Titanit — orolli silikatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Sa TiO[SiOJ boʻlib, Gʻe2Q, Gʻe3Q hamda 12% gacha (T.ning keylgauit xili), (Se, Y)2O3, Mn, Sn, Nb, Sg aralashma holida uchraydi. T. monoklin singoniyada kristallanadi. Zich prizmalar koʻrinishidagi yakka kristallar hamda donador agregatlar hosil qiladi. Rangi sariq, jigarrang, yashil baʼzan qora va qizgʻish boʻladi. Olmosdek yaltiraydi. Qattikdigi 5—6, zichligi 3,3—3,6 g/sm3. Titanit magmatik togʻ jinslarining keng tarqalgan aksessor minerali, odatda, ishqorli togʻ jinslarida, baʼzan metamorfik gneyslarda hamda gidrotermal hosilalarda uchraydi. Titanit titan olinadigan xom ashyodir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. „Titanit“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil