | 336-bet |
ISBN | 978-0-312-34729-1 |
Toʻrtta kitob, jurnallar va koʻplab maqolalar muallifi Weisman akademiklar, olimlar va boshqa rasmiylar bilan suhbatlashish uchun bir qancha davlatga sayohat uyushtirdi. U tabiiy muhitda sodir boʻlayotgan voqealarni tushuntirish va asoslash uchun ushbu suhbatlardan iqtiboslar keltirdi. Kitob koʻplab mamlakatlarda tarjima qilindi va nashr etildi. Bu kitob AQSHda eng muvaffaqiyatli kitoblardan biri boʻldi. 2007-yil sentyabr oyida New York Times Best Seller roʻyxatida 6-oʻrin[3] va San Francisco Chronicle bestsellerlari roʻyxatida 1-oʻrinda[4] eʼtirof etildi. Kitob Time[5] va Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi top 10 real voqealarga asoslangan kitoblari orasida 1-oʻrinni egalladi.
Asar haqida
tahrirYerdagi aholi punktlarining qisqarishi oqibatlarini oʻrganish gʻoyasi oʻnlab yillar davomida ilmiy-fantastik romanlarda muntazam ravishda takrorlangan. Umuman olganda, adabiyotlarda koʻpincha insoniyatdan keyingi sivilizatsiya taqdirini tasavvur qilishga harakat qilingan. Haqiqatan ham, 1949-yilda chop etilgan mashhur „Earth Abides“ romanida pandemiyadan keyin shahar tizimlari va tuzilmalarining ishdan chiqqanligi haqida gap ketadi.
„The World Without Us“ kitobida koʻproq ekologik muammolar yoritilgan. Muallif Alan Weisman „The World Without Us“ asarini yozishdan oldin toʻrtta kitob chop ettirgan edi. Jumladan, 1998-yil Gaviotas: A Village to Reinvent the World kitobi. Unda Kolumbiyadagi Gaviotas eko-qishloqi haqida maʼlumotlar keltirilgan. 1999-yilda yozilgan "An Echo In My Blood" kitobi, unda muallifning oilasi Ukrainadan AQShga koʻchib kelgani haqida hikoya qilinadi. Alan Weisman Amerika jurnallari va gazetalarida xalqaro jurnalist boʻlib ishlagan va kitob yozilayotgan vaqtda Arizona universitetining jurnalistika va Lotin Amerikasi tadqiqotlari boʻyicha dotsenti boʻlgan. Ushbu lavozimda ishlayotgan vaqtda undan bahorgi semestrda faqat bitta dars oʻtishi va yilning qolgan qismida tadqiqot olib borishi uchun sayohat qilish imkoni berildi[6].
„The World Without Us“ kitobini yozish gʻoyasini Weismanga 2004-yilda Discover muharriri Josie Glausiusz taklif qilgan. Bir necha yil davomida bu gʻoyani oʻylab yurgan va Chernobilning tashlab ketilganidan sakkiz yil oʻtgach, 1994-yilda Harper’s jurnalida chop etilgan „Journey through a Doomed Land“ maqolasini qayta oʻqib chiqib Weismanga bu mavzuda maqola yozishni taklif qiladi[7]. Kitob 2005-yil Discover[8] jurnalining fevraldagi sonida chop etiladi va 2006-yil The Best American Science Writing nashriyotida qayta nashr etilgan „Earth Without People“ nomli maqolasida Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasida tabiat qanday gullab-yashnaganligi va Nyu York shahrining atrof-muhiti qanday ifloslanayotganligi tasvirlangan[2].
Maqolani kitobga aylantirish uchun Weisman St. Martinʼs matbuotida muharrir va noshir topadi. 23 betlik bibliografiya qismida uning Los Angeles Times jurnali uchun yozgan Antarktida ozon teshigidagi „Naked Planet“ (Maya sivilizatsiyasi haqida) va „The Real Indiana Jones“ maqolalari chop etiladi[9]. Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniya davlatlariga sayohat qilgan, akademiklar bilan intervyular oʻtkazgan. Jumladan: Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi biologi E. O. Wilson[10], plastmassa chiqindilar boʻyicha arxeolog William Rathje[11], oʻrmon botanigi Oliver Rackham[12], halokatga uchragan Mayya sivilizatsiyasi boʻyicha antropolog Artur Demarest[13], evolyutsiya boʻyicha paleobiolog Duglas Ervin[14] va faylasuf Nik Bostrom[15] shular jumlasidandir.
Sujeti
tahrirKitob 27 bobga boʻlingan boʻlib muqaddima, epilog, bibliografiya va indeks dan iborat. Har bir bobda plastmassalar, neft infratuzilmalari, yadroviy inshootlar va sanʼat asarlarining potensial taqdiri kabi mavzular olib chiqilgan[16][17].
Weisman tajribasidan kelib chiqib ikkita mavzuga urgʻu bergan: agar insonlar toʻsatdan yoʻq boʻlib qolsa tabiat qanday xolatda boʻladi va odamlar oʻzlaridan keyingi avlodga qanday meros qoldiradilar. Weisman kitobda Białowieża oʻrmoni, Kingman rifi va Palmira Atoll kabi joylarni inson aralashuvi kam boʻlgan joylar sifatida eʼtirof etgan. Weisman biolog E. O. Willsondan intervyu oladi va 1953-yildan beri kam odam kirib kelgan Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi Koreya Ekologik Harakat Federatsiyasi aʼzolari bilan tashrif buyuradi[18]. U oldin bu hududda oʻsimliklar va hayvonlarning evolyutsiyasi, hayot qanday rivojlanganligini oʻrganishga harakat qiladi, ammo Douglas Erwinning „5 million yildan keyin dunyo qanday boʻlishini oldindan aytib boʻlmaydi“ degan iqtibosini eslaydi[19]. Kitobdagi bir nechta boblar yirik oʻrmonlarga bagʻishlangan boʻlib, Weisman ularning qanday qilib kengayishini tahlil qiladi. U soʻnggi 200 yildagi tuproq namunalarini profillaydi va ogʻir metallar va begona moddalar kontsentratsiyasini sanoat manbalarisiz kelajakka ekstrapolyatsiya qiladi. Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori va iqlim oʻzgarish taʼsiri ham xuddi shunday tekshiriladi.
Oldingi maqolalardagi materiallar foydalangan xolda Weisman Maya sivilizatsiyasining taqdiridan kelib chiqib, tabiat muhiti qanday yemirilishini koʻrsatib beradi[20]. Weisman gidrologlar va xodimlar bilan boʻlgan suhbatida Panama kanali toʻgʻonlaridan oʻrmon oʻsimliklari va loyni uzoqroq saqlashni aytib oʻtadi[21]. Weisman Chernobil va Kiprning Varosha (1974-yilda tashlab ketilgan) shaharlarini tashlab ketilgan tashlandiq joylar sifatida tasvirlaydi. Weisman bu shaharlarning tuzilmalari, ob-havosi boshqa hayot shakllarini parchalashi mumkinligini aniqladi. Weisman Turkiyada tez rivojlanayotgan Istanbul shahrining qurilish sohasini Kappadokiya shahri qurilishi bilan solishtiradi. Istanbulda uy-joyga boʻlgan talab katta boʻlgani sababli, shaharning koʻp qismida uylar mavjud boʻlgan har qanday material bilan tezda qurilib ketilayotganligi va bu binolar kuchli zilzila yoki boshqa tabiiy ofatlarda qulashi mumkinligi haqida aytib oʻtadi[22]. Kappadokiyadagi yer osti shaharlari ming yillar avval vulqon qoyalaridan paydo boʻlgan boʻlib, ular asrlar davomida saqlanib qolishi mumkin deb taʼkidlab oʻtadi[23].
Weisman shahar hududi qanday dekonstruksiya qilinishini tasvirlash uchun Nyu York shahrini misol qilib keltiradi. Uning fikricha, kanalizatsiyalarda axlatlar tiqilib qolishi, yer osti quvurlari va metro yoʻlaklarini suv bosishi yoʻllar ostidagi tuproqlar eroziyalanib yerga choʻkishiga sabab boʻladi deb aytadi. Mannahatta loyihasini[24] ishlab chiqqan Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati va Nyu York botanika bogʻi[25] aʼzolari bilan suhbatlarda Weisman mahalliy oʻsimliklar parklardan va invaziv turlardan tarqalishini, agar odamlar kalamushlar va suvaraklarni oziq-ovqat va issiqlik bilan taʼminlamasa nobud boʻlishini taxmin qiladi.
Weismanning taʼkidlashicha, suv tomchilari miltillab atrofidagi tomga tushgan vaqtda yogʻochni yemirishini aytib oʻtgan. Bu yoʻgʻoch uylarning parchalanishiga sabab boʻladi. 500 yildan keyin idishlar, zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan jihozlar va plastik tutqichlar[26] faqat alyuminiydan boʻladi deb aytib oʻtgan. Koinotda Pioner plaketi, Voyager oltin plastinkasi va radio toʻlqinlari Yerdan uzoqlashadi[27]. Weisman odamlardan keyin atrof muhitda nimalar oʻzgarishi va sodir boʻlishini taxmin qilishga harakat qiladi. Uning fikricha, bu jarayonni tassavur qilish qiyin ish ekanligini taʼkidlab oʻtadi. U shuningdek, transhumanizm, Insoniyatni Yoʻqotish Koʻngillilar Harakati, Evtanaziya cherkovi va John A. Lesliening „The End of the World: the Science and Ethics of Human Extinction“ kitoblarini koʻrib chiqadi[28]. Weisman kitobning xolasa qismini bir bolalik siyosat haqidagi fikrlari bilan yakunlaydi. U buni „ajabtovur chora“ ekanligini aytgan[29]. U shunday taʼkidlaydi[30]:
Xulosa shuki, resurs bazasini haddan tashqari kengaytirgan har qanday tur populyatsiyasi halokatga uchraydi. Koʻpayishimizni cheklash juda qiyin, ammo isteʼmol instinktlarimizni cheklash bundan ham qiyinroq boʻlishi mumkin.
— Alan Weisman
U bu gapiga nisbatan aytilgan tanqidlarga shunday javob beradi: „Aholi koʻpayishi masalasini koʻtarib, baʼzi odamlarning nozik joylariga tegishimni oldindan bilardim, chunki iqtisodiy va demografik oʻsishimiz bizga ham turtki boʻlgan vaziyatni qanday hal qilishimiz kerakligi haqidagi munozaralar juda uzoq vaqt davomida yetishmayotgan edi“[30].
Nashr etilishi
tahrirKitob birinchi marta 2007-yil 10-iyulda Amerika Qoʻshma Shtatlarida St. Martinʼs Tomas Dunne Books, Buyuk Britaniyada Virgin Books va Kanadada HarperCollins nashriyotlari tomonidan nashr etilgan. Qogʻoz muqovali versiyasi 2008-yil iyul oyida chiqarilgan. U Daniyada Borgen tomonidan Verden uden os, Fransiyada Groupe Flammarion tomonidan Homo disparitus[31], Germaniyada Piper tomonidan Die Welt ohne uns[32], Portugaliyada Estrela Polar tomonidan O Mundo Sem Nós[33],Italiyada Einaudi tomonidan Il mondo senza di noi [34], Polshada CKA tomonidan Świat bez nas[35] va Yaponiyada Hayakawa nashriyoti tomonidan Jinrui ga kieta sekai[36] nomi bilan tarjima qilingan va nashr etilgan.
Amerikadagi nashri uchun muqova rasmini Pete Garceau yaratgan. Kitob muqovasi ustida oʻquvchilarni havotirga solmaslik uchun shakar bilan qoplangan shirinlik tasviri tushirilgan va „Ha, men atrof-muhit haqidagi kitobman“ degan yozuv yozilgan edi[37]. Ellen Cipriano tomonidan tarjima qilingan Kanada versiyasi Amerika versiyasiga oʻxshaydi, lekin muqova qismi illustratsion multifilm rasmiga oʻxshashi bilan farq qiladi. Boshqa nashrlarda muqova rasmlari tabiat muhiti ifloslanayotganligi aks ettirilgan. Kitob Adam Grupper tomonidan oʻn soatlik audio kitob holatiga ham keltirilgan va Macmillan Audio, BBC Audiobooks tomonidan ingliz tilida audiokitob sifatida nashr etilgan[38][39]. AudioFile audio kitob prezentatsiyaga oʻzining Earphones mukofotini berdi va „ audio kitob obyektiv, insonlarni tushkunlikka tushirishi mumkin boʻlgan mavzuni ajoyib yoritgan“ deb taʼrif berdi[40].
Kitob muvaffaqiyati
tahrirKitob chiqishi bilan Weisman Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada, Lissabon va Bryusselda kitobning taqdimotini oʻtkazdi[41]. Weisman kitob haqida The Daily Show va The Today Show telekanallariga intervyu berdi va Weekend Edition, Talk of Nation, The Diane Rehm Show, Living on Earth, Marketplace va As it Happens nashrlarida radio intervyu berdi[42]. Shu bilan birga, kitob 2007-yil 29-iyulda [43] top 10 real voqealarga asoslangan kitoblar orasida New York Times Best Seller roʻyxatida 1-oʻrinni egallaydi[44]. 2007-yil 12-avgust va 9-sentyabrda 6-oʻrinni egalladi[3][45]. Kanada bozorida kitob 10 hafta davomida The Globe and Mailning real voqealarga asoslangan kitoblar roʻyxatida kirib keldi va 2007-yil 11-avgustda 3-oʻrinda qayd etildi[46][47]. Kitob 2007-yil 23-sentabrda San Franciscoda eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida 1-oʻringa chiqdi[4]. Hafta davomida USA Today jurnalining eng koʻp sotilgan 150 ta kitoblari ichida 48-oʻrinni egalladi[48]. Library Journal muharrirlari kitobni barcha atrof-muhitni muhofaza etuvchi tashkilotlar va jamoat kutubxonalari uchun tavsiya qildilar[49][50]. Kitob Time[5] hamda Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi real voqealarga bagʻishlangan 10 ta kitob roʻyxatida 1-oʻrinni egallagan. va Hudson Booksellers kompaniyasining „2007-yilda nashr etilgan eng yaxshi kitoblari“ roʻyxatiga kiritilgan.[51][52][53] „2007-yilning eng yaxshi kitoblari“ roʻyxatida kitob Qoʻshma Shtatlarda 4-oʻrinni, Kanadada 1-oʻrinni egalladi[54][55].
Adabiy uslubda yaxshi yozilganligi, baʼzan qoʻrqinchli, lekin mos til bilan yozilganligi odamlar tomonidan ijobiy qabul qilindi[56]. Hatto Michael Grunwaldning The Washington Post gazetasidagi sharhida „tushunarli, baʼzan oʻziga tortuvchi“ deb taʼkidlangan[57]. The New York Times Book Review nashrida Jennifer Shuessler „Weismanning vaqti-vaqti bilan eʼtiborga olinmaydigan ritorika sanʼatini“ aytib oʻtadi[58]. „New YorkTimes“ gazetasidan Janet Maslin „quruq, oddiy, oʻzgacha uslub“ va „gʻalati bir xil“ deb taʼriflaydi[59]. Kamiya "bir vaqtning oʻzida ravshan va hayratga toʻla … va u „boshqa sayyoradagi rahmdil va qiziquvchan kuzatuvchi tomonidan yozilgan“ deb yozadi[56]. Plain Dealer kitobi muharriri Karen Longning taʼkidlashicha, Weisman „yaxshi ilmiy yozuvchi ekanligini, shoshma-shosharliksiz tilldan foydalanashi va kutilmagan manbalar va provokatsion faktlarni topish mahoratini koʻrsatadi“[60].
Baʼzi tanqidchilar tomonidan kitobda aniq bir nuqtai nazarning yoʻqligi uning dolzarbligiga putur yetkazdi deb aytishadi[60]. Robert Braile The Boston Globe gazetasida shunday yozadi „kitob haqiqiy kontekstga ega emas … bu fantaziyani aniqlashtirish uchun hech qanday mantiqiy asos yoʻq“ deb taʼkidlaydi[61]. The Washington Post gazetasi muharriri Michael Grunwald: „Insondan keyingi dunyoda inson izini tasavvur qilish qiyin“ deb taʼkidlaydi[57]. Boshqa tomondan, Alanna Mitchell Globe and Mail nashri jamiyatning antropomorfik bemaʼnilik bilan birgalikda resurslarning kamayishi dolzarbligini aytib oʻtdi. „Bu kitob bizni oʻlimdan qanday qilib omon qolishimizga yordam berish uchun moʻljallangan“ deb yozadi[62].
Kitobning atrof-muhitga eʼtibor qaratilishi haqida yozilganligi ham baʼzilar tomonidan tanqid qilindi. Amerikalik tanqidchi Christopher Orlet „bu yashillarning notoʻgʻri, ekstremistik qarashlarining yorqin namunasidir“ deb yozgan[63]. Brailening fikricha, kitob „ekologlarning daxshatli tushi boʻlishi mumkin“ deb taʼkidlaydi[61]. Ekolog Alex Steffen kitobda hech qanday yangilik yoʻq deb taʼkidlaydi [64]. Kitobni „Jeremiad“ deb atagan ikki tanqidchi oxir-oqibat unga ijobiy baho berdi[56][65]. The Guardian „Biz ushbu kitobni oʻqish mobaynida insoniyatning Yerdan yoʻq boʻlib ketishini tassavur qilishni oʻrganamiz“ deydi[66].
Boshqa tanqidchilar ekologik istiqbolni olqishladilar. South Florida Sun-Sentinel gazetasidan Chauncey Mabe kitobni „oxirgi vaqtlardagi eng qoniqarli ekologik kitoblardan biri“ deb ataydi[67]. CanWest News Service xodimi Tom Spears „bu kitob koʻproq oʻzimizning aksimizni koʻrsatadi va yaxshi tarjimai holdir“ degan xulosaga keladi[68].
Janri
tahrirKitob real voqealarga asoslangan kitoblar qatoriga kiritilgan, ammo baʼzi tanqidchilar kitobni ilmiy fantastik asar sifatida taʼkidlashadi[69]. Boshqa atrof-muhitga bagʻishlangan kitoblari singari, u ham insoniyatning sayyoraga taʼsiri muhokama qiladi[70]. Shunga oʻxshash mavzularga bagʻishlangan boshqa kitoblar ham mavjud boʻlib masalan, Gregory Benfordning 1999-yildagi „Deep Time: How Humanity Communicates Across Milennia“ kitobi, Herbert Wellsning 1898-yilda yozilgan „The War of the Worlds“ va John Wyndhamning 1951-yil yozilgan „The Day of the Triffids“, kabi ilmiy fantastika kitoblaridir. Sivilizatsiyaning yemirilishidagi shunga oʻxshash kitoblardan biri 1949-yilda yozilgan Berkeley ingliz professori Jorj R. Stewart „Earth Abides“ ilmiy-fantastik romanida batafsil bayon etilgan.
„The World Without Us“ ilmiy fantastik janrda yozilganligi uchun muallifning tavsiyasi boʻyicha kitobni tushunib o'qish tavsiya etiladi[71]. Spikeddan Josie Appleton kitobni „tabiatning bugungi romantiklashuvi“ bilan bogʻladi. Appleton shuningdek, kitob tabiiy kuchlarning tasodifiyligini taʼkidlab, „Tabiat yaxshi biladi“ tushunchasiga qarshi ekanligini aytadi[17].
Weismanning ilmiy xulosalarni asoslash uchun ilmiy va professional idora mutaxassislari bilan intervyulardan foydalanadi[16]. Weismanning soʻzlariga koʻra, u faollar islohatlaridan qochgan: „Bizning eng zoʻr ilm-fan va tabiat haqidagi asarlarimizni faqat shu mavzuni oʻqishga xohishi boʻlgan odamlar oʻqiydi. Oʻzingiz toʻgʻri deb bilgan narsani qilganingiz maqul, garchi bu juda qiyin boʻlsa ham, lekin men odamlar oʻqishi mumkin boʻlgan narsani yozmoqchi boʻldim“. Richard Fortey kitobni Jared Diamond, Tim Flanneri va EO Willson asarlari bilan taqqoslaydi va „The World Without Us“da insoniyatning aqlan yaqqol qashoqligi taʼkidlangan.[72] Mark Lynas New Statesman jurnalida taʼkidlaganidek, „koʻpchilik odamlar atrof-muhitga oid koʻplab kitoblardan salbiy maʼlumotlarga ega boʻlgan boʻlsa-da, The World Without Us kitobi odamlar uchun ijobiy maʼlumotlarga boy koʻrinadi“[70]. Achchiq mavzudagi optimizmni namoyish qilib, ekolog Appleton kitobdagi „agar sayyora Permdan tiklanishi mumkin boʻlsa, u insondan ham tiklanishi mumkin“ degan soʻzlaridan iqtibos keltiradi[17].
Ommaviy madaniyatda
tahrirThe World Without Us kitobidan ilhomlangan xolda tabiat mavzuga oid sheʼrlar, telekoʻrsatuvlar, musiqalar va bir qancha video o'yinlar
- The Earth After Us — inson turlarining geologik merosini oʻrganadi.
- There Will Come Soft Rains — Sara Teasdalening 1920-yilgi sheʼri.
- After Man: A Zoology of the Future — 50 million yil oʻtgach insoniyat yoʻq boʻlib ketganidan keyin Yerdagi hayot evolyutsiyasini koʻrib chiqadi.
Xuddi shu mavzuga oid bir nechta telekoʻrsatuvlar boʻlgan[73]:
- Life After People (koʻrsatuv), agar odamlar bir zumda yoʻq boʻlib qolsa nima boʻladi.
- Aftermath: Population Zero yuqoridagi koʻrsatuv bilan bir xil, ammo baʼzi narsalar haqida batafsilroq maʼlumot beradi.
- „The Future Is Wild“ filmi insoniyatning gʻoyib boʻlishi haqida boʻlmasada, Yerdagi hayot kelajakda (odamlarsiz) qanday rivojlanishini koʻrsatadi.
The World Without Us kitobidan ilhomlangan xolda 2009-yilda Kinetics & One Love tomonidan „The High Line“ Hip-hop qoʻshigʻi chiqarildi. Unda Nyu York shahri binolari, daraxtlar va oʻsimliklar tasvirini aks ettiruvchi yashil rangga qarshi, oʻrmonlarni kesish jarayoni aks etgan[74].
The World Without Us kitobidan ilxomlangan xolda 2013-yil The Last of Us video oʻyini yaratiladi[75].
2017-yilgi NieR: Automata video oʻyinida The World Without Us kitoda taʼkidlangan Yerni bir necha yuz yillar davomida insoniyatdan uzilib qolgan sahnalari olib chiqildi.
2009-yilda 20th Century Fox studiyasi kinofilm yaratish niyatida kitobga boʻlgan huquqlarni sotib oldi[76].
Manbalar
tahrir- ↑ Weisman, Alan (2007-07-10), The World Without Us, New York: Thomas Dunne Books/St. Martin's Press, ISBN 978-0-312-34729-1, OCLC 122261590
- ↑ 2,0 2,1 Weisman, Alan (February 2005), „Earth Without People“, Discover Magazine, 26 (2): 60–65, qaraldi: 2007-11-10
- ↑ 3,0 3,1 „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-09-09, 2009-04-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ 4,0 4,1 „San Francisco Chronicle Best-Sellers: Nonfiction Bay Area“, San Francisco Chronicle, 2007-09-23, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ 5,0 5,1 Poniewozik, James; Top 10 New TV Series; time.com
- ↑ Williams, Wilda (2007-05-15), „The Lonely Planet“, Library Journal, Reed Business Information, 132 (9): 112, doi:10.7748/ns.12.52.34.s50, ISSN 0363-0277, PMID 9847788
- ↑ Weisman (2007), 277.
- ↑ Weisman, Alan (February 2005), „Earth Without People“, in Gawande, Atul; Cohen, Jesse (muh.), The Best American Science Writing (2006-nashr), New York: Harper Perennial (September 5, 2006da chop etilgan), 28—36-bet, ISBN 978-0-06-072644-7
- ↑ Weisman (2007), 289—311.
- ↑ Weisman (2007), 129, 189—190.
- ↑ Weisman (2007), 119—120.
- ↑ Weisman (2007), 150—151.
- ↑ Weisman (2007), 224—229.
- ↑ Weisman (2007), 229—232.
- ↑ Weisman (2007), 240—244.
- ↑ 16,0 16,1 Weiler, Derek (August 12, 2007), „And the wild things shall inherit the Earth“, Toronto Star, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ 17,0 17,1 17,2 Appleton, Josie (July 2007), „Unleashing nature's terror“, Spiked, № 3, qaraldi: 2007-12-04
- ↑ Weisman (2007), 183—188.
- ↑ Weisman (2007), 232.
- ↑ Weisman (2007), 223—8.
- ↑ Weisman (2007), 173—178.
- ↑ Weisman (2007), 103—105.
- ↑ Weisman (2007), 106—111.
- ↑ Weisman (2007), 22—24.
- ↑ Weisman (2007), 28—32.
- ↑ Weisman (2007), 18.
- ↑ Weisman (2007), 249—254.
- ↑ Weisman (2007), 239—244.
- ↑ Weisman (2007), 272.
- ↑ 30,0 30,1 Alan Weisman; Callum Roberts. „Book World“ (Interview). The Washington Post Company (2007-yil 31-iyul). Qaraldi: 2007-yil 11-noyabr.
- ↑ Weisman, Alan (2007-05-04), Homo disparitus (fransuzcha), Paris: Groupe Flammarion, ISBN 978-2-08-120493-5
- ↑ Weisman, Alan (August 2007), Die Welt ohne uns (nemischa), Munich: Piper Verlag GmbH, ISBN 978-3-492-05132-3
- ↑ Weisman, Alan (2007), O Mundo Sem Nós (portugalcha), Cruz Quebrada: Estrela Polar, ISBN 978-85-7665-302-8
- ↑ Weisman, Alan (2008), Il mondo senza di noi (italyan), Turin: Einaudi, ISBN 978-88-06-19137-5
- ↑ Weisman, Alan (2007), Świat bez nas (polyakcha), Gliwice: CKA, ISBN 978-83-60206-90-4
- ↑ Weisman, Alan (2008), Jinrui ga kieta sekai (yapon), Tokyo: Hayakawa, ISBN 978-4-15-208918-2
- ↑ Fwis (2007-08-21). „Jackets Required: The World Without Us“. Publishers Weekly. 2007-11-29da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2007-11-11.
- ↑ „The World Without Us“. Macmillan Audio (2007). 2007-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-noyabr.
- ↑ „The World Without Us“. BBC Audiobooks America (2007). 2007-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 11-noyabr.
- ↑ „Current Reviews: Contemporary Culture – The World Without Us“, AudioFile, AudioFile Publications, October–November 2007, 2007-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-06
- ↑ „World Without Us: Tour Dates“. St. Martin's Press / Thomas Dunne Books (2007-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2007-yil 2-noyabr.
- ↑ „World Without Us: Podcasts & Videos“. St. Martin's Press / Thomas Dunne Books (2007). Qaraldi: 2007-yil 2-noyabr.
- ↑ „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-07-29, 2011-05-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-09-30, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ „Best Sellers: Hardcover Nonfiction“, The New York Times, 2007-08-12, 2009-04-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-02
- ↑ „Hardcover bestsellers“, The Globe and Mail, CTVglobemedia, 2007-08-11
- ↑ „Hardcover bestsellers“, The Globe and Mail, CTVglobemedia, 2007-09-29
- ↑ „This week's top 150 best sellers“, USA Today; Best-Selling Books Database, 2007-10-28, qaraldi: 2013-10-24. Requires navigation to October 28, 2007 or The World Without Us entry.
- ↑ Sapp, Gregg (2007-05-15), „The World Without Us“, Library Journal, Reed Business Information, 132 (9): 113, ISSN 0363-0277
- ↑ El, I. Pour (2007-09-15), „The World Without Us“, Library Journal, Reed Business Information, 132 (15): 99, ISSN 0363-0277
- ↑ Kate Harrison. „UA Journalism Prof Collecting Year-end Kudos for Book“. University of Arizona (2007-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 20-dekabr.
- ↑ Jennifer Reese (2007-12-18). „The Best Books of 2007“. Entertainment Weekly. 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2008-01-03.
- ↑ Hudson Group (2007-yil 23-oktyabr). „Hudson Booksellers Announces the Best Books of 2007“. Press-reliz. Qaraldi: 2007-yil 2-noyabr.
- ↑ „Best Books of 2007: Editors' Top 100“. Amazon. 2013-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 2-dekabr.
- ↑ „Editors' Picks: 2007's Top 25 in Nonfiction“. Amazon.ca. Qaraldi: 2007-yil 20-dekabr.
- ↑ 56,0 56,1 56,2 Gary Kamiya. „The World Without Us“. Salon.com (2007-yil 23-iyul). 2017-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 1-noyabr.
- ↑ 57,0 57,1 Grunwald, Michael (July 29, 2007), „What would Earth be like if all the humans died out?“, The Washington Post, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ Schuessler, Jennifer (September 2, 2007), „Starting Over“, The New York Times: G12, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ Maslin, Janet (2007-08-13), „A World Without Humans? It All Falls Apart“, The New York Times, qaraldi: 2007-11-01
- ↑ 60,0 60,1 Long, Karen (August 19, 2007), „'World Without Us' offers fascinating science read – book review“, The Plain Dealer, Cleveland, Ohio, January 2, 2013da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ 61,0 61,1 Braile, Robert (August 18, 2007), „He imagines a world without people. But why?“, The Boston Globe, qaraldi: 2007-10-31
- ↑ Michell, Alanna (July 21, 2007), „Good riddance to us and our bad rubbish“, The Globe and Mail, CTVglobemedia, D6-bet
- ↑ Orlet, Christopher (2007-08-01). „Better Off Dead“. The American Spectator. 2012-06-09da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2007-10-31.
- ↑ Alex Steffen. „The World With Us“. Worldchanging (2007-yil 23-iyul). 2007-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 20-dekabr.
- ↑ Heinegg, Peter (2007-09-15), „The World Without Us“, America, America Press, 197 (16): 23, ISSN 0002-7049
- ↑ Lezard, Nicholas. „Goodbye to all this“. The Guardian (2008-yil 3-may). Qaraldi: 2010-yil 25-may.
- ↑ Mabe, Chauncey (2007-08-12), „'The World Without Us' by Alan Weisman: Don't think about us when we're gone“, South Florida Sun-Sentinel, 2007-11-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-01
- ↑ Spears, Tom (2007-09-02), „World would go on without us: New book looks at what would happen without people“, The Province, CanWest News Service, 2007-11-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-11-01
- ↑ Stott, Philip (2008), Book review: The World Without Us By Alan Weisman (PDF), 1-jild, Electronic Journal of Sustainable Development, 17–18-bet, 2011-10-05da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2008-06-17
- ↑ 70,0 70,1 Lynas, Mark (2007-09-27), Back to the future, New Statesman, 53–54-bet, 2007-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-12-04
- ↑ Alan Weisman (2007-07-19). „With People out of the Picture, Alan Weisman Gets Creative“. Powells.com (Interview). Interviewed by Dave Weich. Portland. Archived from the original on 2007-12-28. Retrieved 2007-11-10.
- ↑ Fortey, Richard (August 16, 2007), „How would Nature clean up our mess?“, The Daily Telegraph, London, qaraldi: 2007-12-04
- ↑ Tucker, Neely (March 8, 2008), „Depopulation Boom“, The Washington Post: C01, qaraldi: 2008-06-14
- ↑ „Rap Genius: Lyrics and Explanations for the Kinetics & One Love song "The High Line"“.
- ↑ Grounded: The Making Of The Last of Us
- ↑ „"World Without Us" to be adapted as sci-fi film“. Reuters (2009-yil 2-aprel).