Theodor Svedberg (talaffuzi: Teodor Svedberg) (1884.30.8, Valbo — 1971.26.2) — shved fizik kimyogari. Shved Kirollik Fanlar akademiyasi aʼzosi (1934). Upsala universitetini tugatgan (1907). 1921-yildan professor Upsaldagi Yadro kimyosi instituti direktori (1949-yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kolloid kimyo, molekulalarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlash hamda elektroforezga oid. S. molekulalarning mavjudligini va zamonaviy molekulyarkinetik tasavvurlarni asoslab bergan (1907). Eritmalardan kollond zarrachalarni ajratib olishning ultratsentrifugalash usulini kashf etgan (1919) va yuqori dispers zollarni tekshirish uchun ultratsentrifugalar yasagan (1923). Nobel mukofoti laureati (1926).[1][2]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari