This is the Place
„This is the Place“ yodgorligi (inglizcha: This is the Place Monument) shu nomli bogʻda joylashgan Mormon tadqiqotchilari va Amerika Gʻarbiy koʻchmanchilarining tarixiy yodgorligidir. Yuta shtatidagi Solt-Leyk-Siti shahrining sharqiy tomonida, Settler kanyonining boʻsagʻasida joylashgan.
This is the Place monument | |
---|---|
Amerika Qo'shma Shtatlari Yuta "This is the place" monumenti | |
Koordinatalari | 40°45′11″ 111°48′46″ |
Joylashuv | Yuta Solt leyk Siti |
Binokor | Maxonri Yung |
Material | Bronza, granit |
Balandligi | 60 fut (18 metr) |
Qurila boshlagan | 1937-yil |
Qurilish tamomlangan | 1947-yil |
Ochilish sanasi | 1947-yil |
Vebsayt | http://www.thisistheplace.org |
Xarita | |
Koordinatalari | 40°45′11.5″N 111°48′46.8″W / 40.753194°N 111.813000°W |
Tarixi
tahrir1847-yil 24-iyulda Iso Masihning Oxirgi zamon avliyolari cherkovining ikkinchi prezidenti Brigham Young oʻz sayohatini Solt-Leyk-Siti shahriga asos solgan joy yaqinida toʻxtatib, shunday dedi: „Bu toʻgʻri joy. Bu yerga keling“. Shu soʻz bilan Mormonlarning Tuzli koʻl vodiysiga koʻchishi boshlandi[1][2][3]. Oʻshandan beri har yili 24-iyul Yuta shtatida Marmonlar kuni sifatida nishonlanadi[4].
1915-yilgacha Brigham Youngning aravasi toʻxtagan joyda oddiy yogʻoch xoch bor edi[5]. 1917-yilda Brigham Roberts va uning izdoshlari bu yerda yogʻochdan yasalgan yodgorlik oʻrnatishadi. 1921-yilda uning oʻrniga 1917-yilgi yodgorlikning sharqida turgan oq tosh obelisk qoʻyildi. Mavjud yodgorlikning tarixi 1937-yilda, haykaltarosh va Brigham Youngning nabirasi Mahonri Youngga Yuta hukumati va turli din vakillaridan iborat komissiya topshirigʻi bilan yangi va kattaroq yodgorlikni loyihalash topshirilishi bilan boshlanadi. 1947-yil 24-iyulda, Mormonlarning vodiyga koʻchishining 100 yilligi munosabati bilan yodgorlik cherkovning sakkizinchi prezidenti Jorj Albert Smit tomonidan qariyb 50 ming kishi ishtirokida[6]ochiladi. 1957-yilda bir guruh xususiy shaxslar yodgorlik atrofidagi yerlarning katta qismini sotib olib, tijorat maqsadlarida foydalanishning oldini olish uchun davlatga berdilar, natijada 1500 gektardan ortiq maydonda bogʻ yaratildi[7]. 2007-yilda yodgorlik qayta tiklandi[8].
Monument koʻrinishi
tahrirYodgorlik balandligi 60 fut (18 metr) va kengligi 86 fut (26 metr) granit va bronzadan yasalgan. Haykaltarosh uchta katta plintus va ular orasidagi ikkita steladan iborat qilib ishlov bergan. Markaziy va eng baland plintda Xeber Kimbol, Brigham Yang va Uilford Vudraffning tik turgan haykallari joylashgan. This is the Place yozuvi mavjud. Pastki tomonning ikkala tarafida toʻqqizta otliqning chopayotgan barelyeflari va tagida ikkita figurali — Orson Pratt (otda) va Erast Shou (tik turib) salomlashish uchun shlyapalarini silkitib turgan xolda tasvirlangan. Ularning poydevorida Bibliya 2:2, 35:1 dan iqtiboslar bor.
Poydevorda yodgorlikning yaratilishi va tarixi haqida lavha oʻrnatilgan. Ikki yon stelada Mormonlarning oilalari bilan aravalari qatori tasvirlangan. Orqa tomonda shtat tarixidagi oltita timsol: Etyen Provost, Vashaki, Piter Skiny Ogden , Benjamin Bonnevil, Yan Desmet, Jon Fremont tasvirlangan. Ikkita ekstremal poydevorda koʻchmanchilarning haykaltarosh guruhlari, shu jumladan 1776-yilgi ispan ekspeditsiyasi aʼzolari , Donner otryadining Mormonlari va Uilyam Eshli boshchiligidagi Amerika moʻyna kompaniyasining ishchilari tasvirlangan[9][10].
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2014-08-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-06-02
- ↑ http://www.mormonnewsroom.org/article/brigham-young
- ↑ http://www.deseretnews.com/article/705318886/This-Is-the-Place-monument-isnt-quite-at-actual-Place.html?pg=all
- ↑ arxiv nusxasi, 2015-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-06-02
- ↑ arxiv nusxasi, 2014-08-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-06-02
- ↑ http://www.juvenileinstructor.org/linking-one-generation-to-another-dedicating-the-this-is-the-place-monument-1947/
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
- ↑ arxiv nusxasi, 2018-10-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-06-02
- ↑ http://www.scienceviews.com/parks/thisistheplace.html
- ↑ arxiv nusxasi, 2017-05-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-06-02
Adabiyotlar
tahrir- This Is The Place Monument Dedication, „Improvement Era“.
- Smith, Henry A. 50,000 attend 'This is the Placeʼ site ceremony.
- Pres. Smith realizes dream of dedication, „Deseret News“.