Tim Sweeney (o'yin yaratuvchisi)

Timothy Dean Sweeney (1970-yilda tugʻilgan) – amerikalik video oʻyin dasturchisi va biznesmen hisoblanadi. U Epic Games kompaniyasi asoschisi va bosh direktori, shuningdek, oʻyin ishlab chiqishda eng koʻp foydalaniladigan platformalaridan biri boʻlmish Unreal Engine ning yaratuvchisi hamdir. Sweeney Shimoliy Karolinada katta miqdorda yer sotib olgan va bu bilan u shtatdagi eng yirik xususiy yer egalaridan biriga aylangan.

Tim Sweeney

Sweeney "Game Developers Choice Awards" taqdirlash marosimi. 2017-yil
Tavalludi
Timothy Dean Sweeney[1]

1970-yil[2]
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi University of Maryland
Kasbi Video o'yinlar yaratuvchisi va Biznesmen
Unvoni Epic Games kompaniyasi asoschisi va boshqaruv direktori
Mukofotlari AIAS Hall of Fame Award (2012)[3]
GDC Lifetime Achievement Award (2017)[4]

Hayotining boshlangʻich davri

tahrir

Sweeney Maryland shtatining Potomak shahrida ulgʻaygan boʻlib, uchta aka-ukaning eng kichigi hisoblanadi. Yoshligidanoq u mexanik va elektr asboblari bilan turli sinovlar oʻtkazishga qiziqib qolgan va oʻzini taʼkidlashicha besh-olti yoshlarida u maysa oʻradigan mashinani boʻlaklarga ajrata olgan hamda keyinchalik oʻzining go-kartini yashagan.[5] U 1970-yillarning oxirida mashhur boʻla boshlagan arkada janridagi oʻyinlarga qiziqib qolgan, yoshligida olib tashlab yoki tuzatib yurgan mexanik buyumlar kabi oʻyinlar ham uskunalar yordamida yaratilishini bildi.[5]

11 yoshida Sweeney Kaliforniyadagi akasining yangi startapini borib koʻrdi, u yerda Sweeney IBM shaxsiy kompyuterlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan. Sweeney hafta davomidaBASIC tilini oʻrgandi va dasturlashga qiziqishini shakllantirdi. U ilgari Commodore 64 kompyuteriga ega boʻlgan boʻlsa-da, Sweeney IBM PC dan foydalanish qanchalik oson ekanligiga koʻproq eʼtibor qaratdi.[6] Uning oilasi Apple II shaxsiy kompyuteriga ega boʻlgach, Sweeney Atari 2600 oʻyini ruhidagi Sarguzasht 2 ni yaratishga harakat qilib, uni qanday dasturlashni oʻrganishni boshlab yubordi. Sweeney 11 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan vaqt oraligʻida, onlayn eʼlonlar taxtasidagi maʼlumotlardan foydalanib dasturlashni oʻrgatish uchun 10 000 soatdan ortiq vaqt sarflagan va bir nechta oʻyinlarni dasturlashni yakunlagan, lekin buni ommaga taqdim etmagan. Shuningdek, u akalaridan tadbirkorlik tushunchalarini ham oʻrgangan. U oʻsmirlik chogʻida oʻsha hududdagi badavlat insonning maysazorlarini boshqalarning xizmati narxining yarmiga oʻrib berishini taklif qilib, yaxshigina pul ishlab topgan.[5]

Mukofotlar va eʼtirof

tahrir
  • Wired jurnali Sweeneyga 2007-yilda Gears of War blokbasterining texnologiyasi boʻlgan Unreal Engine 3 ustida ishlagani uchun Rave mukofoti ni taqdim etdi.[7]
  • Uning tabiatni muhofaza qilish borasidagi saʼy-harakatlarini eʼtirof etgan holda, Sweeney 2013-yilda Shimoliy Karolina Yovvoyi tabiat federatsiyasi tomonidan „Yilning eng yaxshi yer muhofazachisi“ deb topildi va keyinchalik 2014-yilda Shimoliy Karolina yer trestlari uni „Yilning eng yaxshi koʻngilli tabiatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisi“ mukofoti bilan taqdirladilar.[8][9]
  • 2017-yilda Sweeney Game Developers Choice Awards taqdirlash marosimida " Umr boʻyi muvaffaqiyatlari uchun „ mukofotiga sazovor boʻldi.
  • 2019-yilda u Britaniyaning MCV video oʻyinlar sanoati savdosi jurnali tomonidan “Yil odami" deb topilgan.[10] U, shuningdek, Shimoliy Karolina aholisining shtat uchun qoʻshgan hissalarini eʼtirof etuvchi The News & Observer jurnalining " Tar heels of the year award " mukofotining finalisti ham boʻlgan.[11]
  • " Forbes Media Awards 2020 " da Sweeney oʻz kompaniyasi bilan Fortnite oʻyinini yaratgani va uni ijtimoiy tarmoqqa aylantirgani, hamda 28 millionta obunachilarni jalb etgan Travis Skottning oʻyin ichidagi kontserti kabi onlayn tadbirlarni oʻtkazgani uchun “Yil odami" deb tanlandi.[12]

Shaxsiy hayoti

tahrir

Sweeney Shimoliy Karolina shtatining Keri shahrida yashaydi. Forbes maʼlumotlariga koʻra, -mart, 2022-yil(2022-03-00) holatiga koʻra, uning boyligi 7,6 milliard dollarni tashkil qiladi. Biroq Bloomberg uning boyligini 9,6 milliard dollarga baholagan.[13]

2006-yildan beri Sweeney kompyuter dasturlari bilan bogʻliq bir nechta patentlarni qoʻlga kiritgan.

Nashrlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Timothy Dean Sweeney Inventions, Patents and Patent Applications“. Justia Patents. Qaraldi: 2020-yil 9-fevral.
  2. Edwards, Benj „Features - From The Past To The Future: Tim Sweeney Talks“. Gamasutra (2009-yil 25-may). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-avgust.
  3. Purchese, Robert „Epic Games founder Tim Sweeney enters AIAS Hall of Fame“. Eurogamer (2011-yil 12-avgust). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  4. Chalk, Andy „Tim Sweeney earns the Game Developers Choice Lifetime Achievement Award“. PC Gamer (2017-yil 20-yanvar). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-dekabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 Totilo. „The Quiet Tinkerer Who Makes Games Beautiful Finally Gets His Due“. Kotaku (2011-yil 12-iyul). 2014-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-sentyabr.
  6. Totilo. „The Quiet Tinkerer Who Makes Games Beautiful Finally Gets His Due“. Kotaku (2011-yil 12-iyul). 2014-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-sentyabr.
  7. „The 2007 Rave Awards“. Wired. April 24, 2007. August 24, 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 24, 2017.
  8. McBrayer. „Rutherford Electric power line issue battled in courts“. The News Herald (2014-yil 10-sentyabr). 2021-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  9. „Box Creek Wilderness owner honored for conservation“. Citizen-Times (2014-yil 7-may). 2021-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-mart.
  10. „Here are your MCV Awards 2019 winners!“. MCV (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2019-yil 14-mart.
  11. Eanes. „Epic Games CEO Tim Sweeney, Tar Heel of the Year finalist, changed video game industry“. The News & Observer (2019-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 15-fevral.
  12. Chmielewski. „Forbes Media Awards 2020: Why 'Fortnite' Overlord Tim Sweeney Is Our Person Of The Year“. Forbes (2021-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
  13. „Tim Sweeney“. Bloomberg. Qaraldi: 2022-yil 3-may.

Qoʻshimcha manbalar

tahrir

Qoʻshimcha adabiyotlar

tahrir

Tashqi havolalar

tahrir