Jared Diamond
Jared Meyson Diamond (1937-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik geograf, tarixchi, ornitolog va "The Third Shimpanzee" (1991); "Guns, Germs, and Stell (1997, Pulitzer mukofoti bilan taqdirlangan); "Collapse" (2005), "The World Until yesterday" (2012) va" Uphaeval" (2019) kabi ilmiy-ommabop kitoblari bilan tanilgan yozuvchi. Dastlab biokimyo va fiziologiya boʻyicha taʼlim olgan Diamond antropologiya, ekologiya, geografiya va evolyutsion biologiya kabi turli sohalarda izlanishlari bilan mashhurdir. UCLA universitetida geografiya professori[1].
Jared Diamond | |
---|---|
![]() Diamond, 2013-yilda | |
Tavalludi |
10-sentyabr 1937-yil Boston, Massachusetts, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Psixologiya, biofizika, ornitologiya, ekologiya, tarix, geografiya, evolyutsion biologiya va antropologiya |
Ish joylari | University of California universiteti, Los Angeles |
Taʼlimi | |
Tezis sarlavhasi | Concentrating activity of the gall-bladder |
Taʼsir koʻrsatgan |
Yuval Noah Harari Stephen H. Wright |
Mukofotlari |
|
2005-yilda Prospect and Foreign Policy tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda dunyoning eng yaxshi 100 ta jamoat ziyolilari orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[2].
Yoshligi tahrir
Diamond 1937-yil 10-sentyabrda AQShning Massachusets shtati, Boston shahrida tug‘ilgan. Uning ota-onasi ham AQShga koʻchgan Ashkenazi yahudiy oilalaridan edi. Uning otasi Louis Diamond Moldovaning Kishinyov shahridan shifokor va onasi Flora (Kaplan) oʻqituvchi, tilshunos va konsert pianinochisi boʻlgan[3]. Diamond olti yoshidan pianino chalishni boshlaydi. Yillar oʻtib esa xotiniga „A major“da Brahms Intermezzoni chalib bergandan soʻng turmush qurishni taklif qiladi[4].
Yetti yoshidayoq qushlarni kuzatishga qiziqa boshlaydi. Bu mashgʻulot uning asosiy qiziqishlaridan biriga aylandi va natijada ornitologiya boʻyicha bir qator asarlari nashr etildi.
15 yoshida ota-onasi birinchi marta uni AQShning sharqiy qismidan tashqariga, Montanaga olib ketishdi va u yerda Big Hole daryosi boʻyidagi Hirschy oilaviy fermasida dam olishdi. 1956-yilning yozida ranchoga ishlash uchun qaytib keldi, bu paytda u talaba edi. Keyinchalik, shtatning goʻzalligidan hayratga tushib, muntazam ravishda oʻzining oilaviy taʼtillarni shu yerda oʻtkazdi va Montana bilan Bitterroot vodiysi uning "Collapse: How Societies Choose to Fail pr succeed„ kitobidagi asosiy misollardan biriga aylandi.
Ta'limi tahrir
Diamond Roxbury Lotin maktabida oʻqiydi va 1958-yilda Harvard universitetida biokimyo fanlari boʻyicha bakalavrga aylanadi, 1961-yilda Cambridgedagi Trinity College universitetida oʻt pufagidagi membranalar fiziologiyasi va biofizikasi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi[1][5].
Faoliyati tahrir
Cambridgeni tugatgandan soʻng, Diamond 1965-yilgacha Harvardda kichik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi va 1968-yilda UCLA tibbiyot maktabida fiziologiya professori boʻladi. Yigirma yoshlarida Yangi Gvineya va yaqin atrofdagi orollarga ixtisoslashgan ornitologiya va ekologiyada ikkinchi karyeyasini boshladi, 1964-yildan ushbu hududlarga tashrif buyuradi. Keyinchalik, 50 yoshida, Diamond atrof-muhit tarixi boʻyicha navbatdagi faoliyatni yoʻlga qoʻydi va UCLAda geografiya professori boʻldi, hozirga qadar shu lavozimda ishlaydi[5]. Shuningdek, Rimdagi LUISS Guido Carlida dars beradi[6].1999-yilda National Medal of Science medalini qoʻlga kiritdi[7], Westfield State universiteti unga 2009-yilda faxriy doktor unvonini berdi.
Diamond dastlab oʻt pufagida tuzni singdirish boʻyicha mutaxassis boʻladi[8]. U, shuningdek, ekologiya va ornitologiya sohalarida ilmiy asarlar nashr ettiradi[9], lekin oʻzi oʻrganganlaridan tashqari, turli sohalardagi mavzularni birlashtirgan bir qator ilmiy-ommabop kitoblar muallifi sifatida ham taniladi. Akademik xilma-xillik tufayli Diamond polimat sifatida tasvirlannadi[10][11].
Ommaviy ilmiy ishlari tahrir
The Third Chipmanzee (1991) tahrir
Diamondning birinchi mashhur kitobi “TheThird Champanzee: The Evolution and Future of the Human Animal " (1991) antropologiya, evolyutsion biologiya, genetika, ekologiya va tilshunoslik dalillarini oʻz ichiga olgan holda inson evolyutsiyasi va uning zamonaviy dunyoga aloqadorligini oʻrganadi. Kitob odam DNKsining 98 % dan ortigʻi uning eng yaqin hayvon qarindoshlari, shimpanzelar bilan oʻxshash boʻlishiga qaramay, odamlar boshqa hayvonlardan qanday qilib juda farq qilgani haqida hikoya qiladi. Kitob, shuningdek, til, sanʼat, qishloq xoʻjaligi, chekish, giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va boshqa noyob insoniy fazilatlarning hayvonlardan kelib chiqishini oʻrganadi. Kitob tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi va 1992-yilda Rhône-Poulenc Prize for Science Books mukofoti[12] hamda Los Angeles Times Book Prize mukofotiga sazovor boʻldi[13].
Guns, Germs, and Steel (1997) tahrir
Uning ikkinchi va eng mashhur ilmiy-ommabop kitobi „Guns, Germs va Steel: The Fates of Human Socities“ 1997-yilda nashr etilgan. Unda nima uchun Yevrosiyo xalqlari tub amerikaliklarni, avstraliyaliklarni va afrikaliklarni zabt etgani yoki koʻchirgani haqida soʻraydi. Uning taʼkidlashicha, bu natija Yevrosiyo xalqlarining genetik afzalliklari bilan emas, balki Yevroosiyo qitʼasining oʻziga xos xususiyatlari, xususan, xonakilashtirish uchun mos boʻlgan yovvoyi oʻsimlik va hayvon turlarining xilma-xilligi va uning tarqalishiga yordam bergan sharq/gʻarbiy asosiy oʻqi bilan bogʻliq.
Kitobning birinchi qismida yovvoyi oʻsimliklar va hayvonlarning bir nechta turlari nega xonakilashtirish uchun mos boʻlganligi sabablariga eʼtibor qaratiladi. Ikkinchi boʻlimda oʻsha uy hayvonlari asosida mahalliy oziq-ovqat ishlab chiqarish zich va tabaqalashtirilgan odamlar populyatsiyasining, yozuvning, markazlashtirilgan siyosiy tashkilotning va epidemik yuqumli kasalliklarning rivojlanishiga qanday olib kelganligi muhokama qilinadi. Uchinchi qism turli qitʼa va dunyo mintaqalari oʻrtasida oziq-ovqat ishlab chiqarish va insoniyat jamiyatlarining rivojlanishini taqqoslaydi. „Guns, Germs, and Steel“dunyo miqyosida bestsellerga aylandi, 33 tilga tarjima qilindi va bir qancha mukofotlarga, jumladan, Pulitzer mukofoti, Aventis Prize for Science Books mukofoti[12] va1997-yilda Phi Beta Kappa Award in Science mukofotiga sazovor boʻldi[14]. Kitob asosida 2005-yilda National Geographic Society tomonidan televizion hujjatli film ishlab chiqarilgan[15][16].
Why is Sex Fun? (1997) tahrir
Oʻzining uchinchi, 1997-yilda nashr ettirilgan " Why is Sex Fun " kitobida inson jinsiy hayotining xususiyatlariga asos boʻlgan, odatda oddiy deb hisoblangan, ammo insonning hayvon qarindoshlarimiz orasida juda gʻayrioddiy boʻlgan evolyutsion omillarni muhokama qiladi. Bu xususiyatlar orasida uzoq muddatli juftlik munosabatlari (nikoh), umumiy jamoa hududida iqtisodiy hamkorlik qiluvchi juftliklarning birga yashashi, otalar va onalar tomonidan ota-ona qaramogʻini koʻrsatish, ommaviy emas, yashirin jinsiy aloqa, yashirin ovulyatsiya, hayz davrining koʻp qismini (shu jumladan bepushtlik kunlarini), ayollarning menopauzasini va oʻziga xos ikkilamchi jinsiy xususiyatlarni oʻz ichiga olgan ayol jinsiy sezgirligi kabilar bor.
Collapse (2005) tahrir
Diamondning 2005-yilda nashr etilgan navbatdagi "Collapse: How societies Choose to Fail or Succed " nomli kitobida o‘tmishdagi bir qator jamiyatlar nima uchun qulagan yoki rivojlanishda davom etganini aniqlashga urinib, zamonaviy jamiyatlar bu tarixiy misollardan nimani o‘rganishi mumkinligini ko‘rib chiqadi. "Guns, Germs, and Steel "da boʻlgani kabi u ekologiyaga eʼtibor qaratish oʻrniga, birinchi navbatda, madaniy omillarga asoslangan oʻtmishdagi jamiyatlarning muvaffaqiyatsizligini tushuntirilgan fikrlarga qarshi chiqadi. Kitobda tilga olingan jamiyatlar orasida Grenlandiyaning Norse va Inuitlari, Mayya, Anasazi, Rapa Nui (Pasxa orol)), Yaponiya, Gaiti, Dominikan Respublikasi va zamonaviy Montananing tub aholisi bor.
Kitob nega baʼzi jamiyatlar halokatli qarorlar qabul qilishlari, yirik korxonalar atrof-muhitga qanday taʼsir qilishlari, bugungi kunda bizning asosiy ekologik muammolarimiz nima va odamlar bu muammolar bilan nima qilishlari mumkinligi haqida ssavollar berish bilan yakunlanadi. „Guns, Germs, and Steel“ singari, "Collapse oʻnlab tillarga tarjima qilindi, xalqaro bestsellerga aylandi va National Geographic Jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan televizion hujjatli filmning asosi boʻldi[17]. Ayrim antropologlar va olimlar Diamondning usullari va xulosalarini tanqid qildilar[18]. Ushbu asar, shuningdek, Royal Society Prize for Science Books mukofotiga nomzod boʻlgan[12].
"Vengeance is Ours" bahsi (2008) tahrir
2008-yilda Diamondning The New Yorker jurnalida Papua Yangi Gvineyasidagi qabila urushidagi qasosning rolini tavsiflovchi „Vengeance is Ours“ [19] sarlavhali maqolasi chop etildi. Bir yil oʻtgach, maqolada tilga olingan ikki mahalliy aholi Diamond va The New Yorker gazetalariga qarshi sudga murojaat qilib, maqola ularga tuhmat qilganini daʼvo qilishdi[20][21][22] .2013-yilda The Observer daʼvo „ularning advokatining toʻsatdan oʻlimidan soʻng oʻzaro rozilik bilan qaytarib olingan“ deb xabar berdi[3].
Natural Experimentsnof History (2010) tahrir
2010-yilda Diamond (James Robinson bilan birga) "Natural Experiments of History" asarini oʻzi tarafdori boʻlgan tarixni oʻrganishga multidisipliner va qiyosiy yondashuvni koʻrsatuvchi yettita amaliy tadqiqotlar toʻplamini birgalikda tahrir qildi. Kitobning nomi tarixni laboratoriya fanlarining afzal koʻrgan usullari bilan, yaʼni koʻpaytiriladigan inson jamiyatlarini goʻyo bakteriya probirkalari kabi taqqoslaydigan nazorat ostida tajribalar orqali oʻrganish mumkin emasligidan kelib chiqadi. Buning oʻrniga, koʻp jihatdan oʻxshash jamiyatlarda tarixan bezovtalangan tabiiy tajribalarga qarash kerak. Kitobning xulosa qismida tabiiy tajribalar tasniflanadi, ularni o‘rganishning amaliy qiyinchiliklari muhokama qilinadi va bu qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi[23].
The World Until Yesterday (2012) tahrir
2012-yilda chop etilgan „The World Until Yesterday“ kitobida Diamond g‘arb dunyosi anʼanaviy jamiyatlardan nimani o‘rganishi mumkinligi haqida soʻz olib boradi. U 39 ta anʼanaviy kichik fermer va ovchi-yigʻuvchilar jamiyatlarini umuminsoniy muammolarga qanday munosabatda boʻlishlarini oʻrganadi. Muhokama qilingan muammolar orasida makonni ajratish, nizolarni hal qilish, bolalarni tarbiyalash, oqsoqollar bilan muomala qilish, xavf-xatarlarga qarshi kurashish, dinlarni shakllantirish, koʻp tillarni oʻrganish va sogʻlom qolish kiradi. Kitobda aytilishicha, anʼanaviy jamiyatlarning baʼzi amaliyotlari bugungi zamonaviy sanoat dunyosida alohida shaxslar yoki umuman jamiyat tomonidan foydali tarzda qoʻllanilishi mumkin.
Upheaval (2019) tahrir
"Upheaveal: How Nations Cope with Crisis and Change" asarida Diamond xalqlar odamlar kabi inqiroz paytida saboq oladimi yoki yoʻqligini tekshiradi. Finlandiya, Yaponiya, Chili, Indoneziya, Germaniya, Avstraliya va AQSh koʻrib chiqilayotgan davlatlar qatoriga kiradi.[24] Diamond toʻrtta zamonaviy tahdidni aniqlaydi: yadroviy qurollar, iqlim oʻzgarishi, cheklangan resurslar va haddan tashqari tengsizlik[25].
The New York Times gazetasini koʻrib chiqqan Anand Giridharadas kitobda koʻplab faktik noaniqliklar borligini taʼkidlaydi[26]. Daniel Immerwahr, The New Republic jurnalini koʻrib chiqib, Diamond „statistik tahlilni bekor qilgan“ini va u bilan bogʻliq qatʼiylikni, hatto, oʻzining oldingi kitoblari standartlariga koʻra baʼzida shu asosda eʼtirozga uchraganini aytadi[27].
Shaxsiy hayoti tahrir
Diamond polshalik siyosatchi Edward Wernerning nabirasi Marie Cohenga uylanadi. Ularning 1987-yilda tug‘ilgan egizak o‘g‘illari bor[28].
Kengashlar tahrir
- Editorial board of the Skeptic Magazine, a publication of The Skeptics Society
- Member of the American Academy of Arts and Sciences[29]
- Member of the National Academy of Sciences[30]
- Member of the American Philosophical Society[31]
- U.S. regional director of the World Wide Fund for Nature
Mukofot va unvonlari tahrir
Xuddi qurbaqa Austrochaperina adamantina kabi [32] Sharqiy uzun tumshuqli yexidna Zaglossus bartoni olmosi Jared Diamond[33] sharafiga nomlangan.
- 1992 Tanner Lecturer, University of Utah[34]
- 1992 Rhône-Poulenc Prize for Science Books for The Third Chimpanzee[12]
- 1997 Phi Beta Kappa Science Book Prize for Guns, Germs and Steel
- 1998 Pulitzer Prize for General Non-Fiction for Guns, Germs and Steel[35][36]
- 1998 California Book Awards, Gold Medal in nonfiction for Guns, Germs and Steel
- 1998 Aventis Prize for Science Books for Guns, Germs and Steel[12]
- 1998 International Cosmos Prize[5]
- 1999 Lannan Literary Award for Nonfiction
- 1999 National Medal of Science[37]
- 2001 Tyler Prize for Environmental Achievement
- 2002 Lewis Thomas Prize for Writing about Science
- 2004 A foreign holder of honorary title of Academician[38] in Academy of Finland
- 2005 Elected Honorary Fellow, Trinity College, Cambridge, England[39]
- 2006 Royal Society Prize for Science Books for Collapse (shortlisted)[12]
- 2006 Dickson Prize in Science
- 2008 PhD Honoris Causa at the Katholieke Universiteit Leuven, Belgium
- 2013 Wolf Prize in Agriculture[40]
- 2016 American Humanist Association Humanist of the Year
Tanlangan bibliografiyasi tahrir
- 1992: The Third Chimpanzee: The Evolution and Future of the Human Animal (ISBN 0-06-098403-1-)
- 1997: Why Is Sex Fun? (ISBN 0-465-03127-7-)
- 1997: Guns, Germs, and Steel: The Fates of Human Societies (ISBN 978-0-099-30278-0). Also published with the title Guns, germs and steel: A short history of everybody for the last 13,000 years (ISBN 978-0099302780)
- 2005: Collapse: How Societies Choose to Fail or Succeed (ISBN 978-0241958681)
- 2010: Natural Experiments of History, with James A. Robinson (ISBN 0-674-03557-7)
- 2012: The World Until Yesterday: What Can We Learn from Traditional Societies? (ISBN 978-0141024486)
- 2015: The Third Chimpanzee for Young People: The Evolution and Future of the Human Animal (ISBN 9781609806118)
- 2019: Upheaval: How Nations Cope with Crisis and Change (ISBN 978-0316409131)
Yana qarang tahrir
Manbalar tahrir
- ↑ 1,0 1,1 „Jim Al-Khalili talks to Jared Diamond about his journey from the gall bladder to global history via a passion for the birds of Papua New Guinea.“. Qaraldi: 19-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Prospect/FP Top 100 Public Intellectuals Results“ (15-oktyabr 2005-yil). Qaraldi: 1-mart 2016-yil.
- ↑ 3,0 3,1 McKie, Robin. „Jared Diamond: what we can learn from tribal life“. The Observer (5-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2013-yil.
- ↑ Jared Diamond in conversation with Michael Berkeley on the BBC Radio 3 program Private Passions (broadcast March 3, 2013)
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „The Prize Winner, 1998“. Expo-Cosmos. 3-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-may 2009-yil.
- ↑ „Geografia politica“. LUISS Guido Carli. Qaraldi: 8-mart 2019-yil.
- ↑ „The President's National Medal of Science: Recipient Details“. National Science Foundation (1999). Qaraldi: 8-mart 2019-yil.
- ↑ „Understanding History With 'Guns, Germs, And Steel'“. NPR (8-sentyabr 2011-yil). Qaraldi: 8-mart 2019-yil.
- ↑ Diamond, J.; Bishop, K. D.; Gilardi, J. D. (August 5, 2004). „Geophagy in New Guinea birds“ (PDF). Ibis. 141-jild, № 2. 181-bet. doi:10.1111/j.1474-919X.1999.tb07540.x. ISSN 0952-8369. Qaraldi: March 8, 2019.
- ↑ „The Animal Attraction“. Australian Broadcasting Corporation (2001). 7-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-mart 2019-yil.
- ↑ „Rapa Nui déjà vu“. The Economist. The Economist Newspaper Limited (8-oktyabr 2009-yil). Qaraldi: 8-mart 2019-yil.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 „Prize for Science Books previous winners and shortlists“. Royal Society. 19-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-may 2009-yil.
- ↑ „Los Angeles Times Festival of Books – Book Prizes – Winners by Award (science)“. Los Angeles Times. Qaraldi: 18-may 2009-yil.
- ↑ „1997 Phi Beta Kappa Science Book Award“. Phi Beta Kappa. 22-dekabr 2005-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-fevral 2014-yil.
- ↑ Lovgren, Stefan. „'Guns, Germs and Steel': Jared Diamond on Geography as Power“. National Geographic News (6-iyul 2005-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Guns, Germs & Steel: The Show“. PBS. Qaraldi: 6-dekabr 2012-yil.
- ↑ Demenocal, Peter B.; Cook, Edward R., muh. (December 2005). „Perspectives on Diamond's Collapse: How Societies Choose to Fail or Succeed“. Current Anthropology. CA Forum on Anthropology in Public. 46-jild, № supplement. S91–S99-bet. doi:10.2307/3597146. ISSN 0011-3204. JSTOR 3597146.(subscription required)
- ↑ McAnany, P.A. & Yoffee, N. (Eds) (2010). Questioning Collapse: Human Resilience, Ecological Vulnerability, and the Aftermath of Empire. Cambridge University Press.
- ↑ Diamond, Jared. „Vengeance Is Ours“. Annals of Anthropology (21-aprel 2008-yil), s. 74.(subscription required)
- ↑ Balter, M. (2009). „'Vengeance' Bites Back at Jared Diamond“. Science. 324-jild, № 5929. 872–874-bet. doi:10.1126/science.324_872. PMID 19443760.
- ↑ Maull, Samuel. „Author Jared Diamond sued for libel“. AP News (22-aprel 2009-yil). Qaraldi: 8-fevral 2012-yil.
- ↑ Smillie, Dirk. „Fresh Legal Jab At 'The New Yorker'“. Forbes (19-oktyabr 2009-yil). Qaraldi: 8-fevral 2013-yil.
- ↑ „Natural Experiments of History – Jared Diamond, James A. Robinson“. Harvard University Press. Qaraldi: 18-sentyabr 2010-yil.
- ↑ „Upheaval review: How countries seldom learn from their past“. The Irish Times (11-may 2019-yil). Qaraldi: 17-may 2019-yil.
- ↑ Martindale. „Pulitzer Prize-winning author Jared Diamond to discuss new book, 'Upheaval,' in Dallas“. The Dallas Morning News (9-may 2019-yil).
- ↑ „What to Do When You're a Country in Crisis“. The New York Times (17-may 2019-yil). Qaraldi: 20-may 2019-yil.
- ↑ „All Over the Map“. June 11, 2019.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam) - ↑ Radio interview with Jim Al-Khalili, BBC Radio 4, series The Life Scientific, broadcast 4/12/2012
- ↑ „Jared Mason Diamond“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 28-aprel 2022-yil.
- ↑ „Jared M. Diamond“. www.nasonline.org. Qaraldi: 28-aprel 2022-yil.
- ↑ „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 28-aprel 2022-yil.
- ↑ Zweifel, R. G. (2000). „Partition of the Australopapuan microhylid frog genus Sphenophryne with descriptions of new species“. Bulletin of the American Museum of Natural History. 253-jild. 1–130-bet. doi:10.1206/0003-0090(2000)253<0001:POTAMF>2.0.CO;2.
- ↑ Flannery, T.F.; Groves, C.P. (1998). „A revision of the genus Zaglossus (Monotremata, Tachyglossidae), with description of new species and subspecies“. Mammalia. 62-jild, № 3. 367–396-bet. doi:10.1515/mamm.1998.62.3.367.
- ↑ „Tanner lecturer will present on Tuesday“. SUU News. Southern Utah University (4-mart 2012-yil). 8-sentyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Jared Diamond, Geographer, Explorer-in-Residence“. National Geographic. Qaraldi: August 10, 2013.
- ↑ „The 1998 Pulitzer Prize Winners: General Nonfiction“. pulitzerprize.org (1998). Qaraldi: 10-avgust 2013-yil.
- ↑ Schmidt, Elaine. „UCLA Physiologist Dr. Jared Diamond Wins National Medal of Science“. UCLA Newsroom (30-yanvar 2000-yil). Qaraldi: 10-avgust 2013-yil.
- ↑ Jared Diamond is awarded by the Academy of Finland, October 5, 2015da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-07-25
{{citation}}
: More than one of|archivedate=
va|archive-date=
specified (yordam); More than one of|archiveurl=
va|archive-url=
specified (yordam) - ↑ „Honorary Fellows“. Trinity College (2013). Qaraldi: 8-sentyabr 2013-yil.
- ↑ Shmulovich, Michal. „Seven scientists and an architect to be awarded Israel's prestigious Wolf Prize“ (2-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 6-fevral 2013-yil.
Havolalar tahrir
- Personal website
- Diamond’s page at the UCLA Department of Geography
- UCLA Spotlight — Jared Diamond
- Jared Diamond (Wayback Machine saytida 2008-01-31 sanasida arxivlangan) with bio, conversations, podcasts at The Third Culture, (Edge Foundation)
- Jared Diamond at TED
- Appearances on C-SPAN
- Collapse: How Societies Choose to Fail or Succeed at The Earth Institute at Columbia University, April 2007
- The Evolution of Religions YouTubeda at the Center for Religion and Civic Culture, University of Southern California
- PBS — Guns, Germs and Steel at PBS (with full transcripts)
- What can we learn from traditional societies? Archived October 22, 2016, at the Wayback Machine at Royal Institution, October 2013
- Hammer Conversation with Jared Diamond and John Long, Hammer Museum, March 16, 2010
- Interview with Jared Diamond and James A. Robinson about Natural Experiments of History at New Books in History
- Jared Diamond IMDbda
- Conversation With Jared Diamond: To Solve a Crisis, We Have to Acknowledge It First