Vibratsiya mashinasi

(Titrama mashinadan yoʻnaltirildi)

Vibratsiya mashinasi, titrama mashina — ish organi tebranma (titrama) harakatlanadigan mashina. Tebranishlar (titrashlar) chastotasi Gs ning bir necha ulushidan 10 kGs gacha, amplitudasi 1 m dan mkm ulushlarigacha boʻlgan V. m. bor. Yuritmasining turiga koʻra mexanik, elektr, gidravlik, pnevmatik xillarga; energiyani mexanik tebranishlar energiyasiga aylantirish usuliga koʻra markazdan qochma, porshenli, kulachokli, krivoshin-shatunli, elektromagnitli, magnitostriksion, pezoelektrik va b. xillarga; titrash (vibratsiya) hosil qilinadigan spektral tarkibiga kura monogarmonik (sinusoidal), bigarmonik, poligarmonik tebranishli xillarga; ish organining nuqtalari trayektoriyasi shakliga koʻra toʻgʻri chiziqli, doiraviy, ellipis, vintsimon yoʻnalishli va b. xillarga boʻlinadi. V. m. qurilish, mashinasozlik, kon sanoati, oziq-ovqat sanoati, q. x., tibbiyot va b. sohalarda ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil