Fatima Angelica Lontoc Cruz (7-dekabr 1966-yil; Amerika Qoʻshma Shtatlari) — ekranda Timmy Cruz nomi bilan tanilgan filippinlik qoʻshiqchi va kino aktrisasi[1].

Timmy Cruz
Tavalludi
Fatima Angelica Lontoc Cruz

7-dekabr 1966-yil (1966-12-07) (57 yosh)
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari

1986-2016-yillar;

2024-hozirgi kungacha

Karyerasi

tahrir

Timmy Cruz 1980-yillarda oʻzining „Boy“, „Joke Lang“ va „Tingin“ kabi qoʻshiqlarini chiqardi hamda ushbu qoʻshiqlari orqali anchagina mashhur boʻldi.

Shuningdek, Viva Films tomonidan ishlab chiqarilgan „Kumander Bawang: Kalaban ng Mga Aswang“ (1988), „Kung Kasalanan Man“ (1989), „Pangarap Na Ginto“ (1990), „Di Na Natuto“ (1993) va „Sara Balabagan Story“ (1997) kabi mashhur filmlarda rol ijro etdi. U „Sheman: Mistress of the Universe“ filmida Joey de Leonning bosh xonimi, „Alfredo Lim: Batas ng Maynila“ filmida Eddie Garcia rolini hamda „Batas ng .45“ filmida Fernando Poe Jr. Rollarini oʻynash orqali shou-biznesda anchagina mashhurlikka erishgan.

Timmy Cruz „GMA Network“ teleserialida, „Villa Quintana“ (1995), "Halik sa Apoy " (1998) va "Sinner or Saint " (2011) filmlarida ham rol ijro etgan. Shuningdek, „ABS-CBN“ teleseriallarida, „Lobo“ (2008), „Love Is Only in the Movies“ (2010) va „Kapitan Inggo“ (2011) filmlarida ham chiqish qilgan.

Cruz 2009-yilda Fr. Neri Satur Environmental Heroism Award mukofotini qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Uning otasi Atty Angel Cruz va onasi Lourdes Lontok tadbirkor va fuqarolik yetakchisi boʻishgan. Cruz Filippin universitetida biznes boshqaruvi fakultetida, AQSHning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko universitetida esa bank va moliya fakultetida tahsil olgan.

Filmografiyasi

tahrir
Yil Film Rol Ishlab chiqaruvchi kompaniyasi
1988-yil Kumander Bawang: Kalaban ng Mga Aswang Carmen Viva Films
Sheman: Mistress of the Universe Ligaya
1989-yil M&M, The Incredible Twins
Kung Kasalanan Man
1990-yil Pangarap Na Ginto Sandy
Lumaban Ka… Sagot Kita
1991-yil Batas ng .45 Gina de Jesus Chiba Far East Film International
1993-yil Di Na Natuto (Sorry Na, Puwede Ba?) Paula Viva Films
1995-yil Alfredo Lim: Batas ng Maynila Racquel
2011-yil My Neighbor’s Wife Jasminening onasi Regal Films
2013-yil The Bride and the Lover Baby Montes

Diskografiyasi

tahrir
  • Timmy Cruz (1987, Blackgold Records)
  • Take Care (1988, Blackgold Records)
  • Kakaiba (1990, Blackgold Records)[2]
  • Magka-ibigan (1992, Blackgold Records)[3]
  • UpTimmystic (Praise Records)
  • In-Tim-8 (2010, Star Records)[4][5][6]

Manbalar

tahrir
  1. „Timmy Cruz“. www.imdb.com. Qaraldi: 13-aprel 2024-yil.
  2. „Timmy to launch Kakaiba album“. Manila Standard. Kagitingan Publications, Inc. (1990-yil 12-noyabr), s. 19. Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.
  3. „Timmy on Nationwide Tour“. Manila Standard. Kamahalan Publishing Corp. (1992-yil 28-oktyabr), s. 19. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr. „... Timmy went all over Metro Manila not just to promote her latest album (Magka-Ibigan)...“.
  4. http://newsinfo.inquirer.net/164949/timmy-cruz-to-facilitate-talk-at-brahma-kumaris „Timmy Cruz to facilitate talk at Brahma Kumaris“
  5. http://www.pep.ph./spotlight/extra-extra/25860/timmy-cruz-returs-to-kapuso-network-in-afternoon-drama-series,-%20sinner-or-saint „Timmy Cruz returns to Kapuso Network in afternoon drama series, Sinner Or Saint“
  6. https://www.imdb.com/name/nm1424620/ „Timmy Cruz“

Havolalar

tahrir