Tishli gʻildirak
Tishli gʻildirak - bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish uchun moʻljallangan detal; tishli uzatmaning asosiy detali. Silindr yoki konussimon sirtlarga tishlar kesilgan diyekdan iborat. Bir Tishli gʻildirak tishlari ikkinchi T.gʻ. tishlari bilan ilashib harakat uzatadi. T.gʻ. termik yoki kimyoviytermik ishlov berilgan legirlangan poʻlat, plastmassa, yogʻoch, tekstolitdan tayyorlanadi. Silindrik, evolventa, sikloidal va boshqa shakllarda yasaladi. Silindrik T.gʻ. tishlari tashqi va ichki boʻladi. Tishlar toʻgʻri vintsimon, shevron va qiyshiq qilib yasaladi. T.gʻ. shesternya deb ham ataladi. Mas., reduktorsozlikda tishlar sonidan qatʼiy nazar kichik T.gʻ.lar shesternya, kattalari gʻildirak deyiladi. Mashina, asbob, apparat, hisoblagich va boshqa mexanizmlarda turli shakllardagi T.gʻ.lar ishlatiladi.[1]