Tinja-Riikka Tellervo Korpela (1986-yil 5-mayda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbolchi, Angliya chempionatining Tottenham klubi darvozaboni. Ilgari Germaniyaning Frauen-Bundesligasida „Bayern“, Shvetsiyaning Damallsvenskandagi „Tyresö FF“, Norvegiyaning „Topserien“ ligasining LSK Kvinner va Kolbotn,[2] va Finlandiya „Kansallinen“ ligasi vakili „Honka“da oʻynagan[3].

Tinja-Riikka Korpela
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tinja-Riikka Tellervo Korpela[1]
Tavallud sanasi 5-may 1986-yil (1986-05-05) (37 yosh)
Tavallud joyi Oulu, Finlandiya
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tottenham Hotspur
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—2004 OLS Oulu
2004—2005 SC Raisio
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2009 FC Honka
2010—2011 Kolbotn 43 (0)
2012—2013 LSK Kvinner 40 (0)
2013—2014 Tyresö FF 4 (0)
2014—2017 Bayern Munich 51 (0)
2018—2019 Vålerenga 14 (0)
2019—2021 Everton 16 (0)
2021- Tottenham Hotspur 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007- Finlandiya 105 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-yanvar 2020-yil uchun)

Korpela Finlandiya terma jamoasi safida 2007-yilda debyut qilgan. 2009- va 2013-yillarda UEFA ayollar chempionatida oʻz mamlakatini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati tahrir

Shvetsiyaning UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi daʼvogarlari Tyresö FF 2013-yilning dekabr oyida Korpela bilan shartnoma imzoladi[4]. Korpela asosiy tarkib uchun Karola Söberg bilan raqobatlashdi va 2014-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi finalida „VfL Wolfsburg“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[5]. Tyresö 2014-yilda moliyaviy inqirozga uchradi va 2014-yilgi Damallsvenskan mavsumidan chiqdi va barcha futbolchilarini erkin agentga aylantirdi[6].

Korpela Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi „Bayern“ bilan 2014-yil iyun oyida ikki yillik shartnoma imzoladi[7]. 2016-yilning 18-fevralida shartnomasini 2018-yilgacha uzaytirdi[8]. Ularning iltimosiga va uyushma kelishuviga koʻra 2017-yil oxirida shartnoma bekor qilindi; atigi uch yarim yildan soʻng „Bayern“ni tark etdi[9]. Keyin Valeranga va Everton klublarida bir mavsumdan oʻynadi. 2021-yil 6-iyulda Korpela WSLda Evertonni tark etgandan soʻng,Tottenham bilan shartnoma imzoladi[10].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Korpela 2006-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Finlandiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan[11]. Finlandiya ayollar terma jamoasidagi debyutini 2007-yil mart oyida Algarve kubogida Shvetsiyaga qarshi oʻtkazdi. Finlandiyada boʻlib oʻtgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2009 musobaqasi vaqtida Korpela asosiy darvozabon boʻlgan[12].

2013-yil iyun oyida Korpela milliy murabbiy Andrée Jeglertzning UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun Finlandiya terma jamoasiga kiritildi[13]. Turnirda Finlandiyaning dastlabki ikkita oʻyinida oʻynaganidan soʻng, guruhning soʻnggi oʻyinida azaliy raqibi Minna Meriluoto bilan almashtirildi; Daniya bilan 1:1 hisobida durang oʻynashdi.

2021-yil 21-oktabr kuni Korpela terma jamoa safida 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Gruziyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi, jamoa 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[14].

Yutuqlari tahrir

FC Honka
  • Naisten Liiga : Gʻolib 2006, 2007, 2008; „Bayern“
  • Bundesliga : Gʻolib 2014-15, 2015-16

Manbalar tahrir

  1. „2009 UEFA EUROPEAN WOMEN'S CHAMPIONSHIP MATCH PRESS KIT“. UEFA. Qaraldi: 31-oktabr 2011-yil.
  2. Suomen naisten EM-karsintajoukkue valittu[sayt ishlamaydi] YLE
  3. „Naisten Liiga – Suomen Palloliitto“. Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
  4. „Tyresö sign Korpela and secure quartet“. Uefa.com. UEFA (11-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2013-yil.
  5. Saffer. „Müller the hero again as Wolfsburg win classic final“. UEFA (22-may 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2014-yil.
  6. Jönsson. „Tyresö lämnar damallsvenskan“ (shvedcha). Aftonbladet (5-iyun 2014-yil). Qaraldi: 22-iyun 2014-yil.
  7. „FC Bayern verpflichtet Korpela und verlängert mit Manieri“ (olmoncha). fcbayern-frauenfussball.de (23-iyun 2014-yil). Qaraldi: 27-iyun 2014-yil.
  8. „Tinja-Riikka Korpela weitere zwei Jahre beim FC Bayern“ (olmoncha). Qaraldi: 16-mart 2016-yil.
  9. „Torhueterin Korpela verlaesst die FCB-Frauen“ (olmoncha). Pressemitteilung auf der Homepage des FC Bayern München.
  10. Lea. „Tottenham Hotspur sign former Everton duo“ (inglizcha). Her Football Hub (6-iyul 2021-yil). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  11. „Tinja-Riikka Korpela“. Uefa.com. UEFA. Qaraldi: 21-iyul 2013-yil. [sayt ishlamaydi]
  12. Statistics (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) in the Football Association of Finland's web
  13. „Jeglertz turns to youth for Finland“. Uefa.com. UEFA (28-iyun 2013-yil). Qaraldi: 21-iyul 2013-yil.
  14. „Internationals - Tinja-Riikka joins 100 club“. Tottenham Hotspur (22-oktabr 2021-yil).