Thomas Cullum Pyatt (talaffuzi: Tomas Kullum Pyatt) (1987-yil 14-fevralda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Thomas Pyatt oʻz faoliyatining koʻp qismini Milliy xokkey ligasida (NHL) „Montreal Canadiens“, „Tampa Bay Lightning“ va „Ottawa Senators“ kabi xokkey jamoalarida oʻtkazdi. Pyatt, shuningdek, Milliy ligada (NL) „Genève-Servette HC“ va „SC Rapperswil-Jona Lakers“ va Shvetsiya xokkey ligasida (SHL) „Skellefteå AIK“ kabi xokkey jamoalari bilan oʻynagan edi.

Thomas Pyatt
Pyatt Tampa Bay Lightning klubida
Tugʻilgan joyi 14-fevral 1987-yil (1987-02-14) (37 yosh)
Thunder Bay, Ontario, Kanada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 181 lb (82 kg; 12 st 13 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Montreal Canadiens
Tampa Bay Lightning
Genève-Servette HC
Ottawa Senators
Skellefteå AIK
SC Rapperswil-Jona Lakers
NHLga kirish drafti 107-oʻrindagi tanlov, 2005
New York Rangers
Jamoalardagi faoliyat 2006—2020

Oʻyin faoliyati

tahrir

Havaskor

tahrir

Pyatt oʻzi tugʻilgan Thunder Bay shahridagi (Ontario shtati) „Thunder Bay Kings AAA“ xokkey dasturida oʻynab oʻsgan. Thomas Pyatt oʻzining asosiy karyerasini 2003—2004-yillarda boshlagan. Shundan soʻng, Thomas Pyatt „New York Rangers“ xokkey klubi safiga 2005-yilgi NHLga kirish loyihasida 107-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Professional

tahrir

Pyatt oʻzining yangi professional mavsumini 2007—2008-yillarda „New York Rangers“ klubining kichik liga filiallari; Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Hartford Wolf Pack“ klubi bilan 41 oʻyinda 14 ochko jamgʻargan va ECHLning „Charlotte Chekers“ xokkey klubi bilan 16 ta oʻyinda 15 ochko toʻplagan holda oʻtkazdi.

2009-yil 30-iyunda Thomas Pyatt „New York Rangers“ xokkey klubi tomonidan Scott Gomez va Michael Bustolar bilan birga „Montreal Canadiens“ xokkey klubi aʼzolari Chris Higgins, Ryan McDonagh, Pavel Valentenko va Doug Janiklar evaziga almashtirildi[1].

2009-yil 5-noyabrda Thomas Pyatt NHLdagi debyutini „Boston Bruins“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. 2010-yil 10-fevralda Thomas Pyatt oʻzining birinchi NHL golini urdi[2].

Thomas Pyatt 2010—2011-yilgi mavsumdan soʻng cheklanmagan erkin agentga aylandi va 2011-yil 6-iyulda „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2012-yil 9-yanvarda u „Tampa Bay Lightning“ klubi bilan yana ikki yillik shartnoma imzoladi.

2014-yil 4-avgustda Thomas Pyatt Milliy liga (NL) vakili „Genève-Servette HC“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[3]. 2014-yil 31-dekabrda Thomas Pyatt klub safida Spengler kubogini qo‘lga kiritdi.

2016-yil 24-mayda Thomas Pyatt "Ottawa Senators' xokkey klubi bilan NHLda 800 000 dollar va AHLda 200 000 dollarlik bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[4].

2018—2019-yilgi mavsumda, „Senators“ klubi bilan shartnomasining so‘nggi yilida, Pyatt 2019-yil 1-yanvarda klubni tark etdi[5]. 2019-yil 2-yanvar kuni Thomas Pyatt „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[6]. U

Faoliyat statistikasi

tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

tahrir
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2003—2004 Saginaw Spirit OHL 67 9 9 18 21
2004—2005 Saginaw Spirit OHL 57 18 30 48 14
2005—2006 Saginaw Spirit OHL 58 24 29 53 29 4 1 2 3 4
2006—2007 Saginaw Spirit OHL 58 43 38 81 18 6 3 5 8 0
2006—2007 Hartford Wolf Pack AHL 1 0 0 0 0
2007—2008 Hartford Wolf Pack AHL 41 4 7 11 6 3 0 0 0 0
2007—2008 Charlotte Checkers ECHL 16 6 9 15 8 3 0 0 0 0
2008—2009 Hartford Wolf Pack AHL 73 15 22 37 22 4 0 0 0 2
2009—2010 Hamilton Bulldogs AHL 41 13 22 35 8
2009—2010 Montreal Canadiens NHL 40 2 3 5 10 18 2 2 4 2
2010—2011 Montreal Canadiens NHL 61 2 5 7 9 7 0 0 0 0
2011—2012 Tampa Bay Lightning NHL 74 12 7 19 8
2012—2013 Tampa Bay Lightning NHL 43 8 8 16 12
2013—2014 Tampa Bay Lightning NHL 27 3 4 7 4 1 0 0 0 0
2014—2015 Genève-Servette HC NLA 50 11 22 33 10 11 2 8 10 0
2015—2016 Genève-Servette HC NLA 42 11 18 29 8 5 1 3 4 0
2016—2017 Ottawa Senators NHL 82 9 14 23 16 14 2 0 2 0
2017—2018 Ottawa Senators NHL 81 7 15 22 10
2018—2019 Ottawa Senators NHL 37 0 2 2 2
2018—2019 Utica Comets AHL 36 6 13 19 6
2019—2020 Skellefteå AIK SHL 38 4 8 12 4
2019—2020 SC Rapperswil-Jona Lakers NL 8 1 2 3 0
AHL jami 192 38 64 102 42 7 0 0 0 2
NHL jami 445 43 58 101 71 40 4 2 6 2

Xalqaro

tahrir
Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2005-yil Kanada WJC18   6 3 2 5 4
2006-yil Kanada WJC   6 1 0 1 16
2007-yil Kanada WJC   6 1 3 4 2
2015-yil Kanada SC   4 2 2 4 2
Oʻsmirlar safida 18 5 5 10 22
Kattalar safida 4 2 2 4 2

Manbalar

tahrir
  1. „Montreal Canadiens acquire Scott Gomez from New York Rangers“. ESPN (2009-yil 30-iyun). Qaraldi: 2009-yil 1-iyul.
  2. „Canadiens post Wild OT victory over Capitals“. Montreal Canadiens (2010-yil 10-fevral). 2011-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-fevral.
  3. „Tom joins Taylor Pyatt in Geneve“ (French). Genève-Servette HC (2014-yil 4-avgust). Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
  4. „Senators agree to terms with forward Tom Pyatt on a one-year, two-way contract“. National Hockey League. Qaraldi: 2016-yil 24-may.
  5. „Senators place Tom Pyatt on waivers“. The Sports Network (2019-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
  6. „Canucks acquire McKenna, Pyatt and sixth round pick from Senators“. Vancouver Canucks (2019-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 2-yanvar.