Tinkoff bank (ruscha: Тинькофф банк), sobiq Tinkoff Credit Systems (ruscha: Тинькофф Кредитные Системы) – Moskva shahrida joylashgan va 2006-yilda Oleg Tinkov tomonidan asos solingan Rossiya tijorat banki [1]. U raqamli bank hisoblanib, mijozlariga jismoniy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan filiallari mavjud emas[2]. Bank Rossiyada kredit kartalar chiqarish boʻyicha ikkinchi eng yirik[3] hamda mijozlar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik raqamli bank hisoblanadi[4]. 2022-yil mart oyi holatiga koʻra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida kiritilgan sanksiyalarga muvofiq Tinkoff bankning kredit reytinglari bekor qilingan.

Tarixi

tahrir

Tadbirkor Oleg Tinkov Boston Konsalting Grup konsultantlari bilan Rossiyada filiallarga ega boʻlmagan bank ochish gʻoyasini muhokama qilganidan keyin 2006-yilda Tinkoff Credit Systemsga asos soldi[5][6]. Tinkov bankka 70 mln dollar atrofida sarmoya yotqizdi va uning ish faoliyatini Amerikaning Capital One banki biznes modelida tashkil qildi. Tinkov Moskvadagi Ximmashbank korporativ bankini sotib oldi. 2007-yilda bankka Goldman Sachs tomonidan sarmoya kiritildi. 2013-yilda Tinkoff bank London fond birjasida listingga kiritilib, 1,1 mlrd dollarga baholandi va oʻsha yili bank Financial Times nashrining Banker jurnali tomonidan yilning eng yaxshi banki deb topildi.

2013-yilda Dmitriy Agarkov ismli rus bankdan 24 million rubl (724 ming dollar) undirishga uringan; Agarkov 2008-yilda bank bilan tuzilgan kredit karta shartnomasini tahrir qilgan va uning tahrirlari bank tomonidan qabul qilingan. Keyinchalik, nomaʼlum kelishuvga erishilgandan soʻng, tomonlar qonuniy daʼvosidan voz kechdi[7][8][9][10].

2015-yilda bank rebrendingni amalga oshirib, Tinkoff bankka aylandi[11]. Ayni yilda Global Finance jurnali tomonidan Rossiyaning eng yaxshi Internet-chakana banki deb topildi[3].

 
2015-yildagi Tinkoff bank mobil ilovasi

2019-yilning dekabrida Tinkoff bank Rossiyadagi klaviaturasiz va qogʻoz kvitansiyalarni chop etish imkoniyati boʻlmagan birinchi toʻliq raqamli bankomatni taqdim qildi[12]. 2019-moliya yilida Tinkoff daromadlari 33 foizga oshganini eʼlon qildi[12]. Tinkoff bank ilovasining navbatdagi yangilanishida kinoteatr chiptalari va mehmonxona xonalarini hamda oʻzining shoʻba korxonasi Tinkoff Travel orqali taʼtillarni band qilib qoʻyish funksiyalari qoʻshildi[4]. 2020-yilning mart oyida bank aksiyalarining 40 foiziga egalik qiluvchi Oleg Tinkov AQSh Adliya vazirligi tomonidan ayblanganidan soʻng, bank aksiyalari qiymati tushib ketdi[13][14]. 2020-yilda Tinkoff solarisBank hamda Visa tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Vivid Money nemis mobil banking startapini moliyalashtirishga yordam berdi[15].

2021-yilning boshida Oleg Tinkov ulushining bir qismini sotganidan va qolgan 35 foiz qismini oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilganidan soʻng, TCS Groupning yirik aksiyadorlari safidan chiqdi[16].

2021-yilning fevralida The Banker nashri Tinkoff bankni Rossiyaning 50 ta banki orasida yetakchi bank deb topdi. Ushbu oʻrin Covid-19 davrida onlayn-banking rolining ortishi bilan bogʻliq[17].

2021-yilning 29-mart kuni Tinkoff bank Moskva arbitraj sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Bank MTS uyali aloqa operatorini SMS joʻnatish uchun tariflarni adolatsiz oʻrnatishda ayblab, 1 milliard rubldan ortiq miqdorda tovon puli toʻlashni talab qildi. MTS ayblovlarga qarshi chiqdi[18]. Biroz keyinroq, may oyida Tinkoff oʻxshash daʼvo bilan Rossiyaning „katta uchlik“ operatorlaridan yana biri VimpelComni sudga berdi. Bu galgi tovon puli miqdori 436,8 million rubl edi[19].

Forbes jurnalining 2021-yil aprel oyidagi „Dunyoning eng yaxshi banklari“ (The World’s Best Banks) reytingida Tinkoff Rossiya banklari orasida beshinchi oʻrinni egalladi[20].

2021-yil oktyabr oyida bank Tinkoff Businessning bir qismi sifatida elektron tijorat boʻlimini tashkil qildi. Unga tajribasiz va eBay Rossiyaning sobiq bosh direktori Ilya Kretovni rahbar etib tayinladi[21].

2021-yil oktyabr oyida Rossiya Markaziy banki Tinkoff bank tarkibiga kiruvchi „Tinkoff Capital“ aktivlarini boshqarish kompaniyasiga portfelni boshqarish imkonini beruvchi litsenziyani berdi. 2019-yil iyun oyida tashkil etilgan „Tinkoff Capital“ investitsiya, xususiy pensiya va xususiy kapital fondlarini boshqarishga ruxsat oldi. 2021-yil oktyabr holatiga koʻra, „Tinkoff Capital“ ning sof kapitali 30 milliard dollarga baholangan[22]. Xuddi shu oyda Tinkoff bankni boshqaruvchi TCS Group Singapurda „Tinkoff Global PTE“ ga asos soldi va guruhning xalqaro kengayish strategiyasiga muvofiq Janubi-sharqiy Osiyo bozorlariga eʼtibor qaratdi[23]. Xuddi shu oyda Rossiya Markaziy banki Tinkoff bankni haddan tashqari rivojlanishi va mijozlar bazasi tufayli tizimli ahamiyatga ega boʻlgan kredit tashkilotlari roʻyxatiga qoʻshdi[24].

2022-yil mart oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida kiritilgan sanksiyalarga muvofiq Tinkoff bankning barcha kredit reytinglari bekor qilindi [25].

Manbalar

tahrir
  1. „Русская сказка: офис мечты Олега Тинькова“ (ru). Forbes (2014-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  2. „Case study: Tinkoff Credit Systems Bank – One of a kind“. IBS Intelligence (2013-yil 8-mart). 2016-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Tinkoff Bank successfully completes RUB 3 bn bond offering with a coupon of 11.7%“. The Daily Telegraph (2016-yil 23-iyun). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  4. 4,0 4,1 Fawthorp. „What is Tinkoff Bank? The Russian disruptor targeting 20 million customers“. NS Banking (2019-yil 18-avgust). Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  5. „Карты, деньги, 2 ярда“ (ru). Kommersant (2013-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  6. „Операция "Copy/Paste": три примера на российском банковском рынке“. Slon (2012-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  7. Taylor, Adam. „Russian Man Who Got Bank To Sign Homemade Credit Card Contract Now Suing Them For Not Following Terms“. Business Insider (2013-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  8. Trotman, Andrew. „Man who created own credit card sues bank for not sticking to terms“. The Daily Telegraph (2013-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  9. Lewis, Dan. Now I Know More: The Revealing Stories Behind Even More of the World's Most Interesting Facts. F+W, October 2014 — 160–161-bet. ISBN 9781440582158. Qaraldi: 2023-yil 9-aprel. [sayt ishlamaydi]
  10. „[UPDATED Russian Man Turns Tables on Bank, Changes Fine Print in Credit Card Agreement, Then Sues, Now Settles“] (en-us). NASDAQ.com (2013-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  11. „TCS Bank to be renamed as Tinkoff Bank in 2015“. Tinkoff Credit Systems (2014-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  12. 12,0 12,1 Blakey, Douglas. „Tinkoff FY2019: record net income of RUB36.1bn with net loans +66%“. Retails Banker International (2020-yil 11-mart). 2020-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  13. „Russia's Tinkoff Bank Shares Fall as Founder Indicted in U.S.“. Agence France-Presse (2020-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  14. Seddon, Max. „Shares tumble in London-listed parent of Russia bank Tinkoff“. Financial Times (2020-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  15. „Vivid Money taps solarisBank and Visa for launch in Germany“. Fin Extra (2020-yil 8-iyun). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  16. „TCS Group Holding PLC: Total conversion of Class B shares and reclassification and redesignation of all issued shares as 'ordinary shares'“. London Stock Exchange (2012-yil 7-yanvar).
  17. „Top 50 Russian Banks ranking: resilience tested by the pandemic“. The Banker (2021-yil 1-fevral).
  18. „«Тинькофф банк» подал иск к МТС на более чем 1 млрд рублей“ (ru). Vedomosti (2021-yil 29-mart).
  19. „Тинькофф Банк подал иск к «ВымпелКому» на 400 млн рублей“ (ru). banki.ru (2021-yil 1-iyun).
  20. „World's best banks“. Forbes (2021-yil 13-aprel).
  21. „Tinkoff names Ilya Kretov director, e-commerce“. Finextra Research (2021-yil 19-oktyabr).
  22. „Тинькофф Капитал получил лицензию на доверительное управление“ (ru). ТАСС (2021-yil 21-oktyabr).
  23. „TCS Group создала дочернюю компанию в Сингапуре“ (ru). ТАСС (2022-yil 12-yanvar).
  24. „ЦБ включил Тинькофф в список системно значимых банков“ (ru). ТАСС (2021-yil 10-oktyabr).
  25. „Tinkoff Bank“. Fitch Ratings.