Tisa — Yevropadagi daryo, Ukraina, Vengriya, Serbiya va Chernogoriya hududlaridan (qisman Ukraina bilan Ruminiya va Vengriya bilan Slovakiya chegaralaridan) oqadi. Dunayning eng katta chap irmogʻi. Uzunligi 966 km. Havzasining maydoni 157,1 ming km². Oʻrmonli Karpat togʻlari (Ukraina hududi)dan boshlanadi. Koʻp qismi Oʻrta Dunay tekisligidan oqadi. Qor va yomgʻirdan suv oladi, bahorda sersuv, yezda baʼzan toshadi. Suvi koʻpayganda quyi qismida suv sathi 4–5 m koʻtariladi. Oʻrtacha suv sarfi quyi qismida 810 m³/sek. Qish sovuq kelgan yillarda 1—2,5 oy muzlaydi. T.dan yogʻoch oqizishda (yuqori oqimida) va sugʻorishda foydalaniladi. Tisakarad shahrigacha (Vengriya) kema qatnaydi. T. boʻyida Xust (Ukraina), Tisafyured, Solnok, Seged (Vengriya) sh.lari joylashgan. T.da suv ombori, Tisalyok va Kishkere (Vengriya) gidrouzellari qurilgan.[1]
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil