Tulyakov Timur Turgʻunbekovich (1975.11.2, Qirgʻiziston, Oʻsh viloyati) – oʻzbekistonlik bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni sohibi. 2002-yil Andijon davlat universitetini tamomlagan. 1993-1995-yillarda Andijondagi sport maktabida murabbiy oʻqituvchi, 1995-2002-yillarda „Dinamo“ sport jamiyatida yoʻriqchi boʻlib ishlagan. 54 kg vaznda 1994-yil, 1997-yil va 2000-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Boks boʻyicha 1995-yilgi Osiyo Chempionatida bronza, 1998-yil Tailand poytaxti Bangkok shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida kumush medal olgan. 1998-yilda Nyu-Yorkda oʻtkazilgan Yaxshi niyat oʻyinlari gʻolibi boʻlgan. 2002-yildan professional boksga oʻtgan.

Timur Tulyakov
Statistikasi
Vazn toifasi 54 kg
Boʻyi 168 sm
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 11-fevral 1975-yil (1975-02-11) (49 yosh)
Oʻsh, Qirgʻiziston SSR
Medallari va yutuqlari