Tibet astrologiyasi
Tibet astrologiyasi – Xitoy va Hindiston astrologiyasi elementlarini oʻz ichiga olgan anʼanaviy tibet taʼlimoti. Tibet anʼanaviy tibbiyoti bilan bogʻliq boʻlganligi sabab, Tibet madaniyatining muhim qismi hisoblanadi[1].
Yaratilish tarixi
tahrirTibet astrologiyasi sinkretik tizim boʻlib, ikkita asosiy qismga boʻlinadi[2]:
Kartsi – „oq“ astrologiya yoki hind astrologiyasining taʼsiri ostida shakllangan „yulduzlar“ astrologiyasi. Bu tizimda matematik hisob-kitoblar qoʻllanadi. U gʻarbiy astrologik anʼana bilan yaqin. Junchi yoki nagtsi – „elementlar“ astrologiyasi yoki „qora“ astrologiya boʻlib, u xitoy manbalari taʼsiri ostida shakllangan. Bu tizimda hisob-kitoblar minimal darajada amalga oshiriladi, koʻproq psixologik talqinlar mavjud[2].
Ranglar farqlari Xitoy uchun Tibetcha astrologiya Rgya-Nag – „qora makon“ va Hindiston uchun esa Rgya-dKar – „oq makon“ atamalari bilan keladi. Atamaga mos astrologlar kiygan kiyimlar rangi ham farq qiladi[2].
Tibet astrologiyasining xitoy yoʻnalishi rivojlanishga turtki olgan davr Tibet qiroli Songtsen Gampo Xitoy malikasi Venchengga uylanganidan keyin (VII-asr oʻrtalarida) boshlangan. Malika oʻzi bilan birga bir qator xitoy astrologik va tibbiy traktatlarni olib kelgan deb maʼlumot beriladi.
Yana boshqa afsonaga koʻra, elementlar astrologiyasi Tibetga Konfutsiy tomonidan keltirilgan, tibetliklar uni Kongtse deb atashadi. Elementlar astrologiyasi paydo boʻlish vaqtining aniq hisob-kitoblariga asoslangan va koʻpincha shaxsiy burjnomalar tuzish uchun qoʻllanadi.
Oq astrologiyaning paydo boʻlishi 1027-yilda Kalachakra-tantrani sanskritdan tibet tiliga tarjima qilinishi bilan bogʻlanadi. Olov quyon yilida, 60 yillik astrologik tsikl rabjung Tibet taqvimi asosiga qoʻyilgan[3].
Oq astrologiyaning bir qismi, unli tovushlar orqali namoyon boʻlish bilan bogʻlanib, Shiva-svarodaya-tantra va Kalachakra-tantra taʼsiri ostida shakllangan. Bu tizim ham gʻarb astrologiyasi bilan oʻxshashliklarga ega. Unda keng koʻlamli astronomik hisob-kitoblar qoʻllanadi, beshta sayyora (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn), Quyosh, Oy, ikkita Oy tuguni (Rahu va Ketu) hisobga olinadi.
Bashorat usullari
tahrirBashorat qilish tibetliklar hayotida muhim oʻrin tutadi va u turli xil shakllarga ega. Astrologik hisob-kitoblar, turli xil folbinliklar, mediatik bashoratlar va hokazo. Koʻp hollarda tibetliklar kundalik mayda savollarda folbinlik uchun tasbehdan foydalanganlar. Boshqa keng tarqalgan usullar – astrologik taqvimdagi „muvaffaqiyatli“ yoki „nomuvaffaqiyatli“ kunlarga qarab tekshirish, bashoratli belgilarni aniqlash, qurra tashlashdir va boshqa.
Astrologiya, turli madaniyatlar taʼsiri ostida shakllangan tibet geomantiyasida ham qoʻllanadi. Geomantiyaga binolar qurilishi va Yerga zarar yetkazish bilan bogʻliq boshqa harakatlar uchun yordam soʻralgan[4].
Zamonaviy holat
tahrirAstrologik hisob-kitoblar koʻpgina tibetliklarning hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Tibetliklar odatda oʻz hayotlarini astrologik maʼlumotlarga muvofiq rejalashtiradilar. Toʻy kuni, sayohat boshlanishi, qurilish, don ekish, hosil yigʻish yoki boshqa tadbirlarni astrologning tavsiyalari asosida tanlanadi. Tibet tibbiyoti va astrologiyasi instituti Men-tsi-khang har yili rasmiy tibet taqvimi boʻlgan astrologik almanaxni nashr etadi va unda „omadli“ va „omadsiz“ kunlar koʻrsatilgan.
Men-tsi-khang XIV Dalay-lamaning tashabbusi bilan tibet tibbiyoti va astrologiyasini saqlash hamda rivojlantirish uchun Dharamsalada qayta tashkil etilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Mona Schrempf.. Soundings in Tibetan Medicine: Anthropological and Historical Perspectivesю. BRILL, 2007 — 109-449-bet. ISBN ISBN 9789004155503..
- ↑ 2,0 2,1 2,2 John Powers, David Templeman.. Astrology // Historical Dictionary of Tibet.. Scarecrow Press, 2012 — 123-832-bet. ISBN ISBN 9780810879843..
- ↑ John Powers, David Templeman.. Historical Dictionary of Tibet.. Scarecrow Press, 2012 — 440-441-bet. ISBN ISBN 9780810879843..
- ↑ John Powers, David Templeman.. Historical Dictionary of Tibet.. Scarecrow Press, 2012 — 572-bet. ISBN ISBN 9780810879843..
- ↑ Imagine All the People: A Conversation with the Dalai Lama on Money, Politics, and Life As It Could Be.. Wisdom Publications., 2001 — 129-130-bet. ISBN ISBN 9780861711505..
Adabiyotlar
tahrir- Robert Beér. The Tibetan Astrological Diagram // The Encyclopedia of Tibetan Symbols and Motifs. – Serindia Publications, Inc., 2004. – S. 115—123. – 368 s. – ISBN 9781932476101.
- L. Austine Waddell. Astrology and divination // Buddhism of Tibet Or Lamaism. – Kessinger Publishing, 2003 (1895). – S. 450—474. – 664 s.
- John Crook, Henry Osmaston. The tibetan calendar and astrology in the regulation of Zangskari agriculture // Himalayan Buddhist Villages Environment, Resources, Society And Religion Life In Zagskar, Ladakh Eds.. – Motilal Banarsidass Publ., 2001. – S. 111—119. – 1029 s. – ISBN 9788120812017.
- Cornu, Philippe. Tibetan Astrology. – Shambhala, 1997. – ISBN 1-57062-217-5.