This Never Happened Before

Paul McCartney ijro etgan qoʻshiq

This Never Happened Before“ (tarjimasi „Oldin hech bunday boʻlmagan“) — ingliz xonandasi va qoʻshiqnavisi Paul McCartney ijro etgan qoʻshiq. McCartneyning 2005-yil chiqarilgan „Chaos and Creation in the Backyard“ albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq AQSh radio stansiyalarida 2006-yilda eʼlon qilingan va „Billboard“ jurnalining „Voyaga yetganlar uchun zamonaviy [qoʻshiqlar]“ (inglizcha: Adult Contemporary) xit-paradida 27-pogʻonagacha koʻtarilgan[1]. „This Never Happened Before“ Keanu Reeves va Sandra Bullock bosh rollarni oʻynagan „The Lake House“ (2006) filmi saundrekiga kiritilgan. Qoʻshiq Bullockning tugʻilgan kunida Reeves bilan Bullock valsga tushgan sahnada yangraydi.

„This Never Happened Before“
Paul McCartney qoʻshigʻi
„Chaos and Creation in the Backyard“ albomidan
B tomon „This Never Happened Before (albom versiya)“
Chiqarilgan sanasi 2006
Yozib olingan 2003-yil noyabr
Studiya RAK, London
Janr Rok
Davomiyligi 3:26 (album versiya)
3:13 (radio versiya)
Leybl Capitol
Matn muallif(lar)i Paul McCartney
Prodyuser(lar) Nigel Godrich
Paul McCartney singllari xronologiyasi
„Really Love You“
(2005)
This Never Happened Before
(2006)
„Dance Tonight“
(2007)

McCartney taronani ilk bor shaxsiy massajchisiga toʻy sovgʻasi oʻlaroq tuhfa qilgan[2]. Xonandaning soʻzlariga koʻra, taronaning demosini massajchi qizga ijro etib berganida u qoʻshiq ajoyib ekanligini, yaqinda turmushga chiqishini aytgan. Bunga javoban McCartney qoʻshiqning ilk yozuvini unga toʻy sovgʻasi oʻlaroq yuborishni taklif qilgan. Massajchi qiz bunday qilinsa, qoʻshiq tarqalib ketishi xavfi borligini aytgan. Xonanda massajchini bundan xavotir olmaslikka chorlab, toʻydan keyin qoʻshiq diskini unga qaytarib berishni soʻragan. Pirovardida „This Never Happened Before“ qoʻshigʻi juftlikning toʻyida ilk bor yangragan — ular mazkur qoʻshiqqa raqsga tushishgan[3]. Yillar oʻtib singl oʻlaroq chiqarilgan.

Jamoa tahrir

Qoʻshiqni yozib olishda quyidagi shaxslar ishtirok etgan:

  • Paul McCartney — vokal, „Yamaha“ royali, „Höfner“ bas-gitarasi, „Epiphone Casino“ elektrogitarasi, Ludwig barabanlari
  • Millennia Ensemble — torli va puflama musiqa cholgʻular
  • Joby Talbot — aranjirovka

Manbalar tahrir

  1. „Paul McCartney Charts and Awards“ (inglizcha). Allmusic. Qaraldi: 2011-yil 14-oktyabr.
  2. „Paul McCartney's 15 greatest songs ever, ranked“ (inglizcha). Smooth Radio (24-iyun 2022-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2022-yil.
  3. „This Never Happened Before“ (inglizcha). The Paul McCartney Project. Qaraldi: 6-dekabr 2022-yil.

Havolalar tahrir