Tirikchilik minimumi
Tirikchilik minimumi - muayyan davr (yil, oy)da kishining tirikchiligini quyi darajada taʼminlash uchun zarur boʻlgan neʼmatlar, hayot vositalari toʻplami kiymati; amadda Tirikchilik minimumi koʻrsatkichlaridan eng oz ish haqi miqdori va pensiyalarni belgilash, shuningdek, iqtisodiy toʻlovlar miqdorlarini oʻzgartirishda, ijtimoiy yordamga muhtojlikni va bepul ijtimoiy xizmat koʻrsatishni aniklahda baza tarzida foydalaniladi (qarang Isteʼmol savati).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |