Thiago Henrique Mendes Ribeiro (talaffuzi: Tiago Enrike Mendes Ribero; 1992-yil 15-martda San-Luisda (Braziliya) tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Fransiyaning „Lyon“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Thiago Mendes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Thiago Henrique Mendes Ribeiro
Tavallud sanasi 15-mart 1992-yil (1992-03-15) (32 yosh)
Tavallud joyi São Luís, Braziliya
Boʻyi 1.77m
Ampluasi yarim himoyachi, himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lyon
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Goiás
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Goiás 96 (5)
2015—2017 São Paulo 72 (3)
2017—2019 Lille 66 (3)
2019— Lyon 95 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-sentabr 2021-yil uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Thiago Henrique „Goias“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 28-sentabrda u Braziliya B seriyasida „Portuguesa de Desportos“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[1]. 2012-yil 3-oktabrda „Bragantino“ jamoasiga qarshi kechgan duelda Thiago Henrique Mendes Ribeiro „Goias“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi[2]. Oʻsha yili u jamoaning ikkinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2013-yil 26-may kuni Thiago Henrique Braziliya A Seriyasidagi debyutini „Cruzeiro“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi[3]. 29-iyul kuni „Bahia“ jamoasiga qarshi oʻyinda u elita divizionidagi ilk golini urdi[4].

2015-yil boshida Thiago Mendes „San-Paulu“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 1-fevral kuni Poualista ligasi doirasida „Atlético Penapolense“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u debyut qildi[5].

2017-yilning 8-iyulida Mendes FransiyaningLille“ klubiga oʻtdi. 2017-yilning 6-avgustida u Liga 1dagi debyutini „Nant“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi[6]. 14-oktabr kuni „Troyes“ futbol klubiga qarshi duelda Thiago Henrique Mendes Ribeiro „Lille“ jamoasi safida ilk golini urdi[7].

2019-yilning 3-iyulida Thiago Henrique „Lyon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[8][9]. Thiago Henrique chempionatning birinchi kunida „Monaco“ futbol klubiga qarshi oʻyinda klubdagi rasmiy debyutini oʻtkazdi. U ikkita uzatmani amalga oshirdi va buning evaziga uning jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro kubok Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Goiás 2012 35 1 6 0 0 0 41 1
2013 27 1 7 0 34 1
2014 34 3 2 0 4 1 1 0 41 3
Jami 96 5 15 0 4 1 1 0 116 3
São Paulo 2015 35 1 5 1 3 0 11 0 54 2
2016 32 2 2 0 14 1 14 1 62 4
2017 5 0 5 0 1 1 15 4 26 5
Jami 72 3 12 1 18 2 40 5 142 11
Lille 2017—2018 31 3 2 1 2 0 35 4
2018—2019 35 0 2 0 0 0 37 0
Jami 66 3 4 1 2 0 72 4
Lyon 2019—2020 22 0 3 0 4 0 8 0 37 0
2020—2021 32 0 3 0 35 0
2021—2022 29 1 0 0 8 0 37 1
Jami 83 1 6 0 4 0 16 0 114 1
Umumiy faoliyatida 277 12 36 2 6 0 30 3 41 5 371 18

Manbalar tahrir

  1. „Португеза Деспортос VS. Гояс 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (28-sentabr 2011-yil). 2-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  2. „Гояс VS. Брагантино 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (3-oktabr 2012-yil). 2-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  3. „Крузейро VS. Гояс 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (26-may 2013-yil). 2-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  4. „Баия VS. Гояс 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (29-iyul 2013-yil). 2-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil.
  5. „Пенаполенсе VS. Сан-Паулу 1:3“ (inglizcha). soccerway.com (1-fevral 2015-yil). 13-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  6. „Лилль VS. Нант 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (6-avgust 2017-yil). 9-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  7. „Лилль VS. Труа 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (14-oktabr 2017-yil). 12-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2018-yil.
  8. „Thiago Mendes transféré de Lille à Lyon (officiel)“. L'Équipe (3-iyul 2019-yil). 12-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2019-yil.
  9. „El Lyon mueve ficha e incorpora a Thiago Mendes tras la salida de Ndombélé“. Marca (3 de julio de 2019). 12-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2021-yil.